Ismi:Azizbek
Familiyasi:Umrzaqov
Otasining ismi:Tursunboyevich
Ish joyi: 6-IDUMI
Lavozimi: O’qituvchi
Tuman:Baliqchi
Viloyat: Andijon
Fan: Jahon tarix
Sinfi: 7-sinf
Mavzu: Franklar imperiyasi
O’quvchilar soni: 28-30 ta
Annotatsiya
Jahon tarix fanidan o’quvchilarga Buyuk Karlning faoliyati, uning Italiya, Ispaniya, sakslarga qarshi olib borgan urushlari, Franklar imeriyasi, undagi boshqaruv, xo’jalik va madaniyati va Franklar imeriyasining inqirozi haqida tushuncha berish. Franklar imperiyasi mavzusini to’liq yoritib berishda 7-sinf Jahon tarix darsligi, M Boysov, R Shukurov. O’rta asrlar tarixi hamda Semyonov O’rta asrlar tarixi nomli asarlaridan keng foydalanildi
Mavzu: Franklar imperiyasi.
Dars mavzusi: Franklar imperiyasi.
Darsning maqsadi:
Ilmiy maqsad:
-
O’quvchilarga Franklar, ularning ijtimoiy tuzumi va imperiyaning vujudga kelishi haqida ilmiy, na’zariy ma’lumotlarni berish;
-
O’quvchilarning jahon tarixiga oid bilimlarini rivojlantirish;
Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga mavzuni tushuntirish orqali ularni vatanparvarlikka, mehnatsevarlikka va adolatli turmush kechirishga o’rgatish,
Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni mavzuga doir bilimlarini mustahkamlashga va oshirishga ko’maklashish, o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish;
Dars jihozi:
1. Jahon tarixi darsligi,
2. Xarita, yozuvsiz xarita,
3. Doska, bo’r, Note-book darsda o’rganiladigan asosiy atama va tushunchalar yozilgan kartochkalar, mavzuga doir rasmlar
Yangi mavzu mazmunining Asosiy tushuncha va va atamalar
Buyuk Karl, korol, langobard, graf Roland, saks qabilalari, ritsar, feod, feodal, gersog, graf, marka, “Sali haqiqati”.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
1. Salomlashish, jurnalga yo’qlama qilish;
2. Sinf o’quvchilarini darsga jalb qilib, ishchi muhitini yaratish.
3. Dunyoda, jumladan, O’zbekistonda ro’y bergan so’nggi voqealardan o’quvchilarni xabardor qilish:
II. Uyga vazifani takrorlash:
Darsning bu bosqichida o’tilgan mavzular o’quvchilardan ikki usulda so’rab olinadi:
Birinchisida quyidagi tezkor savollar berildi.
-- Buyuk ko’chishlar boshlangunga qadar franklar qaysi hududda yashaganlar?
-- Franklar hayotida VI asrda qanday o’ zgarishlar sodir bo’ldi ?
-- Franklar matodan kiyim- bosh kiyib, soch va soqollarini olib borganlar. Kimlarga uzun soch qo’yib yurish mumkin bo’lgan?
-- Frank qirolligining qanday tashkil topganini hikoya qilib bering.
-- Rim noiblaridan bo’lgan Egidiy G’arbiy Rimning inqirozidan keyin qaysi hududda mustaqil knyazlik tuzgan?
-- Egidiyning vorisi Siagriy va Xlodvig o’rtasidagi hal qiluvchi jang qayerda bo’lib o’tgan?
-- VI asrda franklar davlatining janubiy qismida qaysi xalqlar ko’pchilikni tashkil etar edilar?
-- Mulkiy tabaqalanishning kuchayish sabablarini ko’rsating.
-- Franklarda xristianlikning qabul qilinishi qanday oqibatlarga olib keldi?
-- Yerning xususiy mulkka aylanib borishiga oid ma’lumotlarni keltiring.
-- “Sali haqiqati” haqida qanday tasavvurga ega bo’ldingiz?
Ikkinchisida o’quvchilarga tarqatma testlar beriladi;
1. German qabilalaridan qaysi biri rimliklar bilan yaqin qo’shnichilik qilganlar?
A) ostgotlar B) vestgotlar C) franklar D) langobardlar
2. Xlodvig qachon franklar davlatiga asos soldi?
A) 476-yil B) 486-yil C) 489-yil D) 496-yil
3. Galliya hududi qachondan boshlab Fransiya deb atala boshlagan?
A) VII asrdan B) VIII asrdan C) IX asrdan D) X asrdan
4. Franklar davlatining qaysi qismidagi qabilalarda urug’ jamoa bo’lib yashash eng uzoq davom etgan?
A) janubiy B) sharqiy C) shimoliy D) markaziy
5. Franklar davlatida qachondan boshlab o’z erkinligini yo’qotgan franklar ham qul va kolonlar kabi feodallar yerlarida ishlay boshlaganlar?
A) V asr o’rtalaridan B) VI asr boshlaridan
C) VI asr oxirlaridan D) VII asr o’rtalaridan
6. Burgundiya qachon frank qirollari tomonidan bosib olingan?
A) 524-yil B) 534-yil C) 536-yil D) 548- yil
7. Franklar davlatida sud qarori bilan undirilgan jarimalrning qancha qismi qirol xazinasiga yuborilgan?
A) 1/2 qismi B) 1/3 qismi C) 1/4 qismi D) 2/3 qismi
8. Franklar soliq tartiblarini kimlardan qabul qilganlar?
A) rimlklar B) vizantiyaliklar C) slavyanlar D ) normannlar
9. Qirol Xilperik hukmronlik yillarini aniqlang.
A) 561-584- yillar B) 560-582-yillar C) 565-588- yillar D) 561-586-yillar
10. Franklarda ,,tungin’’ atamasi kimlarga nisbatan ishlatilgan?
A) qabila oqsaqoli B) qaram kishi C) viloyat boshlig’i D) yuzboshi
III. Dars usuli DEBAT-MUNOZARA YOKI SAVOL-JAVOB
IV. Yangi mavzuni tushuntirish;
Mavzu rejasi:
-
Buyuk Karl
-
Italiya va Ispaniya urushlari
-
Sakslarga qarshi urushlar
-
Franklar imperiyasi
-
Davlat boshqaruvi
-
Franklar imperiyasining inqirozi
Yangi mavzuni tushuntirishda Buyuk Karl , unung faoliyati va ItaliyaIspaniya va sakslarga qarshi olib borgan urushlari haqidagi tushunchalarni darslikdagi mavzu doirasida amalga oshiriladi.
Buyuk Karl (742-814). Karl sulola asoschisi Pipin Pakananing (714-768) o’g’li bo’lib, Franklar qirolligini (800-yildan imperiyasini) 46 yil (768-814) boshqargan. “Buyuk” nomi unga tarixchilar tomonidan 53 ta harbiy yurishga boshchilik qilib, yirik saltanat tuzgani, budavlatda yangi qonunlar tuzgani, maorif va madaniyatga asos solgani uchun berilgan. Karl haqida ko’plab tarixiy asarlar, afsonalar, rivoyatlar va qo’shiqlar yaratilgan. Uning ismidan “korol” , ya’ni “qirol” unvoni kelib chiqqan.
Mavzuga oid muhim tarixiy sanalar;
-- 714-768-yillar …
-- 742-814-yillar …
-- 768-814-yillar …
-- 773-yil …
-- 778-yil …
-- 772-804-yillar …
-- 800-yil …
-- 843-yil …
Mavzuga oid muhim tarixiy shaxslar;
-- Buyuk Karl
-- Pipin pakana
-- Dezideriy
-- Roland
-- Lev III
-- Horun ar-Rashid
Mavzuga oid muhim tarixiy atamalar;
-- korol
-- langobard
-- Ispan markasi
-- ritsar
-- feod
-- feodal
-- gersog
-- graf
-- “Sali haqiqati”
Darsni 5 guruhga bo’lib, har bir guruhga mavzuga doir savollar beri boriladi:
Birinchi savol:
Franklar qiroli Karl hukmronligi davomida jami nechta harbiy yurishga boshchilik qilgan?
Ikkinchi savol:
Langobardlar qiroli Dezideriy mag’lub etilganidan so’ng, sochi olinib qaysi monastirga yuborilgan?
Uchinchi savol:
Arab xalifaligining bir qismi bo’lgan Ispaniyaga qarshi Buyuk Karl qachon harbiy yurish qilgan?
To`rtinchi savol:
Buyuk Karlning jiyani, graf Roland qachon va qayerda bo’lgan jangda vafot etgan?
Beshinchi savol:
Buyuk Karl saks qabilalariga qarshi qaysi yillarda urush harakatlarini olib borgan ?
Oltinchi savol:
Buyuk Karlning dastlabki muvafaqqiyatsiz harbiy yurishi qayerga bo’lgan?
Ettinchi savol:
Buyuk Karl istilolari paytida sakslar qaysi hududda yashar edilar?
Sakkizinchi savol:
Buyuk Karl tmonidan tuzilgan Ispan markasi qaysi davlat chegaralariga tutashgan edi?
To`qqizinchi savol:
Buyuk Karl qachon imperorlik tojini kiygan?
O`ninchi savol:
Franklar davlatida yirik qabilalar dastlabki paytlarda kimning tomonidan boshqarilan?
O`n birinchi savol:
Franklar davlatida graflar hokimiyatining kuchayishiga nima sabab bo’lgan?
O`n ikkinchi savol:
Buyuk Karl nabiralari o’rtasida Franklar davlatini o’zaro bo’lib olish to’g’risidagi shartnoma qaysi hududda va qachon imzolanilgan edi?
O`n uchinchi savol:
Varvar yo’lboshchilari ichida kim birinchi bo’lib xristianlikni qabul qilgan?
O`n to`rtinchi savol:
Qaysi qirol davrida franklarda an’anaviy xalq lashkari o’rniga otliq ritsarlar qo’shini vujudga kelgan?
O`n beshinchi savol:
G’arbiy Yevropada qachon feodaal tarqoqlik davri boshlangan edi?
V O’rganilgan mavzuni mustahkamlash;
1. Savol – javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.
Sinf o’quvchilarini 5 guruxga bo’lib, quyidagi topshiriqlar beriladi.
1-guruxga:
Buyuk Karl, Pipin Pakana, Dezideriy va graf Roland kim bo’lgan?Markgraf --bu ...
2-guruxga:
Langobard -- bu ... Saks qabilalari -- bu ...
“ Rim imperiyasining yangilanishi ” iborasi nimani bildiradi?
3-guruxga:
Quyidagi hujjatni o’qib chiqib, mazmunini gapirib bering.
Buyuk Karlning “ Saksoniya viloyatlari haqidagi ” kapitulyariysidan (775 –795-illar).
3. Kimki kuch bilan ibodatxonaga bostirib kirsa, undan ochiqchasiga yoki yashirinchasiga biror narsani olsa, ibodatxonga o’t qo’ysa -- o’limga hukm etilsin ...
7. Kimki ma’jusiylik dini udumlariga binoan marhumning tanasini yondirib suyagini kulga aylantirsa -- o’limga hukm etiladi ...
8. Sakslarga mansub biror kishi, cho’qintirishdan bosh tortsa , o’z dinida qolishni xohlab cho’qintirish marosimiga kelmasa u o’limga hukm etiladi ...
Ritsar --... Feod -- ... Gersog -- ... Graf -- ...
5- guruxga:
Izoxlab bering. Karl qo’shinlari tomonidan bosib olingan hududlarni yozuvsiz xaritaga tushiring va so’zlab bering.
2. Guruxlarda ishlash yakunlarini chiqarish.
V. Darsni yakunlash.
1. O’quvchilar bajargan yozma ish va og’zaki javoblar uchun qo’yilgan baholari e’lon qilinadi.
2. Yuzaga kelgan savollarga javob qaytariladi.
VII Uyga vazifa .
-
O’rganilgan mavzu savollariga javob tayyorlash.
-
Mavzudagi asosiy tushuncha va atamalarni faftarga yozish.
-
Yozuvsiz xaritaga Franklar imperiyasi hududini tushirib , hozirgi paytda bu hududlar qaysi davlatga tegishli ekanligini aniqlash.
-
O’tilgan mavzu bo’yicha har bir gurux 8 - 10 ta testlar tuzib kelish .
-
Keyingi darsda o’rganiladigan “ Muqaddas Rim imperiyasi ” mavzusi bilan tanishib kelish .
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. I. A. Karimov “XXI asr bo’sag’asida”
2. M . Boysov , R . Shukurov, “ O’rta asrlar tarixi “
3. A. Semyonov “ O’rta asrlar tarixi ”
4. 7 - sinf darsligi
Do'stlaringiz bilan baham: |