Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/185
Sana04.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#739311
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   185
Bog'liq
2 5463281125877094145

 
deb keltiriladigan
 
termin
 
ingliz tilida «lexicalization», fransuz tilida «lexicalisation», 
ispan tilida «lexicalizasion» deb nomlanishi aytiladi va «ayrim elementlarning (morfema va shu 
kabilarning) yoki birikma elementlarining (so‘z birikmalarining) tilning alohida so‘z ekvivalenti 
sifatida amal qiladigan turg‘un elementlariga aylanish jarayoni» leksikalizatsiya sifatida tushuntiriladi 
[1]. J.Maruzo esa erkin so‘z birikmasining bir tushuncha ifodalaydigan, bir gap bo‘lagi vazifasini 
bajaradigan so‘zga aylanishi ekanligi hamda leksemalashuv yuz bergan so‘zning ma’nolari birikma 
qismlarining yig‘indisi ifodalaydigan ma’nolarga teng kelmasligini ta’kidlaydi [5]. Akademik 
A.Hojiyev esa «sintaktik birlik (so‘z birikmasi yoki gap)ning leksik birlik (lug‘aviy birlik)ka, ya’ni 
so‘z yoki turg‘un iboraga aylanishi, masalan, 
ish haqi, temir yo‘l, mingboshi 
birikmalarining lug‘aviy 
birlikka aylanishi»ni leksikalizatsiya sifatida izohlaydi [8]. Demak, tilda biron bir so‘zning muqobili 
sifatida amal qiladigan erkin so‘z birikmasining turg‘un so‘z birikmasiga aylanishini leksemalashuv 
deb tushunish lozim ekan. Masalan, 
temir yo‘l, ish haqi 
birliklari hozirgi o‘zbek tili nuqtayi nazaridan 
bitta tushunchani ifodalaydi, ya’ni ular ajratib yozilsa ham, bitta tushunchani anglatadi. Aslida esa 
avval ular birikma maqomida bo‘lgan, ya’ni 
temir yo‘l
sifatlovchi sifatlanmish, 
ishning haqi
qaratqich 
qaralmish tarzidagi birikmalar bo‘lgan. Tilning keyingi taraqqiyoti natijasida ular orasidagi sintaktik 
munosabat xiralashgan va bu birikmalar o‘zlari anglatadigan tushunchalarning yaxlit nomiga 
aylangan. Bu kabi birliklarning shakliy xususiyatini nazarda tutgan holda ayrim adabiyotlarda 
leksikalizatsion birikma 
termini ham ishlatiladi [9].
Leksemalashuv 
deganda morfema yoki so‘z birikmasi shaklidagi til birliklarining ma’no 
jihatdan bir leksemaga teng keladigan lug‘aviy birlikka aylanish jarayoni tushunilar ekan, xo‘sh, bu 
jarayon qanday sodir bo‘ladi? Leksemalashuvning hodisa yoki jarayon deb nomlanishining o‘ziyoq 
uning nutq bilan chambarchas aloqadorlikda ekanligidan dalolat beradi. Leksemalashuvning hosil 
bo‘lish yo‘liga nazar tashlasak, biz uni sof til hodisasi deb ayta olmasligimiz ma’lum bo‘ladi. Chunki 
«til
 
deyilganda ma’lum bir jamiyatning barcha a’zolari uchun avvaldan (oldingi avlodlar tomonidan) 
tayyor holga keltirib qo‘yilgan, hamma uchun umumiy, ya’ni qabul qilinishi va qo‘llanishi majburiy, 
fikrni shakllantirish, ifodalash va boshqa maqsadlar uchun xizmat etadigan birliklar hamda bu 
birliklarning o‘zaro birikishi va bog‘lanishini belgilovchi qonun-qoidalar yig‘indisi tushuniladi» [6]. 
Leksemalashuvga berilgan ta’riflardan ma’lum bo‘lmoqdaki, u nutqda yuzaga keladi, aniqrog‘i, 
doimiy qo‘llanish birikma shaklidagi ikki va undan ortiq birlikni yaxlit bitta leksemaga aylantiradi.
Bu hodisa yuzaga kelishining ma’lum sabablari bor, albatta. Shulardan birini tadqiqotchi Kim 
In Te quyidagicha izohlaydi: Tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarni bir-biridan farqlash, umumiy 
nomdan xususiy nomlar keltirib chiqarish, uning bir turini ifodalash, yangi paydo bo‘lgan 
tushunchalar, narsa-hodisalarni nomlash, nomlaganda ham ba’zan biroz boshqacharoq tarzda, ma’noni 
ekspressivroq qilib ifodalash ehtiyoji ana shunday sabablardandir. Mana shu sabablar ikki elementning 
o‘zaro birlashishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Bunda narsa-hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlik, 
so‘zlardagi ma’no ko‘chishi juda qo‘l keladi [3]. Demak, leksemalashuv natijasi bo‘lgan birlik – 
leksemaning asosiy vazifasi muayyan narsa-hodisa, belgi-xususiyat va harakat-holatni nomlash bo‘lib, 
bunday nominatsiya leksemalashuv natijasi bo‘lmagan nominatsiyadan ma’lum ma’noda 
ekspressivligi bilan farq qilar ekan. ammo tadqiqotchi leksemalashgan birliklarning nominatsiya 
jarayonidagi ekspressivligini misollar asosida tushuntirmaydi. Bizningcha, leksemalashgan 
birliklarning nominatsiya jarayonidagi ekspressivligi masalasi (agar shunday xususiyatga ega bo‘lsa)ni 
aniq misollar asosida tushuntirish lozim.
 
Leksemalashuv hodisasi rus va boshqa g‘arb tilshunosliklarida batafsil tadqiq qilingan bo‘lsa 
ham, ammo o‘zbek tilida maxsus monografik tadqiqot obyekti bo‘lgan emas. Mazkur hodisa haqida 
so‘z yasalishi yoki lingvistik lug‘atlarda qisqa to‘xtab o‘tilgan xolos. Masalan, «O‘zbek tili 
grammatikasi. I tom» (Toshkent, 1975), «Sovet davrida o‘zbek adabiy tilining taraqqiyoti. III tom» 
(Toshkent, 1991), «Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati» (Toshkent, 2002)da juda qisqa 
ma’lumotlar berilgan. Aksincha, rus tilshunosligida leksemalashuv hodisasining shevalardagi holati 
ham tadqiqqa tortilganki, bu leksemalashuvning til umumiy rivojidagi o‘rni ahamiyatli ekanligini 



Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish