c)
yangi mavzuni mustahkamalsh.
Darsni va lug‘at so‘zlarni “o‘yla izla top” o‘yini orqali mustahkamlanadi. O‘yin sharti: 1-quti
ichida hikoya qaxramonlarini 2-quti ichida lug‘at so‘zlardan birini olib, ikkala so‘zdan hikoya mazmuniga
mos gap tuziladi(3-rasm). Masalan, quyoncha Dik-dik va muqova so‘zlari tanlandi. Quyoncha Dik-dik
hamma kitoblarining ustki qismini toza saqlar edi(bu erda lug‘at so‘zining ma’nodoshidan foydalaniladi)
3-rasm. O‘yin uchun qutilar
2. “Test” metodi orqali o‘quvchilar bilimini tekshiriladi.
1.
Kim kitobni asrab avaylaydi?
a)
Xir-xir
b)
CHi-chi
c)
Mushukvoy, Dik-dik
2.
Kitobdagi gilos, olmalarni cho‘qib ko‘rgan qahramon?
a)
CHi-chi
b)
Qag‘-qag‘
c)
Dek-dik
(To‘g‘ri yechgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi)
III.
Yakuniy qism:
a)
rag‘batlantirish
b)
kundalik bilan ishlash
c)
Uyga vazifa berish
Albatta o‘qituvchi dars o‘tishda turli xil shakl va uslublardan foydalanadi, ularni to‘g‘ri qo‘llash
esa darsning sifatini oshiradi. Har bir fanlararo aloqador dars o‘quvchilarga ma’lum miqdorda bilim-
tasavvur va tushunchalar beradi [3,12].
Demak, o‘qituvchi darsga tayyorgarlik ko‘ra turib, avvalo maqsadni aniq belgilab olish, shunga
ko‘ra darsning mazmunini belgilab asosiy savollarni ajratib olish kerak bo‘ladi. Ayniqsa, boshlang‘ich
sinflardagi o‘qish, tabiat, odobnoma va boshqa fanlarning matnlari mazmunini gapirib berish bilan
chegaralanmaslik talab etiladi. O‘qituvchi har bir darsning mazmunini aniqlashda fanning o‘zi. Fanlararo
aloqalar hisobga olinishi darkor. O‘qituvchi darsning maqsadini aniqlagach unda qanday tasavvurlar va
tushunchalar o‘z aksini topishini, o‘quvchilar ushbu darsda qanday malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi
kerakligini belgilab olishi zarur. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki ta’lim-tarbiya jarayoniga
integratsiyalashgan texnologiyalarni qo‘llash avvalo pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va
demokratizatsiyalashni qo‘llashni talab etadi. Chunki o‘quv jarayonini insonparvarlashtirish va
demokratizatsiyalashni amalga oshirmay turib, qo‘llangan har qanday texnologiya kutilgan samara
bermaydi. O‘quv jarayonini insonparvarlashtirish va demokratizatsiyalash asosidagi integratsiyalashgan
texnologiya, o‘quv jarayonda hamkorlik qilish va e’zozlash orqali o‘quvchining taqsil olishi, ijod qilishi va
o‘z-o‘zini rivojlantirishiga qulay ijtimoiy va psixologik muhit yaratishga yordam beradi. Mazkur jarayonda
o‘quvchi o‘z o‘quv faoliyatining sub’ekti sanaladi va o‘qituvchi bilan hamkorlikda yagona ta’lim
jarayonini 2 ta sub’ekti o‘quv-tarbiyaviy vazifalarni hal etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |