UDK 543.251:541.25:541.13:541.8
KADMIY VA INDIYNI ANIQLASHDA ELEKTROKIMYOVIY SENSORLARNI ISHLAB
CHIQISH VA QO‘LLASH
Smanova Z.A., Raximov S.B., Ziyaev D.A.
2ұ]EHNLVWRQ0LOOL\XQLYHUVLWHWL
Annotatsiya. Organik reagentlar bilan modifikatsiyalangan elektrokimyoviy
sensorlar yordamida
In va Cd ionlarini inversion voltamperometrik aniqlash usuli ishlab chiqilgan, hamda bufer aralashmalar va
fon elektrolitlarning optimal tarkibi va potensialning ta’siri, sensorlarda depolyarizatorning to‘planish
vaqti, aniqlanayotgan eritmaning temperaturasi va tok diapazonini foydali analitik signal kattaligiga ta’siri
ko‘rsatilgan. Tadqiq qilingan metallarni real tabiiy ob’ektlarda va sanoat materiallarida selektiv inversion
voltamperometrik aniqlash natijalariga begona kationlar, kompleks hosil qiluvchi birikmalar va
anionlarning ta’siri o’rganilgan.
Kalit so‘zlar: inversion voltamperometriya, elektrokimyoviy sensor, indiy, kadmiy, to‘g‘rilik,
tezkorlik, selektivlik, qayta-tiklanuvchanlik.