Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet98/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

 


ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son 
75 
Hozirgi kunda mamlakatimizda ta’lim sohasida o‘tkazilayotgan islohatlarda o‘quv jarayonini 
takomillashtirish va isloh qilish vazifasi belgilanib, barcha o‘quv muassasalariga fanlarni o‘qitishda 
ilmiylik, amaliylik va zamonaviylikni ta’minlash, buning uchun ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy 
texnologiyalaridan kengroq amaliy foydalanishni taqozo etadi [1]. Bu esa o‘quv jarayonida o‘quvchilarni 
o‘qitilayotgan fan bo‘yicha amaliy bilim va malakalarini shakllantirish, o‘qitish jarayonini ham mazmun
ham uslub, ham ko‘rgazmalilik jihatdan samaradorligini oshirishga olib keladi. 
Ta’lim tizimida fanlarni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan, shu jumladan 
modellashtirish texnologiyalaridan foydalanish, o‘quvchilarni qo‘yilgan masalaning mohiyatini tushunish, 
uni yechish modelini yaratish, modellar uchun algoritmlar tuzish, tuzilgan algoritmlar asosida kompyuter 
dasturini ishlab chiqish va uni hal qilish, olingan natijalar asosida boshqa masalalarni yechish va har bir 
masalani yechishga ijodiy yondashish kabi bilim va malakalarni shakllantirishga olib keladi. Shuning 
uchun ham o‘quvchilarni ilmiy va mustaqil fikrlar doirasini kengaytirish, ularni kompyuterlarning 
zamonaviy dasturiy vositalaridan foydalanish amaliy malakalarini oshirish maqsadida o‘quv 
mashg‘ulotlarini zamonaviy metodlar asosida tashkillashtirish zaruriyati tug‘iladi [4].
Ana shuning uchun ham, hozirgi kunda respublikamizda ta’lim jarayonini samaradorlik darajasini 
oshirish maqsadida bir qancha tadbirlar va ilmiy tatqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Buning natijasida esa 
ta’lim tizimiga zamonaviy texnologiyalarini tatbiq qilish darajasi oshib, o‘quv jarayonlarini tashkil qilish va 
olib borish yanada takomillashib, ta’lim oluvchilarning chuqurroq bilim egallashlari uchun keng 
imkoniyatlar yaratilmoqda [5].
O‘quv jarayonini tashkil etishda an’anaviy ta’lim turlari bilan birgalikda zamonaviy innovatsion 
texnologiyalaridan foydalanib, dars jarayonini tashkil etishga alohida e’tibor berilmoqda.
O‘quv jarayonida har bir mashg‘ulotni pedagogik va axborot texnologiyalari asosida tashkil 
etishda, eng avvalo o‘qituvchining o‘zi shu texnologiyalarning mazmun va mohiyatini yaxshi anglab 
yetishi va mukammal amaliy malakaga ega bo‘lishi zarur. Buning uchun esa har bir texnologiya va 
metodlar haqida mustaqil tushuncha olishlari va mashg‘ulotni tashkil etish uchun undan qanday 
foydalanish zarurligi to‘g‘risida kerakli bilimlar bilan tanishishi kerak [3].
O‘quv jarayonini axborot texnologiyalari tashkil etishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratish 
lozim bo‘ladi [4]:

ta’lim tizimining barcha faoliyat turlarida axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni 
ta’minlash; 

barcha fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil etishda axborot texnologiyalaridan foydalanish 
tizimini loyihalashtirish, yaratish va tatbiq etish; 

ta’lim tizimida axborot texnologiyalaridan foydalanish axborot muhitini yaratish

ta’lim muassasasi texnik bazasini zamonaviy axborot texnologiyalari vositalari bilan ta’minlash; 

ta’lim tizimida kompyuter va internet tarmoqlaridan foydalanish imkonyatini yaratish; 

kompyuter sinflarini zarur dasturiy vositalar, qurilmalar va axborotlar muhiti bilan ta’minlash. 
O‘quv jarayonini axborot texnologiyalari asosida tashkil etishda o‘qituvchi faoliyatiga mavzuga 
oid axborot obyektlarini yaratish, zarur axborot obyektlarini izlash, axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish va 
ajratib olish, tashkillashtirish, kerakli ko‘rinishda tasvirlash, axborot obyektlarini uzatish, modellashtirish, 
loyihalashtirish va boshqalar kiradi. 
O‘quv jarayonini axborot texnologiyalari asosida tashkil etishda talabalar berilgan masalaning 
mazmunini va yechilish shartini tushunishda ba’zi bir qiyinchiliklarga duch kelishadi. Masalaning mohiyati 
va mazmunini tushunmasdan turib uni hal qilishga, jarayonda qatnashayotgan miqdorlarni bog‘liqligini 
o‘zida aks ettirgan formulalarni topishga harakat qilishadi. Bu yerda asosiy muammo, talabalar 
o‘rganilayotgan jarayonlarning modelini tassavur va ifoda qilolmasligidadir. Buning uchun esa o‘qituvchi 
dars jarayonini tashkil etishda samarali bo‘lgan metodlarndan foydalanishi kerak. Bundan tashqari 
o‘qituvchi noan’anaviy metodlarni qo‘llaganda fikr mulohazalarni umumlashtirish va xulosa chiqarishni 
bilishi hamda guruhni boshqarish qobiliyatiga ham ega bo‘lishi kerak [2].
Ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini axborot texnologiyalari asosida tashkil etishga katta 
e’tibor qaratilganligi sababli, bugungi kunda zamonaviy o‘qitish texnologiyalaridan dars jarayonini tashkil 
etishda foydalanish ijobiy natijalarni berish bilan, birga uning samaradorligini ham oshirmoqda. 
Ana shunday metodlardan biri modellashtirish bo‘lib, u ilmiy tatqiqot izlanishlarning samarali 
metodlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi zamon ilmiy bilish usuli hisoblangan modellashtirish 
voqelikdagi narsa va hodisalarning mohiyatini bilishda keng qo‘llaniladigan usullardan biridir. 
Modellashtirish metodi voqelikni bilvosita o‘rganishga moslangan ilmiy usuldir. Modellashtirish 
deyilganda, moddiy va ma’naviy real mavjud tizimlarni bilishda, mazkur tizimlarning tashkillanishi va 
funksionallashuvi tamoyillarini qayta ishlab chiqish orqali yaratilgan model tushuniladi. 



Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish