IX Bob. Komfort diagrammasi
Mavzuning tayanch iboralari: komfort diagramma, o’rtacha radiatsion temperatura, issiqlik balansi, havoning harakatchanligi.
Ushbu mavzuda komfort diagrammasiga tegishli tushuncha va ma’lumotlar va formulalar keltirilgan.
9.1. Komfort diagrammasidan foydalanish usuli
Nurlanish bilan isitishda 28 komfort diagrammasidan foydalanilagan bo’lib ularni uch guruhga ajratish mumkin:
-birinchi guruhga 12 diagrammalar kirib, u nisbiy namlikning turli qiymatlarida va havoning harakatchanligi asosida qurilgan, lekin bunda havo temperaturasi o’rtacha radiatsionga teng deb olingan;
-ikkinchi guruhga 4 diagrammalar kiradi, havo temperaturasi va o’rtacha radiatsion temperatura bir xil qilib qurilgan, lekin havoning harakatchanligi turlicha qilib olingan;
-uchinchi guruhga kirgan diagrammaga, turli qiymatli harakatchanlik va havo temperaturasida, hamda o’rtacha radiatsion temperatura asosida qurilgan.
Nurlanish bilan isitishda ko’p foydalaniladigani, oxirgi guruh diagrammasi 50 % namlikga nisbatan qurilgan. 9.1-rasmda turli turdagi kiyimlar va uch xil odam aktivligi uchun komfort diagrammasi berilgan. Komfort diagrammasiga yana yordamchi diagrammalar (9.2-rasm) ham kiradi, u o’zida tl havoning o’zgarish temperaturasi va o’rtacha radiatsion temperaturani tks kiyim termik qarshiligi bilan va havo harakatchanligining uch xil daraja ko’rsatgichi bilan bog’laydi. Komfort temperatura yoqimli issiqlik sezgirligi keltirib chiqaruvchi bo’lib, birinchi va ikkinchi guruh diagrammalaridan ham aniqlnishi mumkin, bunda o’rtacha radiatsion temperatura va havo temperaturasi bir xil deb qaralgan. Bu hol uchun quyidagi bog’lanishdan foydalaniladi
(9.1)
nisbat qo’shimcha diagrammadan (9.2-rasm) dan aniqlanadi.
9.1-rasm. Komfort diagramma: a- (Icl=0 klo) odam uchun; b-engil kiyimdagi odam(Icl=0,5 klo); v-kunlik kiyimdagi odam(Icl=1klo); g-issiq kiyimli odam(Icl=1,5 klo); I-tinch holatda ; II-o’rtacha aktivlikda ; III-yuqori aktivlikda ; tl-havo temperaturasi; tks-o’rtacha radiatsion temperatura; V-havoning harakatchanligi.
9.1-rasmda komfort diagramma turli xildagi kiyimlar va uch xil darajali odamning aktivligi uchun berilgan.
9.2-rasm. Komfort uchun qo’shimcha ilova: a-tinch holatda ; b-o’rtacha aktivlik ; v-yuqori aktivlikda
Bu diagramma nisbiy namlik 50% uchun qurilgan bo’lib, agar o’rtacha radiatsion temperatura 10C ortsa havo temperaturasining qanchalik pasayishini komfort sharoit uchun ko’rsatadi.
Komfort diagrammasi va Fangera hisoblashi printsipi quyidagi parametrlar bilan o’zaro bog’langan PMV (issiqlik sezgirligini kutilayotgan qiymati) PPD (yoqimsiz issiqlik sezgirlikning kutilgan ehtimollik protsenti) [41, 42].
Komfort diagrammaga yana qo’shimcha yordamchi diagrammalar (9.2-rasm) ham kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |