Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 4-son



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/185
Sana04.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#739311
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   185
Bog'liq
2 5463281125877094145

ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 4-son 
142 
4.
Ma’naviyat va ijtimoiy huquqni shakllantirish. 
5.
Siyosiy faollikni oshirish va h.k. 
Hukumatimiz tomonidan mahalla masalasiga e’tibor qaratilayotganligining sabablaridan biri – 
unda ijtimoiy aloqadorlikni shakllantiruvchi va kishilarni ijtimoiy guruh sifatida birlashtiruvchi 
jarayonlarning mavjudligidir. Bu jarayonlar: a) ildizlar; b) munosabatlar; v) tashabbuskorlik. Bu 
holatlar kishilarni yanada jipslashtiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi asosiy kuch-qudratining manbai – bu xalqimizning umuminsoniy 
qadriyatlarga sodiq qolganligidir. 
Yana bir muhim ijtimoiylashuv o‘choqlariga maktab va boshqa ta’lim muassasalari kiradi. 
Aynan shu yerda ijtimoiylashuv va tarbiya jarayonlari maxsus tarzda uyg‘unlashtiriladi. Bizning 
ijtimoiy tasavvurlarimiz shundayki, biz maktabni bola ta’lim oladigan, bilimlar tizimini 
o‘zlashtiradigan maskan sifatida qabul qilamiz. Aslida bu yer ijtimoiylashuv tarbiyaviy vositalarda yuz 
beradigan maskandir. Bu jarayonda o‘qituvchining ma’naviy, siyosiy, shaxsiy, kasbiy qobiliyatlari, 
mavzuga subyektiv munosabati, butun sinfdagi o‘quvchilarga munosabati belgilovchi, ijtimoiy tajriba 
uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan omildir. Shu nuqtayi nazardan o‘quvchilar didi va talablariga 
javob bergan o‘qituvchi bolalar tomonidan tan olinadi, aks holda esa o‘qituvchining ta’siri faqat salbiy 
rezonans beradi. Xuddi shunday har bir sinfda shakllangan muhit ham katta rol o‘ynaydi. Ba’zi 
sinflarda o‘zaro hamkorlik, o‘rtoqchilik munosabatlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan, guruhda ijodiy 
munozaralar va bahslar uchun qulay sharoit bor. Bu muhitda shakllanib kelayotgan shaxs jamoatchilik 
nazoratida faol ishtirok etish tajribasini egallaydi. 
Yana bir muhim ijtimoiylashuv muhiti – bu mehnat jamoalaridir. Bu muhitning ahamiyati va 
o‘ziga xosligi shundaki, bu yerga shaxs odatda ancha aqli pishib qolgan, ma’lum tajribaga ega 
bo‘lgan, hayot haqidagi tasavvurlari shakllangan paytda keladi. Egallangan mutaxassislik, orttirilgan 
mehnat malakalari va bilimlar ham juda muhim bo‘lib, shu muhitdagi ijtimoiy normalar xarakteriga 
ta’sir qiladi. Lekin baribir shaxsning kimlar bilan, qanday o‘zaro munosabatlar muhiti ta’sirida 
ekanligi uning yetuklik davridagi ijtimoiylashuvining muhim mezonlaridandir. Shuning uchun ishga 
kirishdagi asosiy motivlardan biri – o‘sha jamoaning qanday ekanligi, bu yerdagi o‘zaro munosabatlar
rahbarning kimligi va uning jamoaga munosabati bo‘lib, ko‘pincha oylik-maosh masalasi ana 
shulardan keyin o‘rganiladi. Shuning uchun mehnat jamoalarida yaxshi, sog‘lom ma’naviy muhit, 
adolat va samimiyatga asoslangan munosabatlar har bir inson va jamoatchilik taqdirida katta rol 
o‘ynaydi.
Shaxs ijtimoiylashuvi sof ijtimoiy-psixologik tushuncha bo‘lib, u individning ijtimoiy muhitga 
qo‘shilishi, ijtimoiy ta’sirlarni o‘ziga singdirishi va aktiv ravishda muloqot sistemasiga kirib borishi 
jarayonidir. Bu jarayon ikki tomonlama bo‘lib, bir tomondan, shaxs faol ravishda ijtimoiy ta’sirlarni 
qabul qiladi, ikkinchi tomondan esa, ularni hayotda o‘z xulq-atvorlari, munosabatlarida namoyon 
etadi. Bu jarayon normal individda tabiiy tarzda ro‘y beradi, chunki individda shaxs bo‘lishga ehtiyoj 
hamda shaxs bo‘lishiga imkoniyat va zaruriyat bordir. Shuning uchun ham bola tug‘ilib, ijtimoiy 
muhitga qo‘shilgan ondan boshlab, undagi shaxs bo‘lishga intilishni, undagi shakllanish jarayonini 
kuzatish mumkin. 
Shaxs ijtimoiylashuvi (sotsializasiyasi) yoki shakllanishining o‘z sohasi, bosqichlari va 
muassasalari mavjud. 
Shaxsning shakllanishi asosan uch sohada amalga oshiriladi: 
1) faoliyat sohasi

ya’ni umri mobaynida shaxs turli faoliyatlarga bevosita yoki bilvosita jalb 
etilgan bo‘lib, bu jarayonda faoliyatlar jabhasi, sohasi kengayib, boyib boraveradi. Har bir faoliyat turi 
individdan maxsus fazilatlarni, malaka va ko‘nikmalarni, bilimlarni talab etadiki, ularni qoniqtirish 
yo‘lidagi faolligi unda o‘ziga xos ijtimoii-psixologik xususiyatlar kompleksini shakllantiradi; 
2) muloqot sohasi,
 
ayniqsa maktabgacha yosh davrdagi va o‘smirlik davrlaridagi muloqot 
sistemalari bolada bir qancha ijtimoiy-psixologik xislatlarni paydo qiladiki, buning natijasida u faol 
hayotiy mavqega ega bo‘ladi, jamiyatda o‘z o‘rnini tasavvur qilishga erishadi. 
3) o‘z-o‘zini anglash sohasi, ya’ni ''Men" obrazining yil sayin o‘zgarib borishi jarayoni bo‘lib, 
avval o‘zini boshqalardan farqliligini, o‘zicha mustaqil harakat qilish, mustaqil fikr yurita olish 
qobiliyatini anglash, so‘ngra esa o‘z-o‘zini baholash, anglash, nazorat qilish xususiyatlari rivojlanadi
ular ham faol shaxs psixologiyasining tarkibiy qismidir. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fikr erkinligi qonun yo‘li bilan asoslangan. Shaxs 
mamlakatda bo‘layotgan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy o‘zgarishlarga nisbatan o‘z fikrini erkin ifoda 



Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish