O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OILY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUXANDISLIK IQTISODIYOT INSTITUTI
“ISSIQLIK ENERGETIKASI” KAFEDRASI
“ISSIQLIK TEXNIKASI”
fanidan
REFERAT
BAJARDI: IE-135 (15) GURUH TALABASI
DONONOV MA’RUF
QABUL QILDI: A.A. SHARAPOV
Qarshi 2016
Mavzu: Bug’- gaz turbinalarini o’rganish.
Reja:
1. Bug’ turbinasining tasnifi vs tuzilishi.
2. Bug’ turbinasining ishlash tartibi va unda kechadigan
termodinamik jarayonlar.
3. Bug’ turbinasidagi isroflar.
4. Bug’ turbinasining quvvati va F.I.K.
5. Gaz turbinasining tasnifi, tuzilishi va ishlash tartibi.
6. Issiqlik P=CONSTda uzatiladigan gaz turbinasi qurilmasi.
BUG’ TURBINASINING TASNIFI VA TUZILISHI.
Bug’ning issiqlik energiyasini bosqichma-bosqich mexanik
energiyaga aylantirib beruvchi issiqlik mashinasi bug’ turbinasi
deyiladi. Hosil qilingan energiya boshqa turdagi energiyaga yoki
mexanik energiyaga (ishga) aylantiriladi.Bug’ turbinasida bug’
energiyasining mexanikaviy ishga aylantirish jarayoni ikki
bosqichda amalga oshiriladi:
1) bug’ning potentsial energiyasini kinetik energiyaga
aylantirish; 2) olingan kinetik energiyani turbinaning
mexanikaviy ishiga aylantirish.
Turbinaning bug’ oqib o’tish qismi ikkita asosiy qismdan:
birinchi qismi - soklo apparati 1, ikkinchi qismi- turbinaning
vali 4 ga o’rnatilgan disk 3 dan tashkil topgan. Diskning
aylanasi bo’ylab ish parraklari 2 mahkamlanagan, ular kanallar
hosil qiladi, (1.1 -rasm)
1.1-rasm. Bug’ turbinasining soplasi va ish g’ildiragi.
Birinchi jarayon soplo apparatida sodir bo’ladi, bu yerda
yuqori bosimli bug’ kiradi soplolarda bug’ kengayadi, uning
bosimi pasayadi va tegishlicha tezligi ortadi, ya‘na soplo
apparatida bug’ning ichki energiyasi kinetik energiyaga
aylanadi.
Ikkinchi jarayon ish parraklari hosil qilgan kanallarda
sodir bo’ladi, bu yerda bug’ning kinetik energiyasi diskning va u
bilan bog’langan turbina valining harajatlantiradigan
mexanikaviy ishga aylanadi. Ish parraklari mahkamlangan bitta
diskli soplo apparati turbinaning boskichini hosil qiladi. Bir
bosqichli turbinalarning aylanishlar soni katta (2000-50000
ayl/min) bo’ladi.
Ular odatda transport ustanovkalarida yordamchi qurilma
sifatida ishlatiladi. Ko’p bosqichli bug’ turbinalari katta quvvatli
bo’ladi. Hozirgi vaqtda quvvati 300, 500 va 800 Mvt bo’lgan
bug’ turbinalari ishlatiladi.
Hozirgi zamon turbinasi - bug’ tejamligini juda yuqori, tez ishlaydigan murakkab dvigateldir.
Bug’ turbinalari bir, ikki va ko’p bosqichli hamda mos
ravishda past , o’rtacha va yuqori bosimli bo’ladi,
Hozirgi vaqtda ko’p bosqichli bug’ turbinasi barcha issiqlik elektr stansiyalarida asosiy dvigatel hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |