Ideal gaz ichki energiyasi. Energiyani erkinlik darajasi bo‘yicha tekis taqsimlanishi.
Moddaning ichki energiyasi deganda uni tashkil qilgan molekulalarning potensial va
kinetik energiyalarning yig‘indisi tushuniladi. Ideal gaz molekulalari o‘zaro ta’sirlashmagani
uchun molekulalarning potensial energiyasi nolga teng. Ideal gazni ichki energiyasi
molekulalarining ilgarilanma va aylanma harakat o‘rtacha kinetik energiyalarining yig‘indisiga
teng bo‘ladi.
Molekulalar ilgarilanma harakat o‘rtacha kinetik energiyasini oldingi ma’ruzamizda ko‘rib
o‘tgan edik. Molekulalarning aylanma harakatidagi o‘rtacha kinetik energiyasini hisobga olish
uchun
jismning
erkinlik
darajasi
tushunchasini
ko‘rib
o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |