Optik pirometriya metodlari amaliy masalalarning ko‘pini hal qila oladi. O‘z xususiyatlari jihatidan absolyut qora jismga o‘xshash obektlar amalda ko‘p uchraydi.Bunday obektlarga laboratoriya yoki zavod pechlari misol bo‘la oladi.Agar pechlarda kichkina teshik ochib temperaturalar o‘lchansa, unda pech absolyut qora jismga yaqinlashib qoladi. Absolyut qora bo‘lmagan, sharoitda nur sochuvchi jismlarning temperaturalarini optik metod bilan o‘lchanganda ularning xususiyatlarini hisobga olish lozim bo‘ladi. Bu xususiyatlar ma’lum bo‘lgan taqdirda, optik pirometriya o‘zining soddaligi tufayli g‘oyat qulaydir. Temperaturani o‘lchash nurlanish qonunlarining qaysi biriga asoslanib o‘tkazilishiga qarab, optik pirometriya metodlari o‘zlariga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bu usullarni ayrimlarini qarab chiqaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |