Issiqlik nurlanishining qonunlari. Stefan-bolsman qonuni. Vin qonuni. Reley-jins formulasi. Vin formulasi. Plank formulasi. Kvant o‘tishlar. Spontan va majburiy o‘tishlar. Reja



Download 9,91 Kb.
bet1/4
Sana12.04.2022
Hajmi9,91 Kb.
#545269
  1   2   3   4
Bog'liq
Issiqlik nurlanishining qonunlari. Stefan-bolsman qonuni. Vin qo-hozir.org
1571683948, 7 RED-OX потенциаллар, 1. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini tashkil etuvchilari, Yaxshiyam sen borsan, 9, Internet tarixi, Kurs ishi Sobirov.H, 1 maruza 7a129f6eb8b04bc44718a9ad5d33b31b, [004364], Flight schedule Navoi, Qizlar o\'rtasida, Mustaqil ishim, Mavzu Elektron biznesda narx siyosati, narxni shakllantirish re, МТ масалалалр тўплами, Мавзу -3. эконом 3-4 reja.

Issiqlik nurlanishining qonunlari. Stefan-bolsman qonuni. Vin qonuni. Reley-jins formulasi. Vin formulasi. Plank formulasi. Kvant o‘tishlar. Spontan va majburiy o‘tishlar

ISSIQLIK NURLANISHINING QONUNLARI. STEFAN-BOLSMAN QONUNI. VIN QONUNI. RELEY-JINS FORMULASI. VIN FORMULASI. PLANK FORMULASI. KVANT O‘TISHLAR. SPONTAN VA MAJBURIY O‘TISHLAR.

Reja:
1. Issiqlik nurlanishining qonunlari.
1.1. Stefan-Bolsman qonuni.
1.2. Vin qonuni.
1.3. Reley-Jins formulasi.
1.4. Vin formulasi.
2. Plank formulasi.
3. Kvant o‘tishlar.
3.1. Spontan va majburiy o‘tishlar.

Stefan-Bolsman qonuni. Absolyut qora jismning to‘la nur chiqarish qobiliyatining temperaturaga bog‘liqligi Stefan-Bolsman qonuni bilan ifodalanadi. Qonun quyidagicha ta’riflanadi: absolyut qora jismning to‘la nur chiqarish qobiliyati uning absolyut temperaturasining to‘rtinchi darajasiga proporsional:
(1.8)

(1.8) formulada σ – Stefan-Bolsman doimiyligi bo‘lib, uning tajribada aniqlangan son qiymati quyidagicha:



σ=5,6710–8 Vtm–2 K–4,
yoki

σ=5,6710–8 Jm–2 s–1K–4,
bu yerda σ – nurlanayotgan jismning xossalariga bog‘liq emas. σ – berilgan temperaturada nurlanayotgan jismning 1 m2 sirtidan bir sekundda chiqarilgan issiqlik miqdorini bildiradi. Stefan-Bolsman qonuni 1879-yilda avstriyalik fizik Stefan tomonidan tajribada aniqlangan, 1884-yil Bolsman tomonidan nazariy asoslangan.
Absolyut qora jismning to‘la nur chiqarish qobiliyati­ning to‘lqin uzunlikka bog‘liq­ligi turli temperaturalar (T1<T2<T3) uchun rasmda keltirilgan. Rasmdagi egri chiziqlar turli temperaturalar­da tajribada aniqlangan bo‘lib, ulardan quyidagi xulosalar chiqadi:
1. Absolyut qora jism issiqlik nurlanishining spektri uzluksizdir.
2. Temperatura ortishi bilan absolyut qora jismning to‘la nur chiqarish qobiliyati ortadi, nur chiqarish qobiliyatining maksimumiga to‘g‘ri keladigan to‘lqin uzunligi qisqa to‘lqinlar tomonga (chap tomonga) siljiydi.
3. Grafikdagi egri chiziqlar turli temperaturalarda absolyut qora jism nurlanish energiyasining to‘lqin uzunliklar bo‘yicha taqsim­lanishini ifodalaydi. Egri chiziqlarda maksimum mavjud bo‘lib, bu maksimum nur chiqarish qobiliyatining maksimumiga to‘g‘ri keladi.
4. Har bir temperaturada taqsimlanish egri chizig‘i va absissa o‘qi orasidagi yuza, shu temperaturada absolyut qora jismning nur chiqarish qobiliyatini bildiradi.

Vin qonuni. Muvozanatli issiqlik nurlanishi energiyasining to‘lqin uzunliklar bo‘yicha taqsimlanishini nemis fizigi V.Vin 1893-yilda nazariy jihatdan o‘rgandi. Vin o‘z izlanishlari natijalari asosida quyidagi xulosaga keldi: absolyut qora jism issiqlik nurlanishi energiyasining to‘lqin uzunliklar bo‘yicha taqsimlanishi zichligida maksimum mavjud bo‘lib, bu maksimum λmax to‘lqin uzunligiga to‘g‘ri keladi va quyidagi munosabat orqali aniqlanadi:
(1.9)

bu formulada λmax – absolyut qora jism nurlanishi energiyasining maksimumidagi to‘lqin uzunligidir, T – absolyut qora jismning absolyut temperaturasi, b – o‘zgarmas kattalik bo‘lib, Vin doimiyligi deyiladi, b ning tajribalar asosida aniqlangan qiymati b=2,910–3 mK.




Download 9,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
pedagogika instituti
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
tashkil etish
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
toshkent davlat
vazirligi muhammad
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
saqlash vazirligi
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
fanidan tayyorlagan
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
respublikasi sog'liqni
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
coronavirus covid
risida sertifikat
qarshi emlanganlik
vaccination certificate
covid vaccination
sertifikat ministry
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
moliya instituti
ishlab chiqarish
fanining predmeti