Qarshi shahar xalq ta’limi muassasalari
faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish
bo’limi tasarrufidagi 43-umumiy o’rta ta’lim maktabining musiqa fani o’qituvchisi
Ismoilova Mavludaning
6-sinf musiqa fanidan bir soatlik dars
Ishlanmasi
Qarshi – 2017
6 – sinf. Musiqa
Darsning texnologik xaritasi
Mavzu:
|
Mumtoz musiqa haqida tushuncha. Mumtoz musiqa
|
Maqsad
Bazifalar.
|
Maqsad: O’quvchilarga erkin va ozod Vatanimizning bugungi kundagi yutuqlari, uning qadr-qimmati haqida hamda o’zbek mumtoz musiqasi haqida bilim berish.
Vazifalar: O’quvchilarda milliy mumtoz musiqa madaniyatiga qiziqish uyg’otish, ularni tushunishga o’rgatish, mavzu asosida bilim va ko’nikmalarni shakllantirish va kengaytirish.
|
O’quv jarayoning mazmuni
|
Mustaqillik yillarida Vatanimizning musiqa san'atining erishgan yutuqlari, mumtoz musiqa haqida tushuncha berish, mumtoz musiqa asarlaridan namunalar tinglash, 2/4 o’lchovida dirijyorlik qilib do major notalarini aniq ravon sof tovushda kuylash.
|
O’quv jarayonini amalga oshirish texnalogiyasi
|
Uslub: "Topqirlik" mash?lari, "Muloqot" texnologiyasi, hikoya, su?bat, savol-javob, "Klaster"
Shakl: Suhbat-munozara, guruhlarda va jamoada ishlash.
Vosita: Tarqatma materiallar, notalar yoki audio SD disk yozuvlari, fortepiano cholg’u asbobi, rag’batlantiruvchi kartochkalar.
Usul: Tayyor yozma materiallar.
Nazorat: Og’zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish, o’z - o’zini nazorat qilish.
Baholash: Rag’barlantirish. 5 balli tizim asosida baholash.
|
Kutiladigan natijalar
|
O’qituvchi: Mavzuni berilgan vaqt ichida barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishish. O’quvchilar faolligini oshirish. O’quvchilarda darsga nisbatan qiziqish uyg’otish. Dars jarayonida ko’proq o’quvchini baholashga erishish.
O’quvchi: Surxondayo va Qashqadaryo mumtoz musiqasi haqida bilimlar egallaydi, yakka holda va guruh bo’lib ishlashni o’rganadi, nutqi rivojlanadi va eslab qolish qobiliyati kuchayadi. O’z-o’zini nazorat qilishni o’rganadi..
|
Kelgusi rejalar
|
O’qituvchi: Yangi pedagogik texnologiyalarni ¢zlashtirib, darsda qo’llash, o’z ustida ishlash, mavzuni xayotiy voqealar bilan bog’lash, pedagogik mahoratini oshirish, ko’proq qo’shimcha ma'lumotlar berib, o’quvchilarni madaniy saviyasini oshirishga erishish.
O’quvchi: Mustaqil ishlashni o’rganadi. Fikrini ravon bayon qila oladi. Shu mavzuga asoslanib qo’shimcha materiallar topadi, ularni o’rganadi. Fikri va guruh fikrini tahlil qilib, mustaqil fikrlash malakasini hosil qiladi. Musiqiy bilim va k¢nikmaga ega b¢ladi.
|
6 – sinf. Musiqa
Darsning blok chizmasi:
1
|
Tashkiliy qism:
a) salomlashish
b) davomat ani?lash
v) o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirsh
|
2
|
2
|
O’tilgan mavzuni takrorlash mustahkamlash:
5-sinfda o’tilgan mavzularni "Topqirlik" mashqlari yordamida takrorlanib, mustahkamlanadi.
|
7
|
3
|
Yangi mavzu: o’quvchilarga Mumtoz musiqa haqida tushuncha. Mumtoz musiqa." mavzusida bilim beriladi.
|
10
|
4
|
Tinglash: Nota yozuvlaridan yoki audio CD disk yozuvlaridan foydalanib, milliy mumtoz kuyimizdan "Tanavor" kuydan namunalar eshittirilib, suhbat-munozara o’tkaziladi.
|
8
|
5
|
Musiqa savodi: Darslikda berilgan kuy parchasini dirijyorlik qilib, notalarni aniq va ravon sof tovushda kuylashga erishish.
|
8
|
6
|
Jamoa bo’lib kuylash: O’zbekiston Davlat madhiyasi" M.Burxonov musiqasi, A.Oripov she'ri.
|
7
|
7
|
Dars yakuni: Test sinovlari orqali mavzuni mustahkamlash.
|
3
|
6- sinf Musiqa madaniyati
Darsning mavzusi: Mumtoz musiqa haqida
I.Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy: O’quvchilarga maqom san’ati haqida tushuncha berish. O’quvchilarni musiqaviy qobiliyatini oshirish. Musiqa ijodiyotida ko'nikma va malakalarni shakllantirish. Mumtoz musiqa haqida
b) Tarbiyaviy: O'quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Mehr – oqibatli, saxovatli bo’lib kamol topishga hissa qo’shish. O'quvchilarda estetik did va musiqaga bo’lgan qiziqishni tarbiyalash.
d) Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni dars jarayonida dunyoqarashini, xulqi – odobi, mukammal insoniy fazilatlarini rivojlantirish. Vatan haqidagi qo’shiqlardan kuylash, dinamik belgilar haqida bilimlarni mustahkamlash.
II.Darsning borishi:
Tashkiliy qism
salomlashish;
davomadni aniqlash;
sinfxona va o’quvchilar tozaligini tekshirish;
Darsning ulubi: interfaol usullardan foydalanish, savol - javob
Darsning jihozi: 6-sinf musiqa darsligi, musiqa cholg’u asboblari, kompozitor portreti, musiqa savodiga doir tasviriy - illustrativ ko'rgazmalar, texnik vositalar, tarqatma materiallar.
III.Vokal – xor mashqlari
“RE-MINOR” tonalligida ovoz sozlang!
“Hayvonlar sultoni” operasidan quyidagi “Bo’ri xirgoyoyisi” ni 4/4 o’lchovida dirijorlik qilib, notalarini kuylang, so’ng so’zlari bilan ayting:
Do'stlaringiz bilan baham: |