Ismoilov. Sh qabul qildi


Xorazm Ma'mun akademiyasining qayta tiklanishi



Download 57,31 Kb.
bet7/7
Sana29.12.2021
Hajmi57,31 Kb.
#79301
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ISLOM DUNYOSIDA MADANIYAT RIVOJLANISHIDA XORAZM. MA’MUN AKADEMIYASI

Xorazm Ma'mun akademiyasining qayta tiklanishi
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorazm Ma'mun akademiyasini qaytadan tashkil etish to`g`risida”gi Farmoni (1997) O`zbekistonning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, uning jahon ilmiy hamjamiyatidagi o`rnini mustahkamlash, mintaqalarda fanni yanada rivojlantirish hamda iste'dodli va fidoyi olimlarni qo`llab-quvvatlash, yuqori intellektual muhit yaratishdagi milliy an'analarni rivojlantirishda qo`yilgan muhim qadam bo`ldi.

1997 yil noyabr oyida akademiyaning tarkibida “Arxeologiya, tarix va falsafa”, “Til va adabiyot”, “Biologiya muammolari” bo`limlari tashkil qilinib, 9 ilmiy mavzu bo`yicha 26 ilmiy xodim, shu jumladan, 5 fan doktorlari va 9 fan nomzodlari ilmiy tadqiqotlar olib borishdi.

Arxeologiya, tarix va falsafa bo`limining xodimlari “Xorazmda qadimgi va o`rta asrlar o`zbek davlatchiligi tarixi”, “O`zbek xalqining etnik tarixida Xorazm vohasining o`rni”, “Xorazm viloyati arxeologik yodgorliklarini tadqiq qilish” mavzulari bo`yicha ilmiy izlanishlar olib borishdi.

“O`zbek xalqining etnik tarixida Xorazm vohasining o`rni” mavzusi bo`yicha Xorazm vohasida mavjud bo`lgan ayrim etnik guruhlar va elatlarning joylashuvi aniqlandi. Ularning urf-odatlari, turmush madaniyatlari haqida ma'lumotlar to`plandi. Hazorasp tumani Tuproqqal'a massivida joylashgan bronza davri manzilgohi-Sharofat, antik va ilk o`rta asrlar davriga oid Tosh qal'a-2 yodgorliklarida hamda Uch O`choq tepaligi va Meshekli qo`ltig`ida tadqiqotlar olib borildi. Yodgorlik hududidan O`rta Osiyoda birinchi marta to`liq saqlangan yog`och yopilmalar topildi.

“Qadimgi va o`rta asrlarda Xorazm davlatchiligi tarixi» mavzusi bo`yicha arxeologik izlanishlar, yozma guvohliklarni tahlil qilish hamda qadimgi davlatchilik tarixini yorituvchi ilmiy manbalar muomalaga kiritildi. O`zbek davlatchiligining asosini tashkil qiluvchi Xorazm davlatchiligi tarixini 3000 yillik deb ko`rsatishga ilmiy isbotlar etarli ekanligi aniqlandi.

Til va adabiyot bo`limida “IX-XIII asrlarda Xorazm yozma adabiyoti va og`zaki epos. IX-XIII asrlar Xorazm yodnomalari tili” mavzusi bo`yicha Xorazm yozma adabiyoti va og`zaki afsonalar hamda rivoyatlar “Avesto”dagi mifologik qatlam bilan qiyosiy tihlil qilindi. Og`zaki va yozma namunalar tahlili orqali adabiy va badiiy tillarga xos xususiyatlar, ularning o`zaro ta'siri o`rganildi.

1997-2002 yillarda Biologiya muammolari bo`limida 7 ilmiy mavzu bo`yicha tadqiqotlar bajarildi. Xorazm vohasi tuproq-iqlim sharoitlarida istiqbolli serhosil, kasalliklarga va zararkunandalarga chidamli o`simliklarning navlari o`rganildi. Ekinlarni almashlab ekishning biologik asoslari tadqiq qilinib, 12 nav g`o`za, 2 nav bug`doy va beda, 10 nav sholining o`sishi, rivojlanishi va hosildorligi o`rganildi.

Viloyatimiz sharoitida asosiy, oraliq va takroriy ekishlarda ozuqaviy ekinlarni parvarish etishning samarali texnologiyalari va makkajo`xorining urug`lik tizimini yaratish bo`yicha izlanishlar amalga oshirildi.

Mahalliy qishloq ho`jaligi xom ashyosi asosida vitaminga boy omuxta yem tayyorlash texnologiyasini yaratish bo`yicha tadqiqotlar o`tkazilib, tavsiyalar ishlab chiqildi.

Amudaryo quyi oqimida tuproq hosil bo`lish jarayonining mintaqaviy xususiyatlarini o`rganish asosida tuproqlarning sho`rlanish qonuniyatlari aniqlanib, qishloq ho`jaligi ekinlari hosildorligini oshirish bo`yicha tavsiyalar berildi.

Suv tanqisligi sharoitida yerlarning sho`rini yuvish, chigit urug`ini optimal muddatlarda undirib olish, ekinlarni mavsumiy sug`orishlarda zahkash suvlardan foydalanish bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Xorazm viloyatida 2001 yilda olingan yillik iqtisodiy samara 1 milliard 775,9 million so`mni tashkil qildi.

Xorazm vohasi termitlari (Isoptera)ning faunasi va ekologik-populyasion tavsifi bo`yicha termitlarning tarqalishi hamda tur tarkibi, biologiyasi va populyasion strukturasi o`rganildi. Termitlarga qarshi kurashda entomopatogen zamburug`lardan foydalanish tavsiya qilindi.

2003 yildan boshlab akademiyada 2 fundamental va 8 amaliy dasturlar bo`yicha 52 xodim, shu jumladan 2 akademik (o`rindosh), 11 fan doktori va 26 fan nomzodlari ilmiy izlanishlarni amalga oshirdi.

“Potensiallar nazariyasi va nochiziqli tenglamalar” mavzusi bo`yicha matematik chegaraviy to`plamlarning kompleks potensiallari, Bogolyubov teoremalari, tez kamayuvchi, zinasimon, davriy va deyarli davriy potensialli operatorlar uchun teskari masalalar o`rganildi. Olingan ilmiy natijalar matematik fizikaning bir qator nochiziqli evolyusion tenglamalarini yechishda qo`llanilmoqda.

Tarix fani sohasida 4 yo`nalish bo`yicha ilmiy izlanishlar amalga oshirildi:

-Xiva xonligi aholisining etnik tarkibiga oid ilk bor ilmiy adabiyotlar, anketa savollariga javoblar to`plandi. Xorazm vohasida yashovchi o`zbek, turkman, qozoq, qoraqalpoq urug`lariga tegishli guruhlar kompleks tadqiq qilindi.

-Xorazm Ma'mun akademiyasi tarixiga oid yozma manbalar izlab topildi. Abu Nasr ibn Iroqning “Manalaus” asariga yozilgan sharhi arab tilidan o`zbek tiliga o`girilib, ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Abu Rayhon Beruniyning “Tafhim” asari arab tilidan o`zbek tiliga tarjima qilindi va muomalaga kiritildi.

-Ismoil Jurjoniy asarlarining bibliografiyasi tayyorlandi «Zahirayi Xorazmshohiy» asari VI kitobining Xorazmda o`zbek tiliga tarjimasidagi asab va ruhiy kasalliklar Ibn Sinoning “Tib qonuni”dagi asab va ruhiy kasalliklar bilan qiyosiy o`rganildi.

-Xiva xonligiga asos solinishi va uning sabablari, bu davrdagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy vaziyat ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Xiva xonligi davlatchiligidagi boshqaruv tizimi o`rganilib, davlat hujjatlari va arxivda saqlanayotgan asosiy hujjatlar ilmiy muomalaga kiritildi.

Arxitektura yo`nalishi bo`yicha me'moriy obidalarning poydevorlari, yer ustki qurilmalari va yog`och elementlari tekshirilib, texnik holati aniqlandi. Xiva shahridagi Ichonqal'a hududidagi me'moriy obidalarda geodezik kuzatuv ishlari olib borildi.

Qishloq ho`jaligi yo`nalishi bo`yicha Xorazm viloyati sharoitida cheklangan sug`orma yerlardan foydalanish maqsadida ozuqaviy ekinlar ekilib, ularning tuproq unumdorligini oshirishdagi ahamiyati o`rganildi.

Ekologiya yo`nalishi bo`yicha Xorazm viloyatining tabiiy iqlim sharoitining xususiyatlari, ekzogen ekologik omillarning aholi salomatligiga ta'siri o`rganildi hamda olingan natijalar Toshkent va Farg`ona viloyatlaridagi tegishli ko`rsatkichlar bilan taqqoslandi.

Biologiya yo`nalishi bo`yicha introduksient (50 ta) o`simliklarning o`sishi va rivojlanishi xususiyatlari tadqiq etilib, ularning zararkunanda va kasalliklarga hamda noqulay omillar ta'siriga chidamliligi hamda mahalliy tuproq-iqlim sharoitiga moslashuvi, yetishtirish texnologiyalarining mintaqaviy xususiyatlari o`rganildi.

2006 yildan akademiyada 10 ilmiy mavzu bo`yicha 57 ilmiy xodim, shu jumladan 11 fan doktori va 28 fan nomzodlari ilmiy izlanishlarni amalga oshirishmoqda.

Xorazm Ma'mun akademiyasi jamoasi ilmiy tadqiqotlarni xalq ho`jaligi talablari asosida shakllantirish, ularni mavjud muammolarni hal qilishga qaratish, budjet mablag`larining samaradorligini oshirishda ustuvor fundamental tadqiqotlarni amalga oshirishga intilmoqda.

Bozor munosabatlari sharoitida fanga nobudjet mablag`larni keng jalb qilish, bu borada xalqaro ilmiy dastur va grantlar, xorijiy davlatlar ilmiy markazlarining faoliyatidan keng foydalanish hamda ho`jalik shartnomasi asosida bajariladigan ishlarga e'tibor kuchaytirilmoqda.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida olimlarning faol ishtirokini ta'minlash maqsadida o`quv jarayonida, o`quv dasturi va o`quv qo`llanmalarini yaratishda oliy va o`rta ta'lim tizimi bilan samarali hamkorlik qilinmoqda.

Xiva tumani yosh tabiatshunoslar ijod markazi negizida Kichik akademiya tashkil qilinib, uning faoliyati Ma'mun akademiyasi rahbarligida amalga oshirilmoqda.

O`zbekiston mustaqilligini iqtisodiy jihatdan mustahkamlash, milliy mafkura, ma'naviyat va milliy qadriyatlarimizni xalq orasida targ`ib qilishda akademiya olimlari faol qatnashmoqda. Akademiyada Beruniy nomidagi ilmiy seminar faoliyat ko`rsatmoqda.

Tarixan qisqa davrda akademiyada 100 dan ortiq o`tkazilgan xalqaro, respublika va viloyat ilmiy-amaliy anjumanlarida va seminarlarda chet ellardan va respublikamizdan yetakchi olimlar qatnashdi.

Xorazm Ma'mun akademiyasi qoshida ho`jalik hisobida faoliyat yurituvchi “Dorivor o`simliklar bog`i” tashkil qilindi. Xorazm Ma'mun akademiyasining nashriyoti samarali faoliyat ko`rsatmoqda.

Xorazm Ma'mun akademiyasi oldida muhim va dolzarb vazifalar turibdi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 2005 yil 22 sentyabrda Xorazm viloyatiga qilgan safari chog`ida akademiyaning asosiy diqqat e'tiborini mintaqaviy muammolarni tadqiq etishga qaratish zarurligini alohida ta'kidladi. Xorazmning qadimiy davlatchilik tarixi, betakror sivilizasiyasi va madaniyatini o`rganish, bu ko`hna zaminda qadimdan rivojlanib kelgan boy ilmiy salohiyatning jahon fani va madaniyati taraqqiyotidagi o`rni masalalarini yoritish, Xorazm me'moriy yodgorliklarini biologik, fizik va boshqa turli salbiy ta'sirlardan muhofaza qilishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, vohaning ekologik holati bo`yicha muntazam ilmiy kuzatishlar olib borish, mavjud yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirishning samarali tizimini yaratish, Xorazm vohasining tuproq-iqlim sharoitiga mos bo`lgan qishloq ho`jaligi o`simliklarini iqlimlashtirish orqali sho`rlanish va cho`llanishning oldini olish masalalarini tadqiq etish - ana shunday muammolarning asosiy yo`nalishlaridir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1 I.A.Karimov. “Tarihiy xotirasiz - kelajak yo`q”. T.1998

2. I.A.Karimov. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”. T.”Sharq”. 2008.

3. Azamat Ziyo. “O`zbek davlatchilk tarixi”. T.”Sharq”. 2000.

4. Q.Usmonov. “ O’zbekiston tarixi”.



5. “Xorazm tarixi” I jild. Urganch. 1996.
Internet manbalari:


  1. www.ziyouz.com

  2. www.mamunakademiya.uz

  3. www.e-tarix.uz

Download 57,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish