Issiqlik kinetik nazariyasi. Ideal gazning ichki energiyasi. Issiqlik miqdori. Termodinamikaning I qonuni


Jismning  erkinlik  darajasi  deb



Download 413,43 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana13.01.2022
Hajmi413,43 Kb.
#357313
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-maruza

Jismning  erkinlik  darajasi  deb,

  uni  fazodagi  holatini  belgilovchi,  bir-biriga  bog‘liq 

bo‘lmagan koordinatalar soniga aytiladi.  

Masalan, jism fazoda erkin siljiyotgan bo‘lsa, uning bu siljishi bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan 

oltita tashkil etuvchidan, ya’ni uchta ilgarilanma (fazodagi Dekart koordinata sistemesining X,Y,Z 

o‘qiga nisbatan) va uchta burchakli (jismni massa markazidan o‘tuvchi o‘zaro tik uch o‘q atrofida) 

tashkil etuvchidan iborat deb qarash mumkin (9.1-rasm). 

Agar  jismning  harakat  erkinligi  chegaralansa  erkinlik  darajasi  ham  6  tadan  kam  bo‘ladi. 

Masalan, erda dumalab ketayotgan to‘pni olsak, uning erkinlik darajasi ikkita ilgarilanma va uchta 

o‘q  atrofida  aylanishini  ifodalovchi  3  ta  erkinlik  darajasidan  iborat  bo‘ladi.  Yoki  temir  yo‘l 

vagonini olsak, u faqat bitta yo‘nalishda ilgarilanma harakat qilgani uchun erkinlik darajasi birga 

teng. Agar vagon g‘ildiragini olsak, u bitta ilgarilanma 

va  bitta  aylanma  (gorizontal  o‘q  atrofida)  harakatga 

mos  keluvchi  ikkita  erkinlik  darajasiga  ega.  Gaz 

atomlarining erkinlik daraja sonini ko‘rib o‘taylik. Bir 

 

9.1-rasm 



 

X



Z



Y






atomli gaz molekulalarining (Masalan; Ne) erkinlik darajasi uchga teng, chunki atomning fazodagi 

vaziyati x, y, z koordinatalar bilan to‘liq aniqlanadi. Atom aylangani bilan uning fazodagi o‘rni 

o‘zgarmaydi. Shuning uchun aylanma harakatini belgilovchi uchta erkinlik darajasi nolga teng.  

 

Ikki atomli gaz molekulasini erkinlik darajasi beshga teng. Molekulalar orasidagi masofani 



o‘zgarmas  deb  hisoblasak,  molekulaning  ilgarilanma  harakati  molekula  massa  markazining 

vaziyatini aniqlovchi  x, y, z koordinatalarning o‘zgarishlari bilan bog‘liq bo‘lgan uchta erkinlik 

darajasiga ega. Ikki atomli molekula aylanma harakat qilishi ham mumkin. Uni aylanma harakatini 

aniqlash uchun qo‘zg‘aluvchi  koordinata sistemasining koordinata boshini  O

  nuqtaga  shunday 



joylashtiramizki, O

 Y



 o‘q, molekula o‘qi bilan ustma -ust tushsin. Molekula O

Y



 o‘q atrofida 

aylangani bilan uning fazodagi vaziyati o‘zgarmaydi. Shuning uchun bu o‘qqa nisbatan aylanma 

erkinlik  darajasi  nolga  teng.  Ikki  atomli  molekula    O

Z



  va  O


X



  o‘qlar  atrofida  aylanishini 

ifodalovchi  ikkita  aylanma  erkinlik  darajasiga  ega  bo‘ladi.  Demak,  ikki  atomli  molekulaning 

erkinlik  darajasi  uchta  ilgarilanma  va  ikkita  aylanma  harakatni  ifodalovchi  beshta  erkinlik 

darajasiga ega (9.1-rasm). 

 

Uch atomli molekulaning erkinlik darajasi 6 ga teng. Chunki, bunday molekulani massa 



markazi fazoda uch yo‘nalishda ilgarilanma harakat qilishdan tashqari massa markazidan o‘tgan 

uchta o‘q atrofida aylanma harakat qilishi ham mumkin. Shuni alohida qayd qilish ham kerakki, 

molekula  nechta  erkinlik  darajasiga  ega  bo‘lishidan  qat’iy  nazar,  ularning  uchtasi  uning 

ilgarilanma harakatini ifodalaydi. 

 

 Bir qator fiziklar, xususan Bolsman va Maksvell molekulani har bir erkinlik darajasiga bir 



xil kinetik energiya to’g’ri kelishini aniqladilar. Bir erkinlik darajasiga 

T/2 kinetik energiya mos 



keladi.  Biz  yuqorida  molekulani  ilgarilanma  harakat  o’rtacha  kinetik  energiyasi  3

T/2  ga  teng 



ekanini topgan edik. Bu ifodadagi 3 soni molekulani fazodagi uch yo‘nalishda ilgarilanma harakat 

qilishini ko‘rsatadi.  

Demak, har bir erkinlik darajasiga 

T/2 energiya mos keladi. Umumiy holda molekulaning 



erkinlik daraja sonini i deb belgilasak, bitta molekulani o‘rtacha kinetik energiyasi 

 

bo’ladi. Ikki atomli molekula uchun i = 5 bo‘lgani uchun 



 

uch atomli molekula uchun  

 

bo‘ladi. 



 

Agar  (9.1)  formulani  N

Avogadro  soniga  ko‘paytirsak,    1mol  gaz  molekulalarining 



yig‘indi kinetik energiyasini topamiz:  

 

 



 

 

(9.2) 



 Ixtiyoriy gaz massasi uchun (9.2) ifoda quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi. 

  

 



 

 

 



(9.3) 

 

Ideal gaz molekulalari o‘zaro ta’sirlashmagani uchun ularning potensial energiyasi nolga 



teng.  Ideal  gazning  ichki  energiyasi  molekulalarning  kinetik  energiyalarini  yig‘indisiga  teng 

bo‘lgani uchun bu formulalar bir mol va ixtiyoriy massali ideal gaz ichki energiyasini  ifodalaydi.  

 

Misol  tariqasida  27



C  temperaturali  1  kg  kislorodning  kinetik  energiyasini  hisoblaylik. 

Kislorod (0

2

) uchun i = 5, M = 0,032 kg/mol bo‘lgani uchun 





E



i

kT

k

2





E

kT

k

5

2



,







E

kT

kT

k

6

2



3

RT

i

RT

i

N

E

N

U

A

A

M

2

2









U



m

M

i

RT

2




 

kelib chiqadi. Bu ancha katta energiya, lekin bu energiyadan foydalanib bo‘lmaydi. Ixtiyoriy 

jism  yoki  jismlar  to‘plamining  ichki  energiyasini  hisoblash  juda  qiyin.  Chunki,  jism  ichki 

energiyasi uni tashkil qilgan molekulalarning issiqlik harakat kinetik energiyalari, molekulalarni 

o‘zaro  ta’sir  potensial  energiyalari,  molekulalarni  tashkil  qilgan  atomlarning  tebranma  harakat 

energiyalari, molekulalar xosil qilgan atomlarning bog‘lanish energiyalari va atom yadrolarining 

energiyalari yig‘indisi tarzida aniqlanishi kerak. Lekin amaliy masalalarni hal qilishda jismning 

biror  holatiga  mos  keluvchi  qiymati  emas,  balki biror  jarayonning  boshlanish  va  tugallanishida 

ichki energiyaning o‘zgarishi hisoblanadi. Ichki energiyaning o‘zgarishi temperatura o‘zgarishiga 

to‘g‘ri proporsional : 

U=

    



 

 

 



(9.4) 


Download 413,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish