Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/301
Sana21.07.2021
Hajmi2,42 Mb.
#125429
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   301
Bog'liq
Le5R6spIug ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA 
   
FALSAFA 
      
 
      2017-yil, 2-son 
ma’ruzasida,  –  Abdurauf Fitrat bobomizning mana bu fikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga 
kirib kelayotgan 
oʻgʻil-qizlarimiz amal qilishlarini men juda-juda istardim. Mana, ulugʻ  ajdodimiz 
nima deb yozganlar: “Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand b
oʻlishi, baxtli boʻlib 
izzat-hurmat topishi, jahongir b
oʻlishi yoki zaif boʻlib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi
e’tibordan qolib, 
oʻzgalarga tobe va qul, asir boʻlishi ularning oʻz ota-onalaridan bolalikda olgan 
tarbiyalariga bo
gʻliq”[2,3]. Darhaqiqat, tarbiya yo hayot, yo mamot masalasidir. Ayniqsa tarbiyaning 
asosiy yuki ota-onaning zimmasiga tushadi. Shu bilan birgalikda mazkur jarayon mahalla bilan 
birgalikda amalga oshirilishi mumkinligini ham esdan chiqarmaslik lozim. Mahalla insonlarni 
ma’naviy, siyosiy, ijtimoiy, huquqiy, shuningdek, estetik tarbiyalashda ham boshqa davlat va nodavlat 
tashkilotlariga nisbatan alohida mavqega ega, chunki mahalla aholiga eng yaqin ijtimoiy maskan 
hisoblanadi.    
Yoshlarimizning ma’naviy  olamida ma’naviy b
oʻshliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi 
va ongida so
gʻlom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuygʻusini bolalik 
paytidan boshlab shakllantirish lozim b
oʻladi. Bunda  yoshlarni “ommaviy madaniyat” koʻrinishidagi 
ma’naviy tahdidlardan himoya qilishda doimo sergak va hushyor b
oʻlib yashashimiz lozim. Yoshlarni 
“ommaviy madaniyat” k
oʻrinishidagi ma’naviy tahdidlardan himoya qilishda turli xil profilaktika 
tadbirlarini 
oʻtkazishimiz kerak, shunda yoshlarda mafkuraviy immunitet shakllanadi. Mafkuraviy 
immunitet shakllangan yoshlarda yot va zararli 
gʻoya va mafkuralarga qarshi kurash mahorati 
shakllangan b
oʻladi. Demak, yoshlarni  turli xildagi ma’naviy tahdidlardan himoya qilishda biz 
k
oʻproq mafkuraviy  profilaktika asosida estetik immunitetni oshirishga doir tadbirlarni jamiyatning 
barcha qatlam va jabhalarida 
oʻtkazsak, maqsadga muvofiq boʻladi. Bu masalaning nechogʻlik dolzarb 
ekanligini esa Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi fikrlaridan ham bilib olsak b
oʻladi: 
“Barchamizga ayon b
oʻlishi kerakki, qayerdaki beparvolik va loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb 
masalalar 
oʻzi boʻlarchilikka tashlab qoʻyilsa,  oʻsha yerda ma’naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga 
aylanadi. Va aksincha, qayerda hushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur hukmron 
b
oʻlsa, oʻsha yerda ma’naviyat qudratli kuchga aylanadi[3,116].     
Har bir jamiyat a’zosining ilk hayoti oiladan boshlanadi. Oila esa o
ʻz navbatida mahalladagi 
turmush estetikasi asosida shakllanadi. “Oila bor ekan, farzand deb atalmish bebaho ne’mat bor, – 
deya ta’kidlaydi Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov, – farzand bor ekan, odamzod hamisha ezgu orzu 
va intilishlar bilan yashaydi”[4,56]. Ana shu farzandlar mahallada shakllangan turmush estetikasini 
oʻzlashtirib voyaga yetadi.  
Darhaqiqat, farzandini dunyoga keltirgan har qaysi ota-ona uning jismonan so
gʻlom, aqlan 
teran, yetuk, komil inson b
oʻlib yetishishi va baxtli hayot kechirishini  xohlaydi. Kelajakda 
farzandlarini jamiyat hayotida 
oʻz  oʻrnini topib, unga rahmatlar olib kelishlarini va bundan gʻurur 
tuy
gʻusini tuyushni istashadi. Aksincha, yaxshi tarbiya topmagan farzandlar qilmishi ota-onaga la’nat 
olib kelishi hech kimga sir emas. Bu oiladagi, mahalladagi tarbiya masalasidir.  
Tarbiyaning boshqa k
oʻrinish va shakllari bilan bir qatorda, oilada, farzand kamolotida estetik 
tarbiya ham muhim rol 
oʻynaydi. Estetik tarbiya mahalla, xususan, oila turmush tarzining alohida 
motiviga  aylanishi kerak. Ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot tufayli, ayniqsa keyingi asrlarda insoniyat 
turmush tarzi tarkibiga nihoyatda rang-barang omil va vositalar kirib keldi. Elektr, televideniye, 
zamonaviy transportlar, kompyuter texnologiyasi, zamonaviy telekommunikatsiya vositalari, internet 
kabi ijtoimoiy-texnikaviy kashfiyotlar uning tabiatini 
oʻzgartirib yubordi. Shu bilan birga inson 
faoliyati, hayotiy muhitining tabiiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalarida chuqur nomutanosibliklar ham 
yuzaga keldi.  
Hozirgi globallashgan, hayot suratlari tezlashgan, axborot asrida har bir oilaga, kishilarga yetib 
kelayotgan turli axborotlarni nazorat qilib turishning iloji y
oʻq. Yoshlar kundalik hayot tarzida axborot 
texnologiyalaridan, internetdan, ommaviy axborot vositalaridan o
ʻziga kerakli boʻlgan va boʻlmagan 
ma’lumotlarni olishayapti. Buning ta’sirida ularning ongiga milliyligimizga t
oʻgʻri kelmaydigan, 
sharqona turmush tarziga zid b
oʻlgan  gʻoyalar, qarashlar ta’sir oʻtkazmoqda. Koʻr-koʻrona  gʻarb 
madaniyatiga taqlid qilish: kiyinishda, 
oʻzaro muomalada, ota-onaga va doʻstlarga, umuman, hayotga 
b
oʻlgan munosabatda koʻzga tashlanayapti. Hayotga yengil qarash (ichkilikbozlik, giyohvandlik, 
tamaki chekish, internet kafelar, tungi k
oʻngilochar maskanlarda vaqt oʻtkazish va boshqalar) yosh 
oʻsmirning oʻz hayoti yoʻlini topishida koʻp qiyinchiliklarga duch keltiradi. Bunday holatlar oiladagi 
xotirjamlikka va barqarorlikka putur yetkazadi. Shuning uchun ham mazkur muammoli vaziyatning 
68 



Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish