Elektr uzatish liniyasidan uzoqda joylashgan xududlarda dizel elektr stansiyalaridan foydalaniladi. Muqim qurilmalardan tashqari transport mashinalari (teplovoz, avtomobil va b.) ga oʻrnatiladigan issiklik kurilmalari — mas, porshenli ichki yonuv dvigateli bor. Uchish apparatlariga porshenli aviatsiya dvigatellari, reaktiv dviga-tellar va b. oʻrnatiladi. - I. e., asosan, 17-asr boshlarida paydo boʻlgan. Bugʻ dvigatellari, issiqlik dvigatellari va dizellarning paydo boʻlishi I. e. ning jadal rivojlanishiga asos boʻldi. Hozirgi vaqtda dunyo energetikasida issiqlik elektr stansiyalari ulushiga barcha elektr ishlab chiqaruvchi quvvatlarning 62 foizi toʻgʻri keladi.
- Oʻzbekistonda 20-asr boshlarida Toshkentda ikkita elektr stansiya kurildi: biri (besh dizelli, kuvvati 1450 kVt) tramvayni elektr energiya bilan taʼminlash uchun, ikkinchisi oʻzgarmas tokli Pavlov elektr stansiyasi (quvvati 125 kVt), shaharni yoritish uchun ishlatilgan. 1913-yil Oʻzbekiston xududida umumiy kuvvati 3 MVt chamasida boʻlgan 6 ta kichik elektr stansiya boʻlgan, yillik elektr energiya ishlab chiqarish 3,3 mln. kVt/soatni tashkil qilgan. 1923-yil Toshkent sh. yaqinidagi Boʻzsuv kanalida GES qurilishi boshlandi, uning birinchi navbati (har birining kuvvati 1 MVt dan boʻlgan 2 ta gidroagregat) 1926-yil may oyida ishga tushirildi.
Ayni paytda bu GES Toshkent shahridagi tramvay dizel elektr stansiyasi bilan bogʻlangan, 30 transformator punktiga ega boʻlgan, 6 kV kuchlanishli, oʻzgaruvchan tokli kabel tarmogʻi kurildi. Mana bu birlashish Oʻzbekiston energetika tizimi rivojlanishiga asos boʻldi. - Oʻzbekistonda issiqlik energetikasi 20-asr 20-y. larida dizel va mayda bugʻ turbinali elektr stansiyalar kurish yoʻnalishida rivojlandi. Dizel elektr stansiyalari umumiy maqsadlarda ham, paxta zavodlari, nasos stansiyalari, kanallar va issiqlik energiyasiga ehtiyoji boʻlgan boshqa korxonalar qoshida ham qurildi.
Toshkent dizel elektr stansiyasi, Samarkand, Andijon, Koʻqon va respublikaning boshqa shaharlaridagi dizel elektr stansiyalari kengaytirildi; Buxoro, Samarkand sh.larida 5000 ot kuchi, Nukus, Urgench, Namanganda 1600 ot kuchi kuvvatiga ega boʻlgan yirik dizel elektr stansiyalari kurildi. Respublikadagi dastlabki bugʻ turbinali elektr stansiyalar Fargʻona va Kattaqoʻrgʻondagi yogʻ zavodlarida ishga tushirildi. Fargʻona yogʻ zavodining "Sharq tongi" issiqlik elektr markazi (IEM) umumiy maqsadlardagi elektr stansiyasi boʻlgan birinchi IEMdir. - 30-y.larda Toshkent toʻqimachilik kombinati qoshida quvvati 12 MVt boʻlgan IEM kurildi. 30-y. larning ikkinchi yarmida Qizilqiya koʻmir koni negizida kuvvati 48 MVt boʻlgan Kuvasoy davlat issiklik elektr stsiyasi (DIES) kurilishi boshlandi, uning birinchi agregati 1939-yil oxirida ishga tushirildi. 1936-yil da Toshkent IEM kurilishi boshlanib, birinchi bloki 1939-yil da ishga tushirildi
Do'stlaringiz bilan baham: |