Abstract. Continuing education is one of the basic steps of the modern information society.
These ideas of continuing education is defined in the education of Imom Bukhoriy and disclosed in the
form of principles.
Keywords: Continuity, knowledge, ideas, the idea of continuous education, continuous
education of the idea of the implementation of the principles.
Ilm - fan negizida sivilizatsiyaning shakllanishi va yuksalishi tabiiyki, butun jamiyat
taraqqiyotining umumiy qonuniyatlariga asoslanadi. Jamiyat taraqqiyotining asosiy ob’ektiv
qonuniyatlaridan biri uzluksizlik boʻlib, bunda bosqichlardagi miqdoriy koʻrsatgichlar yigʻindisi
jamiyat holatini sifat oʻzgarishlariga olib keladi. Shu bilan birga ushbu bosqichlar xalqalar
sifatida jamiyat taraqqiyoti zanjirini tashkil etadi. Unda har bir xalqa oʻzining betakror hissa
qoʻshganligi bilan namoyondir. Shunga oʻxshash yoʻl bilan ta’lim tizimi va uning mohiyatining
rivojlanishi jarayoni amalga oshadi. Uning alohida bosqichlari yaxlit ta’lim taraqqiyoti zanjirini tashkil
etadi. Mazkur zanjirning zamonaviy xalqasi uzluksiz ta’lim tizimi hisoblanadi. Ta’lim tizimi rivojning
ushbu xususiyatlarni inobatga olib YUNESKO uzluksiz ta’limni dunyodagi barcha mamlakatlarida ta’limga doir
yangilik va islohotlar sifatida qabul qilish zarurligini e’tirof etuvchi qaror qabul qildi.
Tarixiy rivojlanishning yutuqlarini davom ettirib, jadallashgan ilmiy-texnika taraqqiyoti
hamda XXI asr axborotlashgan jamiyati talablariga asoslanib, mamlakatimizda, dunyoda oʻxshashi
boʻlmagan, uzluksiz ta’limning tengsiz tizimi yaratildi.
«Ta’lim toʻgʻrisida» va «Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi toʻgʻrisida» qonunlar boʻyicha ushbu uzluksiz ta’lim tizimining negizi deb quydagilar
hisoblanadi: maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari ta’lim; oʻrta maxsus kasb-hunar ta’limi;
oliy va oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.
Mamlakatimizda majburiy oʻn ikki yilik ta’lim joriy etilganligi: umumta’lim maktabida
toʻqqiz yil va uch yil kasb-hunar kollejida yoki akademik litseyda oʻqishni tashkil etishi bizning
gʻururimizga aylandi. Ya’ni dunyoda birinchi boʻlib umumiy oʻrta maxsus kasb-hunar ta’limga
erishildi. Bu esa, davlat har bir yoshni kasbiy faoliyatga tayyorlashni oʻz zimmasiga olishi, oliy oʻquv
yurtida oʻqishni davom ettirish va iqtidorli yoshlarni aniqlash uchun sharoit yaratilishini anglatadi.
Shakllangan ta’lim zanjirni davomiyligi, uzluksiz ta’lim gʻoyasi paydo boʻlishi va taraqqiyoti
qonuniyatlarini bilish zaruriyatini taqazo etadi.
Uzluksiz ta’lim gʻoyasini vujudga kelish irmoqlarini aniqlash uning tarixiy rivojlanish
qonuniyatlarini shakllantirish sifatida qaralishi mumkin.
Izlanishlar natijalariga koʻra, ta’kidlash mumkinki ushbu ilmiy muammo yechimi boʻyicha
hozirgacha umum tan olingan qarash mavjud emas. Asosiy qarashlarni quyidagi uch guruhga
umumlashtirish mumkin: