Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet94/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son 
72 
malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, barkamol avlodni tarbiyalash, 
ta’lim va ilm-fan sohalarini sifat jihatdan rivojlantirish hamda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’kidlash kerakki, ilm-fan sohasini jahon talablari 
darajasida rivojlantirishni ta’minlashda yoshlarning o‘rni benihoya katta. Shu jihatdan ham 
mamlakatimizda yoshlar davlat siyosatini samarali ro‘yobga chiqarishga judda katta e’tibor qaratilmoqda.
 
Respublika muassasalarining ilmiy salohiyati, ilmiy elitasini oshirishda oliy o‘quv yurtidan keyingi 
ta’limning ahamiyati beqiyosdir. Mamlakatimizda ilm-fan sohasini rivojlantirish, ilmiy salohiyatni yanada 
yuksaltirish, ilmiy-tadqiqot ishlari ko‘lamini va ilm-fan bilan ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish 
borasidagi ishlarni amalga oshirishda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va 
attestatsiyadan o‘tkazish tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishi kerak. 
Bu borada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF–4947-son 
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni 
[1] tarixiy ahamiyat kasb etib, unga muvofiq davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun 
ustuvorligi, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlikni, diniy 
bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash, o‘zaro manfaatli tashqi siyosat yuritish kabi 
yo‘nalishlarda ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish masalalari alohida o‘rin tutadi. 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar strategiyasi barcha sohalar qatorida ilm-fan 
sohasida ham jahonda raqobat tobora kuchayib borayotgan sharoitda ilmiy izlanishlarning sifati va 
samaradorligini yanada oshirishni taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16- 
fevraldagi PF–4958-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish 
to‘g‘risida”gi Farmoni [2] bilan 2017-yilning 1-iyulidan boshlab mamlakatimizda oliy o‘quv yurtidan 
keyingi ta’limning ikki pog‘onali tizimi joriy qilinishini alohida ta’kidlab o‘tish zarur. Mazkur Farmon oliy 
malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestasiyadan o‘tkazish tizimining sifati va 
samaradorligini tubdan oshirish, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim sohasini yanada takomillashtirish, 
ilmiy-tadqiqot faoliyatida yoshlarning intellektual salohiyatini har tomonlama namoyon etish 
imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmoni ijrosi yuzasidan qabul qilingan 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son «Oliy o‘quv yurtidan 
keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan oliy o‘quv 
yurtidan keyingi ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi 
Nizom hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogkadrlar davlat attestatsiyasiga oid muhim qoidalar 
tasdiqlangan[3]. Mazkur qaror ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkaasi huzuridagi 
Oliy attestatsiya komissyasi tomonidan Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasiga oid 
nizomlar o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Normativ-huquqiy hujjatlarda 
xalqaro ilg‘or amaliyotdan foydalanish, samarali ilmiy faoliyatni rag‘batlantirish, dissertatsiya sifatini 
oshirish, ortiqcha byurokratik jarayonlarni yo‘qotish, malakaviy imtihonlar tarkibini optimallashtirish va 
baholash tizimida ilg‘or amaliyotni joriy qilish kabilarga alohida e’tibor qaratildi. Sohaga oid normativ-
huquqiy hujjatlarga kiritilgan yangiliklar, jumladan quyidagilar bilan tavsiflanadi[4]. 
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risidagi nizomda attestatsiya jarayonida ishtirok 
etadigan shaxslar va tuzilmalar mas’uliyatini oshirish, ko‘chirmachilik (plagiat) holatining oldini olish, 
ekspertiza jarayonini optimallashtirish kabi masalalar muhim ahamiyat kasb etdi. Bu borada quyidagilarni 
ko‘rsatib o‘tish mumkin: izlanuvchi, dissertatsiya bajarilgan muassasa, Ilmiy seminar va Ilmiy kengash 
mas’uliyatini oshirish hamda korrupsiya holatining oldini olish maqsadida Ilmiy seminar va Ilmiy kengash 
faoliyatini tashkil qilishga quyidagilar kiritildi: Ilmiy seminar xulosasi “dissertasiya himoyaga tavsiya 
etilsin” yoki “dissertasiyani qayta ishlash tavsiya etilsin” tarzida beriladi. Agar Ilmiy seminar muayyan 
dissertasiya bo‘yicha “dissertasiyani qayta ishlash tavsiya etilsin” xulosasini qabul qilsa, Ilmiy kengash 
rasmiy xat bilan ish bajarilgan muassasaga dissertasiyani qaytaradi[5]. 
Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomda attestatsiya jarayonida dissertatsiyalar va nashr 
ishlariga qo‘yiladigan talablarni aniq belgilash, dissertatsiyalar sifatini oshirish, ilmiy darajalar berishda 
xalqaro ilg‘or amaliyotdan foydalanish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, samarali va natijador ilmiy faoliyatni rag‘batlantirish uchun muhim ilmiy yangiliklar 
olgan va katta ahamiyatga ega bo‘lgan uchtagacha ixtiro patenti muallifiga falsafa doktori (PhD) va 
uchtadan ortiq ixtiro patenti muallifiga fan doktori (DSc) ilmiy darajasini dissertatsiya himoyasisiz berish 
qoidasi ilk bor kiritildi [6]. 
Ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomda respublika oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot 
muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar 
e’tiborga olingan. 



Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish