Oliy ta’lim -
uzluksiz ta’limning yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi
mustaqil turi bo’lib, u oliy ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori -
oliy ma’lumotli
kadrlar tayyorlash uchun bakalavriat ta’limi yo’nalishlari va magistratura
mutaxassisliklarining tizimlashtirilgan ro’yxati.
Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti
- ta’limning bakalavriat muayyan
yo’nalishi yoki magistratura mutaxassisligiga qo’yiladigan malaka talablari, ta’lim
mazmuni, bakalavr yoki magistr tayyorgarligining zaruriy va etarli darajasini,
kadrlar tayyorlash sifatini baholash darajalarini belgilaydigan me’yoriy hujjat.
Pedagogika
– ta’lim-tarbiyaning nazariy va amaliy masalalarini o’rganuvchi
fan bo’lib, u barkamol insonni voyaga etkazish maqsadlariga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |