16.
Quyidagi tenglamalar yechimlari to‘plamini toping:
a)
4
5
4(
7);
x
x
+ =
−
b)
2
3
3;
;
x
x
R
+ =
∈
c)
2
4
0,
;
x
x
Z
− =
∈
17.
«Matematika» va «grammatika» so‘zlariga kiruvchi turli harflar to‘plamlari birlashmasi va
kesishmasini toping.
Quyida 3.19-3.22-misollarda berilgan
A
va
B
to‘plamlar uchun birlashma, kesishma va ayirma
to‘plamlar topilsin.
18.
2
{
| 2
3},
{ |
2
0}.
A
x
N
x
B
x x
x
= ∈
− < ≤
=
− − =
19.
{
}
sin
0,
[
; ] ,
A
x
N
x
x
π
π π
= ∈
=
∈ −
20.
{1;2; 4},
{2; 3}.
A
B
=
=
21.
2
{ |
7
6
0},
{1; 6}.
A
x x
x
B
=
−
+ =
=
22.
Agar
{
| 2
6},
{
|1
4}
A
x
N
x
B
x
N
x
=
∈
< ≤
=
∈
< <
va
2
{
|
4
0}
C
x
N x
=
∈
− =
bo‘lsa, 1)
;
B
C
∪
2)
;
A
B
C
∩ ∩
3)
;
A
B
C
∪ ∪
4)
(
)
(
)
A
B
B
C
∩
∪
∪
to‘plamlar topilsin.
23.
2
{
|1
4}, B { |
9
0}
A
x
N
x
x x
=
∈
< ≤
=
− =
bo‘lsa,
A
B
∪
to‘plamning
barcha qism to‘plamlari topilsin.
24.
Agar
{
| 0
3},
{
| 1
4}
A
x
N
x
B
x
N
z
=
∈
≤ <
=
∈
− < <
va
2
{
|
9
0}
C
x
N x
=
∈
− =
bo‘lsa: 1)
;
B
C
∪
2)
;
A
B
C
∩ ∩
3)
;
A
B
C
∪ ∪
4)
(
)
(
)
A
B
B
C
∩
∪
∪
to‘plamlar topilsin.
25.
A
to‘plam 2 ga bo‘linuvchi barcha natural sonlar to‘plami,
B
esa 3 ga bo‘linuvchi barcha
natural sonlar to‘plami bo‘lsa,
A
B
∩
to‘plam qanday bo‘ladi?
26.
Agar
\ (
),
(
\
)
(
\
)
X
A
B
C
Y
A B
A C
=
∩
=
∪
bo‘lsa, unda
X
va
Y
to‘plamlar qanday munosabatda bo‘ladi? Javob:
X
Y
⊂
.
[
]
.
2
;
0
,
0
2
cos
|
∈
=
∈
=
π
π
x
x
N
x
B
ILMIY AXBOROTNOMA
OʻQITISH METODIKASI
2019-yil, 6-son
92
,
A B
va
C
to‘plamlar uchun quyidagi munosabatlar bajarilishini ko‘rsating.
27.
(
)
(
)
(
).
A
B
C
A
B
A
C
∪
∩
=
∪
∩
∪
28.
\ (
)
(
\
) \
.
A
B
C
A B
C
∪
=
29.
(
) \
(
\
)
A
B
C
A B
C
∪
⊂
∪
.
30.
(
)
.
A
A
B
A
∩
∪
=
31.
\ (
\
)
.
A
A B
A
B
= ∩
32.
(
\
)
(
\
)
(
)
.
A B
B A
A
B
A
B
∪
∪
∩
= ∪
А
dabiyotlar
1. Abdalimov V. Oliy matematika. – Toshkent: O‘qituvchi, 1994.
2. Abdalimov V., Solixov Sh. Oliy matematika qisqa kursi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1983.
3. Abdalimov V. Oliy matematikadan misol va masalalar to‘plami. -Toshkent: Milliy ensiklopediya,
2003.
4. Begmatov A.
Х
., Yakubov M.Y. Iqtisodchilar uchun matematika /ma’ruzalar matni/. – Samarqand,
2003.
6.Bogomolov N.V. Oliy matematikadan amaliy mashg‘ulotlar. –Toshkent: O‘qituvchi, 1977.
6. Glagolev N.S. va boshqalar. Matematika, III qism. -Toshkent: O‘qituvchi, 1947.
7. Jo‘rayev T., Sa’dullayev A., Xudoyberganov T., Mansurov X., Vorisov A. Oliy matematika, 1-
qism. - Toshkent: O‘zbekiston, 1995.
8. Kachenovskiy M.I. va boshqalar. Algebra va analiz asoslari. 2-qism. –Toshkent: O‘qituvchi, 1982
9. Piskunov N.S. Differentsial va integral hisobi. I – II tomlar. -Toshkent: O‘qituvchi, 1974.
10. Soatov Yo.U. Oliy matematika: Oliy texnika o‘quv yurtlari uchun darslik. – Toshkent:
O‘qituvchi, 1992.
11. Soatov Yo.U. Oliy matematika. – Toshkent: O‘zbekiston, 1993.
UDK: 343. 2(575.1)
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI TARBIYALANUVCHILARIGA KASB-
HUNARLAR HAQIDA TUSHUNCHALAR BERISH
B.Doniyev
Samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazi
Annotasiya.
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarini kasb-
hunarga yo‘naltirish ishlari, kasb haqida axborotlarni yetkazish, qiziqish, qobiliyat va tug‘ma layoqatlarini
aniqlash va rivojlantirishga qaratilgan.
Tayanch iboralar:
kasb, qiziqish, qobiliyat, kasbiy tashxis, kasbiy maslahat, kasbiy o‘zlikni
anglash, kasbiy tanlov, kasbiy moslashuv.
Формирование представления о профессиях у воспитанников дошкольного образовательного
учреждения
Аннотация
.
В данной статье рассмотрены
вопросы профессиональной ориентации в
дошкольных образовательных учреждениях с учетом интересов и способностей детей
.
Ключевые слова:
профессия, интересы, умение, профессиональная диагностика,
профессиональное консультирование, профессиональная самооценка, профессиональный выбор,
профессиональная сплоченность
.
Giving the conceptions about professions to pupils of preschool educational institutions
Abstract.
This article examines the issues of professional orientation, providing with information
about professions, the elucidation and the development of interests, skills and inherent abilities of pupils of
preschool educational institutions.
Keywords:
profession, interests, skill, professional diagnostics, professional counsel, professional
self-esteem, professional choice, professional conform.
ILMIY AXBOROTNOMA
OʻQITISH METODIKASI
2019-yil, 6-son
93
O‘zbekiston Respublikasida uzoq yillar davomida yoshlarni mehnat va kasb-hunarga tayyorlash,
ularni unumli mehnat jarayoniga jalb etish, kasb-hunarlar o‘rgatish, xalq xo‘jaligining turli sohalarida
mehnat qilishga yo‘naltirish masalalariga e’tibor berib kelgan.
Markaziy Osiyo xalqlari VII-IX asrlarda islom diniga, uning aqidalariga rioya qilib keldilar.
Musulmonlarning eng oliy, muqaddas kitobi bo‘lgan “Qur’oni karim”ning oyat va suralari mu’tabar Alloh,
nomidan xalqni, uning ahli mo‘minini to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi. “Qur’oni karim”ning bevosita oyatlaridan
kelib chiqib, xalq orasida turli pand-nasihatlar, rivoyatlar, hikoyatlar ko‘rinishida Hadis yaratildi. Unda,
kishilarning turmush tarzi, ijtimoiy faoliyati va bir-birlariga bo‘lgan munosabatlarini tartibga solish
to‘g‘risida tarbiyaviy pandu-nasihatlar berilgan. Buyuk muhaddis, islom olamida yirik alloma sifatida
tanilgan Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy o‘zining “Al-jomiy as-sahih” (“Ishonarli
to‘plam”) asarida kasb-hunar o‘rgatish, mehnat qilish va uning afzalligi to‘g‘risidagi hadislarni to‘plab
sharhlagan. Masalan, 1-mazkur asarning 14-bobida “Kishining kasbi va o‘z qo‘li bilan mehnat qilishi
haqida”gi hadisda shunday deyiladi: “Mening o‘z kasbim borligini qavmimiz yaxshi bilur. Men garchi
musulmon ishlari bilan band bo‘lsam ham, shu kasbim orqali oilamni tebraturman”-deb yozadilar.
Shuningdek, ushbu asarda “To‘quvchi haqida”, “Temirchi haqida”, “Tikuvchi haqida”, “Savdo ishlari
haqida”, alohida e’tiborga molik boblar, hadislar keltirilgan. O‘rta asr mutafakkirlari dunyo qarashida
barkamol shaxs shakllanishiga qaratilgan pedagogik ta’sir qilish omillari majmuasida ikki tarbiyaviy
qismni ta’lim va tarbiyani ajratilishi, bunda tarbiyani ta’limga nisbatan ustuvorligi aksiomatik haqiqat
darajasiga ko‘tarilganligini ta’kidlash lozim.
Buyuk allomalarning kasbiy mehnat ta’limi va tarbiyasini yosh avlod ta’lim-tarbiyasining tarkibiy
qismi sifatida qaraganlar, uni aqliy, jismoiy va ma’naviy tarbiya bilan birga qo‘shib olib borish lozimligi
to‘g‘risida bildirgan fikrlari diqqatga sazovordir. Qomusiy olimlar ta’lim-tarbiyani amalga oshirishda
bolaning moyilligini, qobiliyatini hisobga olish zarurligining tub mohiyatini ko‘rsatib berganlar.
Buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiyning asarlarida insonlarni ilm-ma’rifatli bo‘lishiga, halol
mehnat qilishga, kasb-hunar egallashga hamda inson shaxsning ijobiy va bunyodkorlik kuchini va uning
kamolatini, qadr-qimmatini ulug‘lashga chorlaydi. Sharqning ulug‘ matematigi al-Xorazmiy, o‘zining
«O‘gitlar»ida «Mehnat bu bir sel, agar bu sel to‘xtab qolsa, u singib ketadi» deb fikr yuritadi.
Yoshlarni kasbga yo‘llash, o‘z qobiliyati, qiziqishi, layoqatiga mos kasb egasi bo‘lishga tayyorlash
muhim vazifalardan biri hisoblanib, tor sohadagi kasbdan asta-sekin keng qamrovli, unversal kasbga o‘tish
muammosi ilgari surilmoqda. Haqiqatdan ham, zamon talabiga muvofiq ravishda kasblarga bo‘lgan
ehtiyojning ortib borishi tabiiy. Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish davrida soliqchi,
moliyachi, bank xodimi kabi mutaxassislar juda kerak. Lekin jamiyatga boshqa hunar-kasb egalari ham
kerak-ku!
Kasb-hunarga yo‘naltirish jarayonida shaxs rivojlanishi dinamikasini qanchalik uzluksiz va to‘liq
qamrab olishi, natijalarni xolis va aniq tahlil qilish orqali yetarlicha samaradorlikka erishish mumkin. Kasb-
hunarga yo‘naltirish obyekti bo‘lgan shaxs qanchalik erta bu jarayonga jalb etilsa, ilk yoshdan boshlab
psixologik-pedagogik kuzatuv ostiga olinsa samaradorlik shunchalik yuqori bo‘ladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning doimiy kuzatuvini tashkil etish
maqsadida “psixologik-pedagogik kuzatuv daftari” ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. Unga
tarbiyalanuvchi, uning oilasi, oiladagi shart-sharoitlar, oiladagilarning ma’lumotlari, bolalar soni,
nechanchi farzandligi, ota-onasining kasbi to‘g‘risidagi, dastlabki ma’lumotlar kiritiladi.
O‘rganish va tahlillar natijalari asosida psixologik korreksiya talab etiladigan sifatlar, umumiy
xulosalar, ota-onalarga, tarbiyachilarga tavsiya berib borish mumkin. 6-7 yosh paytida bolaning
rivojlanishiga qarab, uni 6 yoshdan maktabga tayyorlik darajasi bo‘yicha pedagogik-psixologik tashxis
xulosalari beriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan ta’limiy mashg‘ulotlarni quyidagi guruhlarga
bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq:
-
maxsus ssenariy asosida tashkil etiluvchi mashg‘ulotlar;
-
o‘zaro musobaqalashuvga asoslangan mashg‘ulotlar;
-
testlar asosida tashkil etiluvchi mashg‘ulotlar;
-
noan’anaviy ta’limiy mashg‘ulotlar turlari;
-
teatrlashtirilgan mashg‘ulotlar;
-
maxsus sahnalashtirish asosida tashkil etiluvchi mashg‘ulotlar;
-
qo‘g‘irchoqlar yordamida uyushtiriladigan mashg‘ulotlar;
-
musiqali dramatik mashg‘ulotlar;
-
zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida tashkil etiluvchi mashg‘ulotlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |