I BOB. BOZOR IQTISODIYOTI VA BIZNES
Tayanch so’z va iboralar:
bozor iqtisodiyoti, bozor iqtisodiyoti belgilari,
bozor munosabatlarini rivojlantiruvchi kuchlar, bozor iqtisodiyotiga o’tish
tamoyillari, tadbirkorlik va biznes, kichik biznes va tadbirkorlikning o’ziga xos
xususiyatlari, biznes reja ahamiyati va uning funktsiyalari.
1.1. Bozor iqtisodiyoti tushunchasi va uning belgilari
Hozirgi kunda har bir jamiyat a’zosining, ayniqsa tadbirkorlar oldida bozor
iqtisodiyoti qonuniyatlarini, uning O’zbekiston Respublikasida qanday amalga
oshirilayotganini, bu qonuniyatlarni ishlab chiqarishga tadbiq etishni, pirovard
natijada talab darajasida tovar ishlab chiqarishni va xizmat ko’rsatishni yo’lga
qo’yishning sirlarini bilib olish kabi dolzarb vazifalar ko’ndalang bo’lib turibdi.
Bozor iqtisodiyoti – tovar-pul munosabatlariga asoslangan va ularga xos
iqtisodiy qonunlar asosida boshqariladigan iqtisodiyot turidir.
Boshqacha qilib aytganda, yer yuzasidagi barcha rivojlangan mamlakatlarda
mavjud bo’lgan erkin tadbirkorlik xukmron joylarda iqtisodiyotning asosiy turi
hisoblangan, mustaqil iqtisodiy faoliyat asosida kishilarning ehtiyojlarini qondirish
uchun zarur tovar ishlab chiqarish hamda tovarlarning oldi-sotdisi sotuvchi bilan
xaridorlarning erkin, ixtiyoriy munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotdir.
Bozor iqtisodiyotining tub belgilari quyidagilardan iborat:
1.
Iqtisodiy plyuralizm, ya’ni mulkchilik shakllarining va xo’jalik
yuritishning turli-tuman bo’lishidir. Bunda turli shakaldagi mulklar erkin, yonma-
yon va teng huquqli tarzda rivojlanadi. Xo’jalik yuritishning yakka tartibda, jamoa-
uyushmaga birikkan holda, sherikchilik-paychilik yoki aktsionerlik asosida o’z
mablag’iga yoki qarzga olingan mablag’larga tayanib ish yuritish kabi shakllaridan
keng foydalaniladi.
2.
Bozor iqtisodiyoti –erkin iqtisodiyotdir. Bunda mulk egalarining to’la
mustaqilligi tushuniladi.
15
3.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida o’zaro munosabatlar manfaatlarni ko’zlagan
holda o’rnatiladi.
4.
Bozor iqtisodiyotining yana bir belgisi-narxlarning liberallashuvi, ya’ni
narx-navoning erkin tashkil topishidir. Aksariyat tovar va xizmatlar narxlari
bozordagi talab va taklif nisbati asosida xaridor va sotuvchining kelishuviga
binoan yuzaga keladi.
5.
Muhim belgilardan yana biri bu – raqobatdir. Zamonaviy bozor
iqtisodiyotida, birinchidan manfaatlar to’qnashib raqobat yuz bersa, ikkinchidan
suhbatlar o’z faoliyatini, binobarin manfaatlarni ham muvofiqlashtirishga
intiladilar.
Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari jumlasiga har xil shakldagi mulk resurslar
egalarini, firma, korxona, tadbirkorlarni, davlat mahkama va idoralari kiradi.
Iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar o’rtasida ishonchli raqobat mavjud
bo’sagina bunday oldi-sotdilar uzoq davom etadi va har ikkitomon ham manfaat
topadi. Shuning uchun raqobat to’g’ri va halol bo’lishi lozim.
6.
Bozor iqtisodiyotida raqobatdan tashqari bozor regulyatorlari (tartibga
soluvchi vositalar) mavjudligi uning muhim belgilaridan biridir. Ular bozordagi
o’zgarishlarni ishlab chiqaruvchilarga yetkazib, ularning bozorga moslashuvini
ta’minlaydilar. Masalan, marketing orqali ishlab chiqarish iste’molga bog’lanadi.
7.
Bozor iqtisodiyotining o’ziga xos ijtimoiy adolat qoidalari bor.
Iqtisodiyotdagi resurslar miqdori, ularning samarasiga qarab ishlab chiqilgan tovar
va xizmatlarni taqsimlash va shunga mos ravishda daromadga ega bo’lish, yuqori
turmush darajasiga erishish adolat hisoblanadi. Ammo adolat hammani
tenglashtiradi degan emas, balki jamiyatning tabaqalashuviga olib keladi. Iqtisodiy
sub’ektlar o’z mehnatlariga tadbirkorligiga va mulkiga qarab ularning daromadi,
turmush darajasi va jamiyatdagi mavqei bir-biridan farqlanadi.
8.
Bozor iqtisodiyoti moslashuvchan iqtisodiy tizimdir. U sharoit o’zgarishiga
darhol javob bera oladi. Bozorda nima yetishmasa, shuni ishlab chiqarishga va
iste’molchi talabini qondirishga undaydi.
16
9.
Bozor iqtisodiyotining yana bir muhim belgilaridan biri novatsiyaga
(yangiliklarga) moyillikdir. U fan-texnika yangiliklarini tezda qabul qiladi, yangi
texnologiyalarni qo’llash orqali tovarlar sifatini oshirishga, tannarxni pasaytirishga
xizmat qiladi.
Lekin bozor iqtisodiyotining o’ziga yarasha salbiy jihatlari ham mavjuddir. U
millionlab ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar faoliyati bo’lgani uchun
tarqoqlik xarakteriga ega bo’lib, davlat va jamoatchilik ishtiroki cheklanganligi
sababli tabiat muhofazasini, ekologik muvozanatni izdan chiqarishi mumkin.
Jamiyat uchun zarur bo’lgan, lekin katta mablag’ talab etadigan, qaytishi
sekin boradigan inshootlar qurilishini, fundamental fan, kelajak uchun muhim
izlanishlar uchun ketadigan harajatlarni bozor iqtisodiyoti alohida sub’ektlari
yoqtirmaydi. Bundan tashqari bozor iqtisodiyoti siklli ravishda rivojlangani sababli
yuksalishlar bilan birga inqirozlar ham paydo bo’lishi mumkin.
Shunday qilib bozor munosabatlari iqtisodiyotning jadal rivojlanishini
ta’minlovchi uchta kuchni yuzaga keltiradi.
1.
Iqtisodiy faoliyat erkinligi – bu, tadbirkorlik uchun keng imkoniyatlar
beradi.
2.
Raqobatlar kurashi – bu, kim o’zdi qoidalarini yuzaga keltiradi va
novatsiyaga undaydi, mehnat unumdorligini oshirishga, qattiq mehnat intizomiga
olib keladi.
3.
Daromadlarning cheklanmaganligi – bu qo’shimcha daromad topishga
intilishni paydo qiladi.
Bozor
iqtisodiyotida
xususiy
mulkchilik,
iqtisodiy
jarayonlarni
uyg’unlashtirishda talab va taklif qonunlariga amal qilish bilan bir qatorda har bir
mamlakatning o’z yo’li mavjud bo’lib, bunga uning milliy kelib chiqishi,
joylashgan hudud va boshqa omillar sabab bo’ladi.
Bozor iqtisodiyotining eng muhim xususiyatlaridan biri, shubhasiz, uning
ijtimoiy ishlab chiqarishni demokratlashuvini, aholi bandligini ta’minlashi, biznes
va tadbirkorlikka keng yo’l ochish bo’lib hisoblanadi.
17
Biznes atamasi ingliz tilidagi “bisiness” so’zidan olingan bo’lib, “ish”
ma’nosini anglatadi. Biznes bilan shug’ullanuvchi kishilarni “biznesmen”, ya’ni –
“ishbilarmonlar” deb yuritiladi.
Agar biznesning asosiy sharti biron bir foydali ish qilish bo’lsa, biznesning
o’zi bozor iqtisodiyotining asoslaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |