Gess qonunidan chiqadigan hulosalar
1–xulosa. Lavuaze–Laplas qonuni: Kimyoviy birikmaning parchalanish issiqlik effekti H21 uning xosil bo’lish issiqlik effektiga H12 absolyut son jixatidan teng bo’lib, unga qarama–qarshi qiymatga egadir. Yopiq jarayon bo’lgani uchun (1-2-1), Gess qonuni bo’yicha:
H = H12+H21 = 0, bundan
H12 = H21 (2.15)
2–xulosa. Ikkita reaksiya brayotgan bo’lsa va har xil oxirgi holatga olib kelsa, bu ikki reaksiya issiqlik effektlarining ayirmasi 1–oxirgi holatdan 2–siga o’tish issiqlik effektiga H32 tengdir.
Gess qonunini ta’rifidan: H = H12+H23 +H31 = 0; H12H13 = H23, chunki 1–xulosadan H31 = H13 ; H23 = H32.
Shuning uchun:
H12H13 = H32 (2.16)
3–xulosa. Har xil boshlang’ich holatga ega bo’lgan 2 reaksiya issiqlik effektlarining ayirmasi bir boshlang’ich holatdan 2 siga o’tish issiqlik effektiga tengdir.
Yopiq sikl (1-3-2-1) uchun Gess qonuni bo’yicha H = 0 yoki H13+H32+H21 = 0 bundan
H13H23 = H12 (2.17)
4–xulosa. Kimyoviy reaksiyalarning issiqlik effekti mahsulotlar xosil bo’lish issiqliklarining yig’indisi bilan boshlang’ich moddalar xosil bo’lish issiqliklari yig’indisi orasidagi ayirmaga tengdir:
H0reaksiya = maxs.Hmaxs.b.m.Hb.m. (2.18)
bu yerda H0reaksiya –reaksiyaning issiqlik effekti; maxs.Hmaxs.–mahsulotlarning xosil bo’lish issiqliklari yig’indisi; b.m.Hb.m.–boshlang’ich moddalar xosil bo’lish issiqliklari yig’indisi; maxs. va b.m. –stexiometrik koeffitsientlar.
5–xulosa. Har qanday reaksiyaning issiqlik effekti boshlang’ich moddalar yonish issiqliklari yig’indisi bilan mahsulotlar yonish issiqliklari yig’indisining ayirmasiga tengdir:
Hreaksiya = b.m.Hb.m.maxs.Hmaxs. (2.19)
Kimyoviy reaksiya vaqtida ajraladigan ya’ni ekzotermik reaksiyalarda ajralib chiqadigan issiqlikdan kimyoviy ishlab chiqarishlarda foydalaniladi. Masalan: Sul’fit angidrid oksidlanganda chiqadigan issiqlikdan issiq almashtirgichlarda dastlabki moddalarni kerakli temperaturaga (400-4500C ga) qadar isitish uchun foydalaniladi; ammiak sintezida ajralib chiqadigan issiqlik sintez kalonkalariga kiradigan vodorod va azotni isitish uchun sarflanadi. Bundan tashqari xalq xo`jaligida moddalarning yonish issiqligidan juda keng foydalaniladi. Shuningdek avtomobillarning, umuman texnologiya uskunalarining harakati yoqilg’ energiyasiga bog’liq.
O’z –o’zini nazorat qilish savollari
1. Termokimyo nimani o’rganadi? Uning asosiy qonuni qachon va kim tomondan kasf etilgan, ta’rifini ayting.
2. Issiqlik effekti turlarini ayting.
3. Kimyoviy birikmalarning hosil bo’lish issiqlik effekti deb nimaga aytiladi?
4. Issiqlik effekti haroratga bog’liqmi. Bu to’g’ridagi qonun kimga tegishli, uning ma’nosini tushuntiring.
5. Gess qonunidan qanday xulosalar kelib chiqadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |