ILMIY AXBOROTNOMA IQTISODIYOT 2017-yil, 2-son Umumiy unumdorlik – ishlab chiqarish omillari sifatida bir necha resurslarni s
oʻnggi
natijalariga nisbatan tavsiflovchi k
oʻrsatkichdir. Mazkur koʻrsatkich ishlab chiqarish omillarining
samaradorligini ifodalaydi.
Yalpi unumdorlik ishlab chiqarish omili sifatida foylanadigan barcha resurslarni barcha s
oʻnggi
natijaga nisbatini tasniflaydigan k
oʻrsatkich boʻlib, yalpi faoliyat samaradorligini ifodalaydi.
Shuni e’tirof etish mumkinki, yalpi, umumiy va xususiy unumdorlik qabul qilingan
k
oʻrsatkichlar boʻlib, ishlab chiqarishning barcha darajalarida, ya’ni tarmoq, soha, hudud yoki alohida
korxona miqyosida foydalanish mumkin.
Iqtisodiy adabiyotlarda yuqorida ta’kidlangan umumiy qabul qilingan tasnifdan tashqari yana
bir necha tasnifni ajratib k
oʻrsatish mumkin. Masalan, sarflar va natijalarni toʻliq hisoblash darajasi
uchun unumdorlik k
oʻrsatkichi tasnifini ham uch turini ajratib koʻrsatish mumkin [2].
a) xususiy (bir natijani bir sarfga nisbati);
b) umumlashgan (bir yoki bir necha natijalarni bir necha sarflarga nisbati);
v) integral (unumdorlikning t
oʻliq hisoboti);
Oldingi tasnifdan farqli ravishda ushbu tasnifda nafaqat ishlab chiqarishda foydalaniladigan
resurslar miqdori, balki ishlab chiqarish natijalarini tabaqalanish imkoniyatlari ham inobatga olingan.
Unumdorlikni hisoblashda xususiy unumdorlik k
oʻrsatkichini hisobga oluvchi ishlab
chiqarishning uch omili (mehnat, kapital va materiallar) tasnifi ham amal qilmoqda.
Hozirda amal qilayotgan unumdorlik k
oʻrsatkichlari turlicha boʻlib, tarkibiga mehnat
unumdorligi, material qaytimi, fond qaytimi, rentabellik kabilarni qamrab, ularni hisoblash yagona
tamoyil asosida ishlab chiqarish natijalarini sarflarga nisbati asosida (1.1 formula asosida) amalga
oshiriladi. Ishlab chiqarish natijalarini (ishlab chiqarish hajmi, foyda, q
oʻshilgan qiymat) hamda ishlab
chiqarish omillari mezon asosida turli xil variantlardan foydalanish b
oʻyicha tuzilgan. Mazkur tasnifda
unumdorlik qiymat va natural k
oʻrinishida ifodalangan.
Samaradorlikni hisoblashning resurs-sarf yondashuvining kamchiliklari servis iqtisodiyoti
sharoitida quyidagilardan iborat:
1.
Resurs-sarf yondashuvi industrial iqtisodiyot sharoitida paydo b
oʻlgan va u standart
ommaviy ishlab chiqarishga y
oʻnaltirilgan. Servis iqtisodiyoti sharoitida aholini standart mahsulotlar
bilan ta’minlash nomoddiy individual ne’matlar va xizmalarni ishlab chiqarishning ustuvor
rivojlanishiga sabab b
oʻldi. Bu holat resurs-sarf yondashuvini servis iqtisodiyoti sharoitiga mos
kelishuvini talab etadi;
2.
Resurs-sarf yondashuvi nuqtaiy nazaridan samaradorlikning asosiy maqsadi – bu minimal
xarajatlar hisobiga maksimal standart mahsulotlar yaratishdan iborat, ya’ni iqtisodiy (sof)
maqsadlardan iborat. Servis iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish samaradorligida resurs- sarf
yondashuvi tubdan
oʻzgaradi va unda asosiy e’tibor ijtimoiy yoʻnaltirilgan maqsad - ishlab chiqarish
samaradorligi faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi;
3.
Servis iqtisodiyoti sharoitida ijtiimoiy samaradorlik toboro katta ahamiyat kasb etib
boradi. U hol uni baholashni obyektiv zaruratini keltirib chiqaradi. Resurs-sarf yondashuvi doirasida
amal qiluvchi k
oʻrsatkichlar asosan erishilgan natijalarni taqqoslashga qaratilgan. Ammo ijtimoiy
samaradorlikni ishlab chiqarish harajatlarida taqqoslash, hisoblash ancha murakkabdir;
XX asrning 20 - yillarida amerikalik iqtisodchilar unumdorlik va samaradorlik bir xil
k
oʻrsatkich deb tahlil qilgan hamda maqsadga yoʻnaltirilganlik yondashuvini inkor etmaydilar, balki
resurslardan yaxshiroq foydalangan holda oldindan k
oʻzlangan maqsadga erishish uchun ishlab
chiqarishni tashkil etishni taklif etishadi. Maqsadga y
oʻnaltirilganlik yondashuviga asosan
samaradorlik ishlab chiqarishda biror bir jarayon bajarilishi va maqsadli natijaga erilishi orqali olingan
natijalar munosabati sifatida
oʻlchanadi. Samaradorlikni hisoblashning boshqa usuli minimal zaruriy
resurslarini (m
oʻljallangan mahsulotni tayyorlash uchun zarur boʻlgan) foydalanish uchun zarur
b
oʻlgan resurslar miqdoriga nisbati sifatida amalga oshiriladi [8]. Yuqoridagi tarifga asosan
samaradorlik k
oʻrsatkichini hisoblashning umumiy formulasi quyidagicha:
Ep Et E =
, (2);
Bu yerda: Et – berilishi lozim b
oʻlgan natija
Ep – maqsadli natija
133