2021
ЎТМИШГА НАЗАР ЖУРНАЛИ ЖУРНАЛ ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ
JOURNAL OF LOOK TO THE PAST
3 сон | 4 жилд
tog‘ yon bag‘rida Isfara, Yangiqo‘rg‘on, Chortoq qal’alari qurilgan. Ammo amir Nasrullo
tomonidan 1842-yil Qo‘qonning zabt etilishi bu xonlikning harbiy yuksalishga barham beradi.
Amir Nasrullo mag‘lub tomonning harbiy qudratiga putur yetkazib, qo‘lga kiritilgan qurol-aslaha
va boshqalarni amirlik hududiga jo‘natadi. Buni “Ansob us-salotin va tavorix ul-xavoqin” asarini
muallifi Mirzaolim Mushrif ham tasdiqlab, shunday yozadi: “Bahodirxon (amir Nasrullo) tamomi
to‘p, to‘pxona, asbob va yarog‘ xazinani olib, Buxoroga murojaat qildi”[23].
1842-yil Qo‘qon Buxoro qaramligidan ozod bo‘lgach taxtga Sheralixon (1842-1845) chiqadi.
U kuchsizlangan xonlik harbiy salohiyatini tiklashga harakat qilib, shu maqsadda yordamchi
harbiy bo‘linmalar sonini ko‘paytirish choralarini ko‘radi. Uning davrida yordamchi harbiy
bo‘linmalarning yangi turi “qilquyruq”lar tashkil etiladi. Bu xususida tarixchi Ishoqxon
Junaydulloxoja o‘g‘li Ibrat shunday yozadi: …Farg‘ona ahli amir Nasrulloning noibi Muhammad
Sharif otaliqga qarshi Toshkand ustig‘a yurganida Sheralixon qilquyruq degan bir qoida joriy
qilgan ekan, yani, ot mingan kishidan qolmay urushga borur ekan, qil quyruq ul vaqtda chiqqan
ekan” [24].
XIX asr o‘rtalarida Sheralixonning o‘g‘li Xudoyorxon (1845-1875) davlatda qo‘shinni
mustahkamlash maqsadida qo‘shin sonini ko‘paqytirishga harakat qilgan. Shuningdek, yangi
to‘plar tayyorlatib zamonaviy to‘pchilar qo‘shini tuzishga harakat qilgan. U Istanbuldan miltiqlar
keltirgan. Bu to‘g‘risida “Xudoyorxon sallotlari sonini juda ko‘paytiradi va yaxshi to‘plarni
mavjud qilib, yaxshi miltiqlarni Islambul (Istambul) dan oldirib keldi” – deb yoziladi “Tarixi
Aziziy” asarida [25]. Xudoyorxon tomonidan xonlikga taklif etilgan ingliz, afg‘on, turk zobitlari
Qo‘qon askarlari bilan harbiy mashqlar o‘tkazganlar.
Qo‘qon xonligining harbiy qudratini mustahkamlash borasida Sulton Saidxon (1863-1865)
davrida amirlashkar lavozimida faoliyat yuritgan Aliqulining harakatlari ham diqqatga sazovor
bo‘lgan. U xonlik harbiy qudratini rivojlantirish maqsadida musulmon davlatlari bilan hamkorlik
qilish va qo‘shinni Yevropa andozalaridagi qurollar bilan ta’minlashga harakat qilgan. Uning
bunday harakatlarini rus zobitlari quyidagicha qayd etganlar: “…Qobul amiri huzuriga Qo‘qondan
yordam so‘rab elchilar borgan… Mulla Aliquli musulmon davlatlari o‘rtasida Qo‘qon foydasi
uchun va bizga qarshi ittifoqni yuzaga keltirishga harakat qilmoqda. U Toshkentga 5000 ta
vintovka olib kelishga harakat qilib, qurol yetkazib berish masalasida Qobul va Peshovar bilan
bitim tuzgan” [26].
XIX asrning 50-60 yillari Qoqon xonligi uchun og‘ir damlar bo‘lgan. Mamlakatda ichki nizo,
taxt uchun kurashlar avj olgan va yana Rossiya imperiyasining istilo xavfi nihoyatda ortgan va
xonlik o‘zining shimoliy va shimoliy-g‘arbiy tomondagi yerlarini katta qimini yo‘qotadi. Bu davrda
xonlikning harbiy qudrati zaiflashgan. Bunga turli etnik guruhlarning markaziy hokimyat atrofida
jipslashmasligi, harbiy harakatlar davrida yagona qo‘mondonlik ostida birlashmaslik, o‘zaro
urushlar davrida xonlikning tajribali sarkardalarining halok bo‘lishi (Qanoatshox otaliq, Azimboy
qushbegi, Tangriqul shig‘ovul, Muhammad Karim Yasovul, Yornazar dodxox, amirlashkar Aliquli
va boshqalar), o‘zaro urushlar davrida nomuntazam qo‘shinlar bo‘lgan yordamchi bo‘linmalarning
(qilquyruq, qoraqozon. qoracherik) son jihatdan muntazam qo‘shindan ko‘payib ketishi tufayli
armiyada intizom bo‘shashib, qurol-aslaha yetishmasligi kabi omillar sabab bo‘lgan.
Qo‘qon xonligida muntazam armiya salmog‘i turli davrda turlicha bo‘lgan. Olimxon va Umarxon
hukmronlik yillarida 40 000 ga yaqin qo‘shin to‘play olganlar. Muntazam qo‘shin xonlikda asosan
qal’alar, harbiy istehkom va yirik shaharlarda turgan. 1813-1814 yillarda Qo‘qon xonligi hududida
bo‘lib qaytgan Rossiya vakili Filipp Nazarov Marg‘ilondagi Yormazor garnizonida 20 000 askar,
Andijon garnizonida 10 000 askar, Namangan garnizonida 1500 askardan bo‘lganligini yozib
qoldiradi. Yana bir Rossiya vakili A.P.Xoroshin bergan ma’lumotlarga ko‘ra, XIX asr 30-40
yillarida Qo‘qon qo‘shinining umumiy soni 30 000 kishidan iborat bo‘lgan va ular katta-kichik
40 ta to‘p bilan qurollanganlar[27]. Xonlikda yuz bergan siyosiy beqarorlik va doimiy o‘zaro
urushlar natijasida XIX asr 60-yillariga kelib muntazam qo‘shin soni xonlikda keskin kamayadi.
1860-yilga oid arxiv ma’lumotlarida muntazam qo‘shin soni quyidagicha keltiriladi: Qo‘qonda –
6000, Toshkentda – 2000, Pishpekda – 800, Avliyootada – 600, Turkistonda – 600, Chimkentda –
250, Isfarada – 200, Chinozda – 100, Suzoqda – 60 ta askar xizmat qilgan [28]. Shunga asoslanib,
Qo‘qon xonligida muntazam qo‘shin soni 1860-yili taxminan 150 000 askardan iborat bo‘lgan deb
hisoblash mumkin.
Qo‘qon hukmdorlari davlat chegarasini mustahkamlash va ularni mudofaa qilish maqsadida
ko‘plab qal’alar bunyod ettirgan. Ularni ahamiyati va katta kichikligiga qarab 3 guruhga bo‘lish
44
Do'stlaringiz bilan baham: |