ILMIY AXBOROTNOMA
IQTISODIYOT
2017-yil, 2-son
-
turli norasmiy saytlar va bloglar yaratishga qaratilgan ijtimoiy kontent saytlar (wordpress,
AOL/Nielsen va h.k.);
-
maxsus tarmoqlangan va guruhlar uchun m
oʻljallangan ijtimoiy messenjerlar (telegram,
whatsapp va h.k.);
-
ijtimoiy k
oʻngilochar saytlar (daryo.uz, fikr.uz va h.k.);
-
video va foto kommunikatsion ijtimoiy tarmoqlari (imo, instagram va h.k.);
-
ijtimoiy va erkin ensiklopediyalar (Wikipedia, encyclopedia va h.k.);
-
ijtimoiy va ommaviy, qidiruvga m
oʻljallangan saytlar (google, yandex va h.k.);
-
elektron pochta tarmoqlari (mail.ru, gmail.com va h.k.);
-
ijtimoiy konsultativ saytlar (Pinterest, consulting va h.k.);
-
reklama va biznesga asoslangan (yellowpages of Uzbekistan, market.ru va h.k.);
-
rasmiy hukumat portallari (my.gov.uz, lex.uz va h.k.);
-
ilmiy va tadqiqot saytlari (google scholar, ziyonet.uz va h.k.);
-
rasmiy tashkilotlar web-saytlari (sies.uz, kamolot.uz va h.k.);
-
ijtimoiy internet tarmoqlari (facebook, twitter va h.k.) va boshqalar.
Yuqorida sanab
oʻtilgan turdagi web-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va boshqa shu
kabilarni mehmonxona biznesining har jabhasida foydalansa b
oʻladi. sababi, mehmonxona uzluksiz
xizmat k
oʻrsatish jarayonini shakllantiradi va xizmatlar sifatining darajasi bevosita axborotlarga ham
bo
gʻliq. Aytaylik, reklama, biznes, savdo va bronlashga asoslangan saytlarning mehmonxonaga nima
uchun kerak ekanligi ma’lum: ular orqali ma’lum sahifa yoki blog yaratiladi va shu orqali mijozlarga
ma’lumotlar ulashiladi. Ammo, qolgan turdagi ijtimoiy tarmoqlar va shu tipdagi boshqa saytlar nima
uchun kerak, degan savol tu
gʻilishi aniq. Shunisi qiziqki, mehmonxonaning xalqaro jihatdan faol va
k
oʻproq mijoz jalb qilish funksiyasi yuqoridagi barcha turdagi internet tarmoqlariga bogʻliq. Shuning
uchun ham ular xalqaro ijtimoiy tarmoqlar deya ataladi.
Xulosa qilib aytadigan b
oʻlsak, hozirgi davr xalqaro turizmning keskin rivojlanib borayotgan
davri hisoblanadi. Mehmonxonalar esa turizm industriyasining asosini tashkil qiladi. Mamlakatga
tashrif buyurayotgan sayyohlarning ijobiy taassurot olib qaytishlari ham bevosita mehmonxonalarga
bo
gʻliq. Turizmda joylashtirish vositalarini rivojlantirish masalasini Prezidentimiz
Sh.M.Mirziyoyevning 2016-yil 2-dekabrda qabul qilingan “
Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal
rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari t
oʻgʻrisida”gi PF-4861 – sonli farmonida ham alohida
belgilab q
oʻyilgan. Xususan, mamlakatimizda mehmonxona faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan
tadbirkorlar uchun k
oʻplab shart-sharoitlar yaratilmoqda[1]. Shunday ekan, bu kabi imkoniyatlardan
unumli foydalanish bevosita mehmonxona faoliyati subyektlari zimmasidadir. Xalqaro ijtimoiy
tarmoqlar ham mehmonxona faoliyatini rivojlantirishda muhim omil b
oʻla oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |