Ta’lim dasturi -
o’quv fanlarining bakalavriat yo’nalishlari yoki magistratura
mutaxassisliklariga qo’yiladigan malaka talablariga muvofiq kadrlarning zaruriy va
etarli darajadagi tayyorgarligini ta’minlovchi, bloklarga jamlangan ro’yxati.
Ta’lim menejeri
— ta’lim muassasasini zamonaviy menejment qonunlariga
muvofiq boshqaruvchi mutaxassis.
Ta’lim metodi
— o’qituvchining ta’lim oluvchilar bilan muntazam qo’llaydigan,
ta’lim oluvchilarga o’z aqliy qobiliyatlarini va qiziqishlarini rivojlantirish, bilim va
ko’nikmalarni egallash hamda ulardan amalda foydalanish imkonini beruvchi ish
usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: |