I.KIRISh
Meva va sabzavotlar – ko’pchilik vitaminlar, mineral moddalar,aromatik va
fiziologik aktiv moddalarning asosiy ma’nbai hisoblanib, insonning to’la qimmatli
oziqlanishida zarurdir. Meva va sabzavotlarni saqlash va qayta ishlash axolini
butun yil bo’yi bu mahsulotlar bilan ta’minlashning asosiy mezonidir.
Respublikamiz mustaqillika erishgach chikarilgan qator farmoyish va qarorlar
meva sabzavotlarni yetishtirish ularni saqlashning takomillashgan usullarini joriy
qilish va qayta ishlab sifatli ozukaviy mahsulotlar olishga qaratildi.
Ma’lumki serquyosh ulkamizda shirin va shakar meva-sabzavotlar kuplab
yetishtiriladi. Bundan mahsulotlar masalan quritilgan uzum, o’rik, qaroli xamda
qator sabzavotlarga bo’lgan talab va extiyoj ham ichki, ham tashqi bozorda
nixoyatda katta.
Meva va sabzavotlarni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarning ximiyaviy
tarkibi va sifatini baholash amaliy va nazariy jixatdan muximdir.
Meva va sabzavotlarni yetishtiruvchi, saqlovchi va qayta ishlovchi oldida
turgan asosiy maqsad faqatgina bu mahsulotlarni kuplab yetishtirish qayta ishlash
bulmasdan balki ularning ozuqaviylik xususiyatlarini (tashki kurinish, maza,
aromat, ximiyaviy moddalar – qand, azotli moddalar, kraxmal, vitaminlar, mineral
tuzlar) oshirishdir.
Ishlab chiqarish amaliyotida mahsulotning ayrim sifat kursatkichlarini
saqlash muxim va shart bo’ladi, masalan pomidorni qayta ishlashda – ya’ni undan
pyurs yoki sharbat tomat pasta olishda eriydigan quruq moddalarni aniqlash kerak
bo’ladi. Xozirgi davrda meva va sabzavotlarning sifat kursatkichlarini baxolashda
uzbek tilida qullanmaning yo’qligi quyidagi uslubiy qullanmaning chop etilishiga
sabab bo’ladi. Bu qullanma ishchi dastur asosida yaratildi, talaba meva va
sabzavotlarning ximiyaviy tarkibini ularning saqlanishining va birlamchi ishlov
mahsulotlarini tayyorlashda ushbu qullanmadan foydalanishi mumkin bo’ladi.
Avvalambor talaba meva sabzavotlarning sifat kursatkichlarini baxolash
uchun meva va sabzavotning yetilganlik darajasini aniqlaydi va taxlil uchun
o’rtacha na’muna olishni urganadi, chunki taxlil natijalari namunaning qanchalik
darajada to’g’ri olinganligiga bog’likdir.
Talaba nafaqat mahsulot sifatini baxolashni, balki meva sabzavotlar
saqlanayotgan omborxonadagi saqlanish jarayonini nazorat qilishni asboblarning
joylanishi va ulardan foydalanishni o’rganadi. Ma’lumki hom ashyo va tayyor
mahsulotdagi quruq moddalar universal sifat kursatkich hisoblanadi. Shuning
uchun talaba har bir mahsulotdagi quruq moddani aniqlashda ekspress
refraktometrik usulini o’rganishi zarur.
Meva-sabzavotlar tarkibida organik kislotalar muxim axamiyatga ega bo’lib
ularning mazasini belgilovchi hisoblanadi. Shuning uchun kislotalilik darajasini
zamonaviy fizika-ximiyaviy usullarni qullangan xolda o’rganishi kerak bo’ladi.
Bulardan tashqari uslubiy kursatma hom ashyolardan birlamchi ishlov
mahsulotlarini olishga katta e’tibor berilgan talaba laboratoriya sharoitida bodring
yoki pomidorni tuzlash, marinadlashning, tomat sharbati olishni, meva pyurelari
tayyorlashni ham o’rganadi va nihoyat mahsulotlarni saqlashda (olma, kartoshka
va boshqalar) miqdoriy yo’qotishlar. Sifati pasayishi xollari yoki mahsulotni xam
saqlashda iqtisodiy samaradorlikni hisoblashlarni xam o’rganadi. Ushbu uslubiy
qullanma meva sabzavotlarni saqlash va qayta ishlash texnologiyasi fanidan
laboratoriya mashg’ulotlarini olib borishda yordam beradi.
Uslubiy kursatma haqida uzining fikr muloxozalarini bildirgan xodimlarga
minnatdorchilikni bildiramiz.