Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/301
Sana21.07.2021
Hajmi2,42 Mb.
#125429
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   301
Bog'liq
Le5R6spIug ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA  
 
      IQTISODIYOT                        
          2017-yil, 2-son 
bilan tenglashtirilganda ishchi kuchini aniq qoniqish darajasini ifoda etadi. Ishchi kuchi 
raqobatbardoshligi kadrlar marketingi izlanishlari natijasida aniqlanadi va ishchi kuchi kapitalining 
insoniyatga sifatli baho berish k
oʻrsatkichi hisoblanadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatga b
oʻlgan talabni ragʻbatlantirishning birdan-bir vositasi 
investitsiyalar samaradorligini ta’minlashdir. Mehnatga b
oʻlgan talabning navbatdagi omili oʻzaro bir-
birini t
oʻldiradigan mehnat resurslari bilan bogʻliqdir. Agar bitta stanokni xodim boshqarsa va bu 
xildagi stanoklar narxi oshsa, u holda bu stanoklarda ishlaydigan ishchilarga talab boshqa teng 
sharoitlarda pasayadi va aksincha b
oʻladi. 
Qishloq mehnat bozorida ortiqcha mehnat resurslari raqobatbardosh ishchi kuchiga talabning oshishi 
va uning taklifi pasayishiga bevosita ta’sir etuvchi omillarni 
oʻrganish muhim hisoblanadi. Ishchi kuchiga 
talabning oshishini  asoslovchi omillarga quyidagilar kiradi: noqishloq x
oʻjaligi tarmoqlarida yangi ish 
joylarini yaratish, mehnat q
oʻllaniladigan amaldagi mintaqalarni texnik qayta jihozlash, 
modernizatsiyalash, qayta ta’mirlash, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, yangi yerlarni 
oʻzlashtirish, qayta 
ishlash sanoati, xizmatlar k
oʻrsatish va shaxsiy mehnat faoliyati koʻlamini kengaytirish, kichik va oʻrta 
biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va boshqalar. Shu bilan bir vaqtda  ishchi kuchi taklifini 
pasaytiruvchi  omillar vujudga keladi va ular ta’sir qila  boshlaydi: shaxsiy yordamchi x
oʻjalik, yakka 
mehnat faoliyati, xususiy tadbirkorlik va 
oʻz-oʻzini band qilishning boshqa sohalarini rivojlantirish, 
bandlikning noan’anaviy shakllarini kengaytirish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning bozor 
usullarini tatbiq etish, inflyatsiya va ishsizlikni pasaytirish, mahalliy kadrlarning raqobatbardoshligi, 
safarbarligi va malakasini oshirish va boshqalar [1]. 
Mehnat bozori konyunkturasini shakllanishining ijtimoiy shart-sharoitlari orasida yollanma 
xodimlar  va ish beruvchilar sifat k
oʻrsatkichlarining oshishi yetakchi oʻrin egallaydi. Agrosanoat 
majmuasi va xizmat k
oʻrsatish tarmoqlari koʻlamlarining kengayishi, ularning intensiv rivojlanishi, 
oʻz vaqtida moddiy-texnik va moliyaviy resurslar bilan ta’minlanishi ishchi kuchining qayta 
tayyorgarlikdan 
oʻtishini va yangi zamonaviy kasblarni  oʻzlashtirishni talab qiladi.  
 Shu bilan birga shunday omillar ham borki, ular kompleks holida raqobatbardosh ishchi kuchi 
taklifining shakllanishi holatiga sezilarli darajada ta’sir k
oʻrsatadi. Ularga quyidagilar kiradi: ishlashni 
xohlovchilar, yollangan xodimlar va ish beruvchilarning tabiiy va mexanik harakatlari; yollanma 
mehnatni tashkil qilishning turli-tuman uslublari; turmush uchun zarur b
oʻlgan mablagʻlar 
jam
gʻarmasi, yollangan xodimlarning pul daromadlari; nafaqaxoʻrlar va bolalik ayollarning  mehnat 
va ijtimoiy pensiyalari, imtiyozlari va kafolatlari; kasbiy tayyorlash yoki qayta tayyorlash va 
malakasini oshirishga zaruriyati b
oʻlgan shaxslarni mablagʻlar bilan ta’minlovchi davlat, korxona va 
oilaning moliyaviy imkoniyatlari; shaxsiy yordamchi x
oʻjaligida va yollanmasdan “uy mehnati”da 
band b
oʻlganlarning soni; qurolli kuchlarda xizmat qiluvchilar soni va ularda xizmat qilish muddati; 
muqobil va malakali kasbiy xizmatlarni takomillashtirish va boshqalar. 
  Qishloq mehnat bozorida raqobatbardosh ishchi kuchi taklifining sifat tarkibiga va 
k
oʻrsatkichlariga toʻsiq boʻladigan bir qator cheklovchi mezonlar ham mavjud: mehnatni 
q
oʻllanishning noqishloq xoʻjaligi mintaqalari yaxshi rivojlanmaganligi;  mehnat haqining past 
darajasi; iste’mol tovarlarining qimmatlashuvi; yollanma ishchi kuchining malakasi va safarbarligi 
pastligi; ish beruvchilarning yetarlicha tajribaga ega emasliklari ishchi kuchi sifat tarkibiga bevosita 
ta’sir etadi. 
Raqobatbardosh ishchi kuchiga b
oʻlgan taklifni kamaytirish, shuningdek, ularning mehnat 
bozoriga oqib kelishini qisqartirish va boshqa joyga ketishini ra
gʻbatlantirish hamda ish vaqti va 
mavjud ish joylarini ijtimoiy ishlab chiqarishda band b
oʻlganlar  oʻrtasida qayta taqsimlash orqali 
samarali bandligini tashkil etish mumkin. Respublikamizda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» 
asosida umumta’lim dasturlarini kengaytirish  va 
oʻqish muddatini uzaytirish bilan kasbiy 
tayyorgarlikni yaxshilash, 
oʻquv yurtlarida kunduzgi ta’lim olinadigan oʻquv oʻrinlarini koʻpaytirish 
va ishlab chiqarishdan ajralgan holda 
oʻqiyotganlarga stipendiyalar miqdorini oshirish,  ayollarga bola 
parvarishi uchun t
oʻlanadigan nafaqalar va beriladigan ta’til muddatini koʻpaytirish, mehnat stajini 
hisoblashda ularga imtiyoz  berish va boshqa beriladigan ijtimoiy t
oʻlovlarni miqdorini oshirishorqali 
qishloq mehnat bozoriga ishchi kuchining oqib kelishini kamaytirish chora-tadbirlari hisoblanadi.  
Bu esa  ishchi kuchining qishloq mehnat bozoriga kirib kelishiga t
oʻsiq boʻladi. Shuning uchun 
raqobardosh ishchi kuchiga talab yuqori b
oʻlgan hududlariga yoʻnaltirish, yangi ish joylarini tashkil 
etish, xususiy sektorni rivojlantirish zarur hisoblanadi. Davlat tomonidan ishchi kuchiga b
oʻlgan talab 
va taklifni muvozanatga keltirish va mehnat bozorining  tartibga solinishi maqsadga muvofiq 
136
 



Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish