ILMIY AXBOROTNOMA
FILOLOGIYA
2017-yil, 4-son
91
qushlar kundalik yumushlarida odamlarga xos harakatlarni qabul qilgan holda turli amallarni bajarib,
oʻzlarining munosabatlarini bayon etadilar.
Biz oldimizga qoʻygan ilmiy ishimizni mukammal oʻrganishimiz uchun, tamsil va tashxis
badiiy san’atlarini oʻzaro bogʻlagan holda oʻrganishimiz kerak boʻladi. Tamsil yoki masal adabiyotda
turli hayvon va qushlarga odamlarga xos xarakterni berishdan iborat. Buning natijasida turli hayvonlar
va qushlar odamlar singari harakatlanib, soʻzlaydilar, maqsadlarini ifoda etadilar. Haqiqatan masal
yoki tamsil san’ati turli nabotot va hayvonlarga insonlarning quyidagi sifatlari soʻzlash, fikrlash,
kulish, qaygʻurish, qoʻrqish, yigʻlash va boshqalarni berish orqali vujudga keladi. Bu san’at turi
tashxis va jonlantirishning bir turi boʻlib, tamsil tashxisning asosiy tamoyillari asosida shakllangan. Bu
san’at turlarining oʻzaro farqi, ularning nazariy xususiyatlari va shaklida namoyon boʻladi. Tamsil,
tashxis va jonlantirishning bir shakli boʻlib, badiiy ijodiyotda turli qushlar va hayvonlarga
ixtisoslashtirilgandir. Unda turli qushlar va hayvonlar insonga xos xarakterga ega boʻlib, inson singari
muomala qiladilar. Mazkur san’at turida, faqat qushlar va hayvonlar odamlar singari jonlantiriladi.
Boshqa jonsiz moddiy jismlar bundan mustasnodir. Biz masalning eng yaxshi namunalarini Rudakiy
Samarqandiyning «Modari may» (May onasi) qasidasida, Manuchehriy Domgʻoniyning
musammatlarida, «Kalila va Dimna» asarida, Nizomiy Ganjaviyning «Maxzanul-asror» masnaviysida,
Jaloliddin Balxiyning «Masnaviy ma’naviy» asarida, Abdurahmon Jomiyning «Haft avrang»
dostonida, Sayido Nasafiyning «Bahoriyot»-ida, Soʻfiyning «Dostoni Mevaho» (Mevalar dostoni) va
boshqa asarlarda koʻrishimiz mumkin.
Har bir badiiy san’at turi oʻzining shakl va mazmunidan kelib chiqib, guruh va turlarga
boʻlinadi. Tashxis san’ati ham oʻzining qamrab oladigan hajmiga qarab ikki guruhga boʻlinadi. Bu
toʻgʻrisida adabiyotshunos olim, professor Sadri Sa’diev oʻzining «Odamushshuaro Rudakiy va
Bashshori Marvaziyning «May onasi» qasidalarining poetikasi» maqolasida quyidagicha fikr bayon
etadilar: «Tashxis san’ati badiiy kalomning eng goʻzal san’atlaridan boʻlib, u oʻz navbatida ikki
guruhga boʻlinadi:
1.
Mufassal tashxislar
2.
Muxtasar tashxislar». [7:7].
Batafsil tashxisda tashxis san’atining koʻlami keng boʻlib, hikoya boshdan oxirigacha shu
san’atdan tarkib topadi va uning turli tomonlari oʻquvchiga namoyon boʻladi, biz bu tashxis turining
eng yaxshi namunalarini zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto»ning «Yasna» qismi 9, 10, 12-
gotlarida, Rudakiyning «Modari may» (May onasi) qasidasi, Manuchehriy Domgʻoniyning
«Duxtaroni raz» (Uzum qizlari) musammatlarida va Sayido Nasafiyning «Bahoriyot» asari hamda
boshqa doston va masnaviylarda koʻrishimiz mumkin. Masalan: XI asrning yetuk shoirlaridan biri
shoir Farruxiy Siistoniyning quyidagi gʻazalida tashxis va jonlantirish san’atining mufassal tashxis turi
qoʻllanilgan boʻlib, oshiq yuragini ma’shuqaga tortiq qilishi tasvirlanadi. Shoir yurakka ma’shuqa
oldiga borib, dunyo lazzatlari va xushbaxtligidan bahramand boʻlishni buyuradi. Yurak esa oshiqdan
uni ma’shuqaning oldiga yubormasligini soʻraydi va oshiqqa qarab «hech koʻrganmisan, biron kishi
oʻz yuragini birovga tortiq qilganini deb savol bilan murojaat qiladi» Shoir unga javoban, «sen
ma’shuqaning oldiga borib, dunyo goʻzalliklaridan bahramand boʻl, shodlik qilgʻilkim, bu dunyodagi
eng ulugʻ baxtdir» deb javob beradi:
Ey dili man, turo bashorat dod,
Ki turo man ba do
ʻst xoham dod.
Tu bo o
ʻ shodmonivu ba jahon,
Shod bod, on ki badu shod.
To nago
ʻi, ki mar- maro nafrist,
Ki na kas dil ba do
ʻst bifristod.
Do
ʻst az man turo hametalabad,
[6:75].
Muxtasar tashxis turi badiiy adabiyotda boshqa soʻz san’atlari bilan birgalikda kelib, oʻzining
badiiy xususiyatlarini saqlab qoladi va tarkibiy unsurlarini moʻjaz tarzda namoyon etib, she’rda
jonlantirishni aks ettiradi.
Masalan, Shoir Abulqosim Lohutiyning quyidagi ruboiysida shoir yuragiga muhabbatning
dardu alamlari toʻgʻrisida savollar beradi va oʻz navbatida qalbi unga javob beradi:
Biguftam: «Joni bemori maro ki mekunad darmon?»
Bixandidu guft: «Ey benavo jononae chun man».
Do'stlaringiz bilan baham: |