Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2020-yil, 2-son (120) gumanitar fanlar seriyasi


ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2020-yil, 2-son



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/177
Sana07.04.2022
Hajmi4,58 Mb.
#535457
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   177
Bog'liq
KZn9wTepWq ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2020-yil, 2-son 
39 
uning turli shakllari keltirilgan[3.120]. E’tiborli tomoni shundaki, har bir oila o’ziga xosligi bilan ajralib 
turadi. “Davlat xizmatchilar oilasi jamiyatda alohida o’rin egallab, doimo xavf bilan, ya’ni oila yetakchisini 
yo’qotish bilan yuzma-yuz bo’lib kelgan”[4.195]. Bunga bir qator tarixiy misollarni keltirish mumkin. 
Kasbiy faoliyat va oilaning bir-biriga ta’siri qator sabablar bilan belgilanadi. Bular ma’lum bir kasb 
egasining vatanni himoya qilish yo’lida tanlangan kasbning maqsad va vazifalari bilan bog’liqdir. Ayrim 
kasb egalari xizmat taqazosiga ko’ra, oilasi bilan mehnat faoliyati davomida bir huddudan ikkinchi 
hududga ko’chib o’tadi. Bu o’z navbatida oilaviy munosabatlar, ya’ni er-xotin hamda farzandlar va ota-
onalar kabi munosabatlarda ifodalanadi. 
Oila bir qator ijtimoiy funktsiyalarni bajarish bilan birga ayrim ta’sirlarga ham uchraydiki, bu esa 
ijtimoiy-psixologik funktsiyalarda o’z ifodasini topadi, ularni quyidagicha ko’rsatib o’tishimiz mumkin: 
-
kasbiy majburiyat kasb shaxsiga quyiladigan xizmat vazifalarini bajarishda oila taqdiri va 
hayotini alohida inobatga olish; 
-
kasbiy xizmatchi va uning oila a’zolarining yangi xizmat joyiga ko’chib o’tishda tabiiy, klimatik, 
maishiy, ijtimoiy sharoitga o’zini buysundira bilish zaruriyati va moslashish jarayoni, psixologik va 
jismoniy zo’riqishini keltirib chiqaradi; 
-
vaqtinchalik doimiy yashash joyining bo’lmasligi ma’lum bir kasb egasining xotinini ishga 
joylashish ehtimolining kamligi, bolalar bog’chasida joy kamligi, oiladagi farzandlarni o’qish joyini 
o’zgarishi kabilar oilada beqarorlikni, qattik hayajonlanishni keltirib chiqarib, turli ijtimoiy nizolarni kelib 
chiqishiga sabab bo’lishi mumkin; 
- ayrim kasb egasining maxsus sharoitlari natijasida, vaqtning chegaralanganligi kasb egasining 
oila davrasida yetarli darajada bo’lmasligiga olib keladi. Bu oilaning ma’naviyati, bola tarbiyasiga, oila 
a’zolarining etiboriga, izzatiga va bo’sh vaqtlarini birga o’tkazishdan qoniqmaslikni keltirib chiqaradi. 
Bunday holatda kasb egasining oilasining tipik o’ziga xosligini hisobga olish, uni hayotdagi vazifasi va 
roli, mehnat jamoalar faoliyatidagi o’rnini o’rganish muhim sanaladi. 
Oilaning eng muhim tabiiy-biologik funktsiyasi va to’g’ridan-to’g’ri vazifasi bu avlod 
davomiyligini ta’minlashdan iborat. Shuning uchun I.A.Karimov “Aqli raso har qaysi inson yaxshi 
anglaydiki, bu yorug’ dunyoda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor ekan, farzand deb atalmish bebaho ne’mat 
bor. Farzand bor ekan, odamzot hamisha ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi”[5.56]-deya juda o’rinli 
ta’kidlagan. O’zi aslida shu maqsadda oila instituti tashkil qilingan. O’z tarixiy rivojlanish davrida bu 
institut bir qator bosqichlardan o’tib, turli tendentsiyalar kuzatilgan. 
Jamiyatimiz oilalarning barqarorligini ta’minlashdan manfaatdor bo’lib, bu esa o’zaro oilaviy 
munosabatlar asosida shaxsning yetilishini, ruxiy jihatdan tayyorligini ta’minlaydigan omillar majmuasi 
shakllantiradi. Bularga quyidagilar kiradi: 
- muloqot madaniyatiga ega bo’lish; 
- turli ijtimoiy nizolarni yenga bilish; 
- psixologik yordam ko’rsata olishni bilish; 
- odamlar bilan bag’rikenglik bilan munosabatda bo’lish; 
- psixoterapevtik qobiliyatiga ega bo’lish; 
- farzandli bo’lishga tayyor bo’lish; 
- ijtimoiy faol bo’lish va boshqalar. 
Bu omillar o’z navbatida shaxsning ijtimoiy faolligini ta’minlashga xizmat qilib, ijtimoiylashuv 
jarayonini ijobiy kechishini ta’minlaydi.
Oilani barqarorligi ko’p jihatdan oiladagi rollar haqida aniq tasavvurga ega bo’lish, unga amal 
qilishga bog’liq bo’lib, aksariyat hollarda boshqa oilalar qatori davlat xizmatchilar oilasida ham shu omil 
bilan bog’liq bo’lgan nizolar vujudga keladi. Shuning uchun, mazkur masalani ham o’rganish maqsadida 
“Oilaviy munosabatlar madaniyatini o’rganish so’rovnomasi”dan foydalandik. Natijalar tahlili shuni 
ko’rsatadiki, 89% rafiqalar va 83% turmush o’rtog’lar oilaviy rollarning taqsimlanishi haqida aniq 
tasavvurga ega. Bu o’z navbatida er-xotin orasidagi nizolarni silliq kechishini ta’minlash uchun xizmat 
qiladi. Ammo bu holat faqatgina 59% juftliklarda kuzatilishi aniqlandi, 17% oilalarda bola tarbiyasi, uy 
xo’jaligini yuritish, dam olishni tashkil qilish va boshqa masalalarda kelishmovchiliklar kuzatilishi 
aniqlandi. Mazkur ko’rsatkich, turmush o’rtoqlarda oilaviy rollar va ularni bajarish mezoni haqida aniq 
tasavvur shakllanmaganligi bilan izohlanadi. 
Muvaffaqiyatga erishish uchun er-xotinga nizoning sababi, ifodalanish tarzi, mohiyatini va undan 
chiqish yo’lini singdirmoq lozim. Buning uchun oilada o’zaro munosabatlarni aniqlovchi ichki shaxsiy 
omillar tahlili olib boriladi. Shu maqsadda tashxis xulosalari an’anaviy, monologik interpritatsiya usulida 
emas, balki o’zaro muloqot tarzida yetkazilmog’i darkor. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda 
quyidagilarni ko’rsatib o’tish mumkin: 



Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish