ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 4-son
111
Ibtidoiy odamlar tabiat kuchi, tirikchilik qiyinchiligi, kunlik moddiy ehtiyoj uchun turli
moslamalar, tosh, nukleus, yog‘och, chaqmoqtosh va dioritdan yasalgan mehnat qurollari yordamida
kun kechirganlar, ov qilib, ov mahsulotlariga ishlov berib, ular iste’molga tayyorlaganlar. Ularning
mehnat qurollari sifatida turli kirpich, keskich, sixcha, tosh pichoq, diskasimon sanchqi, ushatgich,
toshdan yasalgan bolta, yupqa tosh parrakcha, xolsedondan yasalgan yupqa plastinka (hayvon
terisini shilish uchun), tosh parrak (arra o‘rnida) va shu kabilar xizmat qilgan.
Boltalar chaqmoqtoshdan yasalib, har xil kattalikda bo‘lgan. Ular turlicha maqsadlarda
(daraxt shoxi va hayvonlar suyagini maydalash, toshni sindirish va yer kovlash uchun) ishlatilgan.
Poleolit makonida topilgan to‘rtlamchi bosqichga taalluqli pleysseton davri yovvoyi
hayvonlar – bug‘u, eshak, mamont suyagi, kuydirilgan turli shox va baliq suyagi qoldiqlari
neondertal odamning yashash tarzi ancha xilma-xil bo‘lganligidan dalolat beradi.
Neondertal odamning bevosita izdoshi bo‘lgan poleolit davri kromanyun odami faqat ibtidoiy,
moddiy ehtiyojni qondirish uchun emas, balki tabiat mahsulotlaridan ikkilamchi ehtiyojlar sifatida
bezak va taqinchoqlar tayyorlaganlar. Madaniy geologik qatlam mavjudligi pleysseton davriga
to‘g‘ri kelib, o‘rtasi ishqalangan, chiziqli, yupqa yumaloq tosh topilishi o‘sha davr odamining
tafakkuri rivojlana boshlaganidan darak beradi.
Poleolit davridan keyingi davrda, mezolit-o‘rta tosh asri, neolit-yangi tosh asri, jez-bronza
davrida ham tafakkurli odamning shakllanishi davom etdi. Bu davrda ibtidoiy odam O‘rta Osiyoda
Uzunko‘l, Toypoqko‘l (Farg‘ona), Jonbosqal’a, Suvyorgan (Qoraqalpog‘iston), Katta va Kichik
tuzkonlar, Zamonbobo (Buxoro), Chust, Amirobod (Xorazm), Sopollitepa (Surxondaryo), Sazog‘on
va Tim (Samarkand) kabi ko‘plab makonlarda yashab, o‘ziga xos madaniy qoldiqlar qoldirgan. Ushbu
makonlardan mikrolitik mazmundagi juda ko‘plab mehnat qurollari – qirg‘ich, bolta, bigiz, nukleus, kamon, o‘q va
boshqalar topilgan. Bular o‘sha davr odamning faoliyati ancha takomillashganligidan dalolat beradi.
Milodgacha bo‘lgan birinchi ming yillikda dehqonchnlik va chorvachilikning rivojlanishi
ko‘pgina qabilalarnnng o‘troqlashishiga sabab bo‘lib, tabiiy himoyalangan, tog‘, suv va tik qirlar, jarliklar bilan
o‘ralgan joylarda turli qabilalar to‘planishib, (M: sak va massaget, skif qabilalari) varlar shaklida yirikrok
markazlar, shaharlar- Afrosiyob, Xorazm, Shosh, Kesh, Chust, Zur va boshq.) yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan.
Quldorlik
tizimida qabilalar markazlashib, shaharlar vujudga keldi va turli
davlatlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Ana shunday markazlar jumlasiga Ko‘hna Elaton (Farg‘ona),
Go‘zaliqir va Chirikrabot (Xorazm),
Afrosiyob (Samarqand), Kangxa (Qozog‘iston) va
boshqalarni keltirish mumkin. Turli xil davlatlar – Salavkiylar, Yunon - Baqtr davlati, Evtidemlar sulolasi, Toharlar,
Kangxa (Kangyuy) davlati, Farg‘ona (Parkana) davlati. Kushon podsholigi, Afrig‘iylar, keyinchalik, saljuqiylar
davlatlari o‘zaro urushlarda boshqalarni engish orqali tez sur’atda rivojlanishga erishadi.
Milodgacha bo‘lgan birinchi ming yillikning o‘rtalaridan, milod davrigacha bo‘lgan taraqqiyot nishonasi
sifatida keramika, kulolchilik ustaxonasi, charx qoldiqlarining topilishi buyumlarni ko‘plab ishlab chiqarishga talab
katta bo‘lganini ko‘rsatadi. Bu davrga oid topilmalar - muhr-gemma, sopol plitalardan qilingan mehroblar,
terrakotadan yasalgan haykalcha, turli shakldagi sopol idish, ko‘za, to‘rtburchakli, teshikli sug‘d chaqalari va
boshqalar bu davrdagi taraqqiyotning turli darajada rivojlanganligini bildiradi.
Shahar va yirik manzillar qalin devor bilan o‘ralib, harbiy istehkomlar darajasida ta’mirlangan. Sopol
quvurlar bilan jihozlangan ochiq va yopiq sug‘orish tizimi barpo qilingan, bularning barchasini malakali
hunarmandlar bajarganlar.
O‘rta Osiyoning mazkur vaqtdagi ma’naviy taraqqiyotini shartli ravishda quyidagi davrlarga
mansub deyish mumkin: 1. Qadimiy sug‘d (miloddan avvalgi VI-IV asrlar); 2. Sug‘d- ellinistik
(miloddan avvalgi III-I asrlar); 3. Sug‘d-kangyuy (miloddan avvalgi I-IV asrlar).
Yaratilgan buyumlarda o‘sha davrdagi turmush tarzi aks ettirilgan: 1-davrga taalluqli topilma,
2 ta gemmadan birida yoy otuvchi jangchi, ikkinchisida buyniga o‘q sanchilgan serka xamda
boshida uchburchak shakli bor buqa tasvirlangan, 2-davrga taalluqli bo‘lgan tanga-chaka,
terrakotadan yasalgan buyum, 3-davrga mos bo‘lgan don va suv saqlash uchun xumdon, to‘qish
dastgohiga zaruriy qism, terrakota-ma’budacha, haykalcha, uy qoldig‘i, arxitektura va boshqalar
rivojlanib, yuksalganidan dalolat beradi. Idishlar xilma-xilligi, kadah, kosa, riton, suvdon, ayol
ziynati, libosi yuqori did bilan tayyorlanishi, mahalliy sug‘dlarda turli din va hunarmandchilik
madaniyati rivojlanganligini ko‘rsatdi. Bunday holatlardan esa oddiy mehnat qurollari,
moslamalarining hunarmandchilik buyumlariga, undan keyin esa amaliy san’at darajasida
tayyorlangan jihozlarga o‘tib borganligini kuzatish mumkin.
Halq hunarmandchiligi sanoat ishlab chiqarish darajasida taraqqiy etdi. Qo‘l, koranda,
Do'stlaringiz bilan baham: |