ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2019 - yil, 6 - son
33
muammoning yechimi uchun siyosiy sharoit ham yetilib turgandi. Gap shundaki, shaharni unga yaqin
hududlardagi aholi hisobiga to‘ldirish mumkin edi, ammo bu ko‘pgina norozilikka sabab bo‘lishini yaxshi bilgan
amir boshqacha yo‘l tutdi ya’ni mustaqillikka intilgan bekliklardagi aholining ma’lum qismini isyon qilgani
uchun jazo tariqasida Samarqandga joylashtirdi. Bunga esa tabiiyki hech kim monelik qilolmas edi. Mazkur
tadbir nafaqat Samarqandning aholiga bo‘lgan ehtiyojni bartaraf etdi, balki mang‘itlarning hokimiyatini
mustahkamlash, mamlakatni markazlashtirish siyosatini osonroq kechishi va tinchlikni ta’minlashga xizmat
qildi. Bundan tashqari ushbu siyosatda Amir Shohmurodning imkon qadar qon to‘kmaslikka intilishini
ko‘rishimiz mumkin. Shunday qilib Shohmurod Samarqandda 24 ta yangi guzarni, hamda har bir guzar uchun
alohida masjidlarni barpo ettirgan. Amir Jizzax, O‘ratepa, Yom, Xavos, Urgut, Toshkent kabi hududlarini bo‘y
sundirgach, egallangan hududlarni itoatda saqlash, isyonlarni oldini olish, hamda shaharni to‘ldirish maqsadida u
yerdagi aholining ma’lum qismini Samarqandga ko‘chirtirgan edi. Aholining qaysi hududdan ko‘chirib
keltirilganligiga qarab guzarlar nomlangan, masalan Urgutiy, Toshkandiy, Yominiy, Xovasiy, Zominiy va
hokazo.
Ko‘chirma qilib keltirilgan aholiga “oq uyli, ola bayroqli” maqomi berilgan. Buning ma’nosi shundaki,
ko‘chirma qilingan aholi oqsoqolining uyi yoki guzarining markaziy binosi oqqa bo‘yalib, tomiga ola bayroq
qadab qo‘yilgan. Chunki, ko‘chirma qilinganlardan tashkil topgan mahalla aholisiga amirlik tomonidan bir qator
imtiyozlar berilgan ya’ni ma’lum muddat turli soliqlardan ozod qilingan, savdo rastalari, shahardan tashqari
hududdan dehqonchilik uchun yerlar ajratilgan. Oq uy ola bayroq esa amir soliqchilari va boshqa turli mutasaddi
amaldorlar uchun muayyan belgi vazifasini o‘tagan [4]. Bunda biz o‘sha davrning davlat tomonida o‘ziga xos
ijtimoiy himoya qilishini ko‘ramiz. Ko‘chirma qilingan aholining avvalgi turmush tarzi asosan dehqonchilik
bo‘lsada, asta–sekin hunarmandchilik, savdo–sotiq ishlari bilan ham faol shug‘ullana boshlashgan. Xususan,
Xavoslik mahallasida hunarmandchilikning temirchilik sohasi yaxshi rivojlangan, Toshkentlik mahallasi ahli esa
o‘z faoliyatlarini asosan savdo – sotiqqa yo‘naltirgan. Navqand qishlog‘idan ko‘chirma qilingan Xayrobod
mahallasi aholisi kavush – maxsi, mo‘kki (tosh tavon) singari poyafzal tikish, ko‘nchilik, tikuvchilik, mayda
savdogarchilik bilan shug‘ullangan [5]. Amir Haydar hukmronlik yillarida Samarqandda guzarlar soni
ko‘paygan va Qalandarxona, Xayrobod, So‘zangaron, Xo‘ja Ahror kabi dahalarga bo‘lingan. XIX asr o‘rtalariga
kelib shahar aholisining soni 30000 ga yetgan [6].
Do'stlaringiz bilan baham: