Bug‘ qozonlari.
Issiqlik energiyasiga sanoat, maishiy xizmat, idoralari va aholi yashaydigan turar joylarda talab ortgan sayin bug‘ va issiq suv tayyorlaydigan qozonlar tuzilishi va ularda tayyorlanadigan bug‘ parametrlari о‘zgarib boradi. Eng avval, bug‘ qozonining tuzilishi sodda, ishonchli va xavfsiz ishlashi, uni tayyorlashga metall kam sarflanishi va FIK yuqori bо‘lishiga e’tibor beriladi. Yangi turdagi bug‘ qozonlari loyihalandi, sо‘ngra qurildi va sinab kо‘rildi.
Tayyorlanadigan bug‘ bosimi atmosfera bosimidan yuqori bо‘lgan hamma turdagi qozonlarda yoqilg‘ining yonishida ajralib chiqqan issiqlik miqdoridan samarali foydalanish masalasi asosiy masaladir. Tuzilishi jihatidan ular bir- biridan farqlansada, ularning vazifasi bitta – bug‘ tayyorlashdan iborat. Masalan, oddiy silindrsimon bug‘ qozoni ikki yо‘nalishda takomillashtirilgan, a) gaz trubali , ya’ni bug‘lanadigan suv ichidan kata diametrdagi 2 – 3 ta о‘t quvurlari о‘tib, uning oxiri kichik diametrli tutun quvurlariga ajraladi, b) suv trubali, ya’ni katta diametrdagi suv quvurlarining tashqi sirtlarini alanga – tutun gazlari yalab - yuvib о‘tadi. Bu loyiha takomillashtirilib, katta diametrli suv quvurlari
(3 – 9 ta) о‘ringa tо‘plam – tо‘plam qilib joylashtirilgan kichik diametrli gorizontal, qiya (12 gacha burchauk ostida) va vertikal suv quvurli qozonlar yaratildi.
Bu suv quvurlarining pastki uchi kollektorga, yuqori uchi barabanga birlashtirilishi natijasida bug‘ yig‘uvchi barabanlar soni 1 yoki 2 tadan oshmaydigan qozonlar darajasigacha takomilashtirildi.Bug‘ qozonlarning eng avvalgilarining FIK 30 %, bug‘ bosimi 1 MPa atrofida bо‘lsa, zamonaviy bug‘ qozonlarining FIK 93 – 95 %, ishlab chiqariladigan bug‘ miqdori 4000 t/soat, ish bug‘ bosimi 25,5 MPaga yetadi.
Energetika sohasida qо‘llaniladigan bug‘ qozonlarida tayyorlanidigan suv bug‘i yuqori kо‘rsatkichlarga ega bо‘lib, katta ( 1200 MVt gacha) quvvatdagi bug‘ turbinalarini bug‘ bilan ta’minlaydi. Bunda о‘ta qizdirilgan bug‘ bosimi 25,5 MPa, temperaturasi 750 – 850 K gacha yetadi. Ishlab chiqarish texnologik bug‘ qozonlari past bosimli (0,3 – 0,7 MPa, ayrim holatlardagina 1,3 MPa gacha) bug‘ tayyorlanadi, isitish tarmoqlarida qо‘llaniladigan bug‘ qozonlari 0,13 MPa dan 0,3 MPa gacha bо‘lgan bosimdagi bug‘ni iste’molchiga yetkazib beradi.
Qozonlarga suv tayyorlab berishdan asosiy maqsad qozonga uzatiladigan suv qayta ishlash yо‘li bilan uning fizik xossalarini yaxshilash, qozon agregatining ish unumini va samaradorligini oshirishni ta’minlashdan iborat. Suv gazlari, mineral tuzlar, organik moddalar, qattiq (qum) zarralardan tarkib topgan. Bu moddalarning suvda bо‘lishi qozon devorlarin tez zanglatadi, ularda qattiq chо‘kma – quyqa (qasmoq) qoladi. Natijada qozonning ish unumi pasayib ketadi va tezda chiqadi. Suvning qattiqligini pasaytirish (yumshatish) uchun qozonlarga suvni uzatishdan oldin, unga soda, natriy fosfat, ayrim hollarda boshqa tuzlar qо‘shiladi. Shunda kalsiy va magniy qо‘shilgan moddalar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib, tuzlarni hosil qilib qozon tubiga chо‘kadi va suv yumshaydi. Suvni yumshatishning ionit usuli qо‘llanilganda, unga suvda erimaydigan tabiiy va sun’iy materiallar qо‘shiladi. Suvni termik usul bilan ham yumshatish mumkin. Bu usulda suv bug‘idan distillangan suv olinadi. Qattiq mexanik aralashmalardan suvni tozalashda tindirish, filtrlash usullaridan keng foydalaniladi. Bug‘ qozonlar о‘txonali va о‘txonasiz bо‘lishi mumkin, о‘txonali bug‘ qozonlarda hamma asbob – uskunalar issiqlik manbai bо‘lgan о‘txonada va uning atrofiga joylashtiriladi.
О‘txonasiz bug‘ qozonlari turiga qozon utilizatorni kiritish mumkin. О‘txonali bug‘ qozonining bug‘ hosil qiluvchi elementi, asosan bug‘ ekrani hisoblanadi. Bug‘ tayyorlovchi ekran bilan issiqlik almashinuvi, xususan о‘txonada, radiatsiya issiqlik almashinuvi infraqizil nurlanish hisobiga ustuvor bо‘ladi. Ekranning sirti silliq bо‘lganda tutun gazlari tabiiy konveksiyasining bir tekis о‘tishi ta’minlanadi. Ekran trubalarining ichki diametri 50 – 60 mm, ular oralig‘i 4 – 6 mm qilib tanlanadi. Bug‘ ekran trubalari kollektor va barabanlarga ulanadi.
Bug‘ qozonlarining bir qismi bug‘ni о‘taqizdirgichlar bо‘lib, ular qozonda hosil qilingan bug‘ temperaturasini, bosimini yana kо‘tarishga mо‘ljallanadi. Qozon agregatida bug‘ hosil qilish uchun sarflangan jami issiqlik miqdorining taqriban 60% bug‘ni о‘taqizdirgichga tо‘g‘ri keladi. Shuning uchun bug‘ni о‘taqizdirgich trubalari mustahkamligi yuqori bо‘lgan qotishmalardan tayyorlanadi.Issiqlik almashinish zonasida joylashgan bug‘ni о‘taqizdirgich trubalarining о‘rnatilishiga qarab, ular konvektiv, nur yordamida va qisman nur yordamida issiqlik almashinish usullari bilan issiqlik energiyasini qabul qiladi. Nur yordamida issiqlik almashinish usuli bilan о‘taqizdirilgan bug‘ tayyorlashda diametri 22 – 54 mm li metall trubalar о‘txonada joylashtiriladi va yoqilg‘i alangasining bevosita ta’siri hisobiga ularda о‘ta qizdirilgan bug‘ hosil bо‘ladi. Konvektiv usulda о‘ta qizdirilgan bug‘ tayyorlashda trubalar taram – taram yoki ilonizisimon qilib joylashtiriladi. Ilonizisimon trubalarda bug‘, tutun harakatiga nisbatan tо‘g‘ri, qarama – qarshi, aralash oqimda harakatlanishi mumkin. Tayyorlanadigan bug‘ parametrlari va uning sarfi bir tekis saqlanadi, bu bilan iste’molchi talabi bajariladi. Bug‘ tayyorlash qozonlariga uzatiladigan suv, albatta avval suv yumshatkich va suv ekonomayzeridan о‘tkaziladi, qozonga havo esa havo isitkich orqali uzatiladi.
Ekonomayzerlar. Ularda ta’minlash suvi о‘txonadan chiqayotgan tutun gazlarihisobiga isiydi.О‘rta va yuqori bosimli qozonlarda pо‘lat ekonomayzerlar ishlatiladi. Ular diametri 28 – 42 mm li trubalardan gorizontal ilonizisimon tarzida yasaladi. Past bosimli qozonlarda chо‘yan ekonomayzerlar ishlatiladi Ular alohida – alohida qovurg‘asimon trubalardan yasaladi. Ta’minlash suvi patrubka orqali ekonomayzerga beriladi, uning trubalari qizigan tutun gazlar bilan yuvilib turadi. Isigansuv patrubka orqali qozonning bug‘lantirish qismiga о‘tadi. Ekonomayzerlar qaynaydigan va qaynamaydigan bо‘ladi. Qaynamaydigan ekonomayzerlarda suv qozonda qaynash temperaturasidan 30 – 50 past temperaturagacha isiydi, qaynaydiganlarida esa suvning bir qismi (20%ga yaqini) bug‘ga aylanadi. CHо‘yan ekonomayzerlar doimo qaynamaydigan qilib yasaladi, pо‘lat ekonomayzerlarning qaynaydigan xili ham, qaynamaydigan xili ham bо‘ladi. Ekonomayzerlarning trubalarini kuldan tozalash uchun ularga vaqt- vaqti bilan bug‘ puflanadi.
Havo isitgichlar yoqilg‘ini yoqish uchun о‘txonaga beriladigan havoni isitishga mо‘ljallangan, havo tutun gazlari issiqligi hisobiga isitiladi, havo isitkichlar regenerativ va rekuperativ bо‘ladi.Ular pо‘lat va chо‘yandan isish sirti trubali yoki plastinkali qilib ishlanadi. Diametri 25 – 50 mm li pо‘lat trubalardan tayyorlangan trubali rekuperativ havo isitgiklar eng kо‘p tarqalgan havo isitgichlardir.
Tortish – puflash qurilmalari. О‘txonaga, chang tayyorlash sistemasiga va qozon agregatining boshqa uchastkalariga havo va gaz berish uchun ishlatiladigan ventilyatorlarnin barcha turlari puflash qurilmalari jumlasiga kiradi. Qozonagregatlarining rostlash zadvijkalari bor gaz yо‘llari, tabiiy ravishda tortiladigan tutun trubasi va sun’iy ravishda tortadigan tutun tortgichlar tortish qurilmalari hisoblanadi. Tabiiy tortish trubadagi qizigan tutun gazlarining zichligi sovuq atmosfera havosining zichligidan farq qilishiga asoslangan.
Qozon agregatining karkas va qoplami. Qozon agregatining pо‘lat kolonnalar va tо‘sinlardan iborat metall konstruksiyasi karkasi deyiladi. Karkas detallari bir – biriga boltlar bilan yoki payvandlab biriktirilgan.Karkas qozon agregatining baraban, kollektor, trubalar tо‘plami va boshqa elementlarini, shuningdek, qoplamasi, zinapoya va maydonchalarni kо‘tarib turadi. Metall kolonnalar karkasning gorizontal tо‘sinlari barcha qozon agregati, suv va qoplamning og‘irligini kо‘tarib turadi. О‘txona kamerasi bilan qozon agregati gaz yо‘llarining tashqi va ichki devorlariqoplam deyiladi. Qozon agregatining garnitura va armaturasi. Qozon agregatiga xizmat kо‘rsatish vauning ishlashini kuzatish, uchun zarur bо‘ladigan qurilma va detallar komplekti qozon agregatining garniturasi deyiladi. Garnituragalyuklar, yо‘llar flanetsli patrubkalar, qarash oynalari, klapanlar, puflash moslamalari, о‘txona detallari kiradi. Texnikada mayda, odatda, standart detal va asboblar komplekti armatura deyiladi. Kulning qolgan qismi shlaka aylanadi va о‘txona tagida joylashgan bunkerlarga tushadi. Kul va shlak qozonxonadan muntazam ravishda chiqarib turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |