4.2. Tik tekislikda joylashgan isitish ekranidan ishchi sohaga issiqlikni berilishi
Keyingi yillarda ko’rsatib o’tilgan usulda joylashgan isitish ekranlari bo’yicha muvoffaqiyatli eksperimentlar olib borilmoqda. Yangicha konustruktsiyalashgan ekranda, quvurlar tizimi, beriluvchi issiqlik elitgich registrga parallel ko’rinishda ulanmasdan, ilon izi shaklida va isitish paneliga payvandlash yo’li bilan ulanadi. Natijada ekranning ikki tarafidagi o’rtacha temperaturada bir muncha farq yuzaga keladi.
Agar ekranning quvurlar bilan qoplangan isitish tomonidagi o’rtacha temperaturasi ma’lum bo’lsa, u holda qarama-qarshi tarafdagi issiqlik almashinish koeffitsienti (4.9) formuladan aniqlanadi. Farqi shundaki, ekranning quvur qoplangan tomoni, maksimum 1 m ga tik ko’tarish bilan katta konvektiv issiqlik berish hosil qilinadi.
(4.9)
Do'stlaringiz bilan baham: |