Noto‘g‘ri javoblar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
► temperaturaning ortib ketishi;
► CO2 miqdorining ortib ketishi;
► grafikda temperaturaning sezilarli darajada ortishini ko‘rish mumkin;
► Yerda temperatura ko‘tarilishining asosiy sababi karbonat angidrid sanaladi. Shuningdek, javobda karbonat angidrid gazi miqdorining ortishi bilan atmosfera temperaturasining ko‘tarilishi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniq ifodalanmagan bo‘lsa, javob qabul qilinmaydi.
► Yer temperaturasi ko‘tarilishining asosiy sababi karbonat angidrid gazi sanaladi. Boshqa noto‘g‘ri javoblar yoki javob yo‘q bo‘lsa, javob qabul qilinmaydi.
2-savol - Valida ismli o‘quvchi Anvarning xulosasini ma’ qullamadi.
U ikkita grafikni o‘zaro taqqoslab, grafiklarning ba’zi qismlari Anvarning xulosasini tasdiqlamasligini aytdi. - Grafiklarning qaysi qismlari Anvarning xulosasini tasdiqlamaydi?
- Misol keltiring va javobingizni izohlang. __________________________________________ ______________________________________________
To‘g‘ri javoblar quyidagicha bo‘lishi mumkin: - ► 1900-yildan 1910-yilgacha CO2 miqdori taxminan ortib borgan, bu vaqtda temperatura pasayib borgan;
- ► 1980-yildan 1983-yilgacha karbonat angidrid gazining miqdori kamayib borgan, temperatura esa ko‘tarilgan;
- ► 1980-yillarda temperatura deyarli o‘zgarmagan, birinchi grafikdagi ko‘rsatkichlar esa ortgan;
- ► 1950- va 1980-yillar oralig‘ida temperatura ko‘tarilmagan, havoga chiqarilgan CO2 miqdori esa ortib borgan;
- ► 1940-yildan 1975-yilgacha temperatura deyarli o‘zgarmagan, havoga chiqarilgan CO2 ning miqdori esa keskin ortgan;
- ► 1940-yilda temperatura 1920-yildagiga nisbatan ancha yuqori, ammo havoga chiqarilgan karbonat angidrid gazining miqdori esa bir xil bo‘lgan.
- Agar javobda yillar to‘g‘ri keltirilsa-yu, ammo izoh berilmagan bo‘lsa, javob qisman qabul qilinadi. Bunday javoblar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
- ► 1930-1933;
- ► 1910-yilgacha.
- Birgina yil yozilib (vaqt oralig‘i emas), to‘g‘ri izoh berilgan bo‘lsa, javob qisman qabul qilinadi (1 ball).
- Bunday javob quyidagicha bo‘lishi mumkin:
- ► 1980-yilda havoga chiqarilgan chiqindilar miqdori kamaygan, temperatura esa orta boshlagan.
- Anvarning xulosasini tasdiqlamaydigan javob berilgan, vaqt oralig‘i noto‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lsa, javob qisman qabul qilinadi. Bunday javob quyidagicha bo‘lishi mumkin:
- ► 1950-yildan 1960-yilgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida temperatura pasayib borgan, havoga chiqarilgan karbonat angidrid miqdori ortgan. Ikkita egri chiziq o‘rtasidagi farqli jihatlar ko‘rsatilgan, ammo vaqt oralig‘i tilga olinmagan bo‘lsa, javob qisman qabul qilinadi. Bunday javoblar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
- ► havoga chiqarilgan CO2 ning miqdori kamayib borgan bir vaqtda temperatura ko‘tarilgan;
- ► avvallari chiqindilar kam chiqarilsa-da, ajralib chiqsa-da, temperatura yuqori bo‘lgan;
- ► boshlanishida temperatura ancha yuqori bo‘lsa-da, havoga chiqarilayotgan karbonat angidrid gazining miqdori nihoyatda kam bo‘lgan. Grafiklardagi farqlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, ammo izohlar yetarli bo‘lmasa, javob qisman qabul qilinadi. Javobda grafikning notekis ekanligi qayd etilgan, ammo aniq fikr bo‘lmasa, javob qabul qilinmaydi. Bunday javoblar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
- ► u biroz yuqoriga va pastga ketadi
- ► u 1930-yilda biroz pasaygan. Noaniq vaqt oralig‘i yoki hech qanday izohlarsiz biror yil ko‘rsatilgan bo‘lsa yoki javob yo‘q bo‘lsa, javob qabul qilinmaydi. Bunday javoblar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
- ► o‘rtalarida;
- ► 1910.
Do'stlaringiz bilan baham: |