TT = Ptex. + TV + dasturiy ta’lim (DT)
Dasturiy ta’lim – ta’lim maqsadlarining aniqlanishi, ta’lim
jarayonini umumiy loyihalash, tinglovchilar tomonidan
nazariy bilimlarning o‘zlashtirilishi ehtimolini oldindan
tashhislash, ta’lim jarayonining samaradorligini aniqlash,
ta’lim maqsadining natijalanganligini o‘rganish, faoliyat
natijalarini tahlil etish
TT = Ptex + TV + DT
60-yillarning o‘rtalarida bu tushuncha mazmuni chet el pedagogik
nashrlarda keng muhokamaga tortildi. 1961 yildan boshlab AQShda “Pedagogik
texnologiya” (Educational Technology), 1964 yildan Angliyada “Pedagogik
texnologiya va dasturli ta’lim” (Technology and programmed Learning).
Yaponiyada esa 1965 yildan “Pedagogik texnologiya” (Educational Technology)
jurnallari chop etila boshlandi. 1971 yilda xudi shu nomli jurnal Italiyada ham
chiqarila boshlandi.
Pedagogik texnologiya muammosining o‘ta dolzarbligi hisobga olinib,
uning ilmiy asoslarini tadqiq qilish maqsadida maxsus korxonalar tuzildi. Misol
207
uchun, 1967 yilda Angliyada pedagogik texnologiya Milliy Kengashi (National
council for Educational Technology) tashkil etildi va 1970 yildan boshlab
“Pedagogik texnologiya jurnali” (Journal of Educational Technology) chiqa
boshladi. AQShning qator universitetlari va ilmiy markazlarida ham pedagogik
texnologiya muammolariga jiddiy e’tibor berildi. 1971 yilda maxsus
“Kommunikatsiya va texnologiya Assotsiatsiya”si (Association for Educational
Communications and Technology) faoliyat ko‘rsata boshladi. Hozirgi kunda bu
tashkilotning barcha shtatlarda va Kanadada 50 dan ortiq filiallari ishlab turibdi.
Yaponiyada pedagogik texnologiya muammolari bilan to‘rtta ilmiy jamiyat
shug‘ullanmoqda, faol harakatdagi pedagogik texnologiya Markaziy
Kengashining 22 ta davlat universitetlarida markazlari mavjud. Har uch oyda
yapon tilida chiqadigan “Pedagogik texnologiya sohasidagi tadqiqotlar”
(Educational Technology Research) jurnallarida yirik olimlarning ilmiy ishlari
o‘z o‘rnini topmoqda. Yaqinda Umumyapon pedagogik texnologiya Markaziy
Kengashi (The Japanese Council of Technology Centers) tuzilib, bu sohada
xalqaro aloqalar o‘rnatish ishlari bilan mahur.
60-yillar o‘rtalari va 70-yillarning boshlarida AQSh, Angliya, Yaponiya,
Italiya kabi yuksak rivojlangan davlatlarda pedagogik texnologiyalar masalalari
bilan shug‘ullanuvchi jurnallar nashr etila boshlandi, keyinchalik bu muammo
bilan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va markazlar shug‘ullana boshladi.
AQShda 1971 yil – “Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar
bo‘yicha AQSh Assotsiatsiyasi” tuzildi. Hozirgi kunda mamlakat bo‘ylab va
Kanadada bu kengashning 50 ta filiallari ish olib bormoqda. AQSh da 1961 yilda
“Pedagogik texnologiya” jurnali (Yeducational Technology), 1971 yilda esa –
“Audiovizual o‘qitish” jurnali nashr etila boshlandi.
Angliyada 1967 yil - Pedagogik texnologiya bo‘yicha Milliy kengash, 1964
yildan
boshlab
“Pedagogik texnologiya va o‘qitishni dasturlashtirish”
(
Yeducational Technology progratted tearning
) jurnali, 1971 yilda – “Pedagogik
texnologiya” jurnali nashr etila boshlandi.
208
Yaponiyada - Pedagogik texnologiyalar muammolari bilan 4 ta ilmiy
tashkilotlar shug‘ullanadi. 1967 yilda “Pedagogik texnologiyalar bo‘yicha Milliy
kengash” tashkil etildi, uning filiallari 22 ta davlat universitetlarida joylashtirilgan.
1965 yildan boshlab Yapon tilida har uch oyda “Pedagogik texnologiya” jurnali va
ingliz tilida yiliga ikki marta “Pedagogik texnologiyalar sohasida tadqiqotlar”
jurnali nashr etiladi. Yaqinda “Pedagogik texnologiyalar bo‘yicha umumyapon
Markaziy kengashi” tashkil etildi, u muammolar bo‘yicha xalqaro aloqalar
o‘rnatish bilan ham shug‘ullanadi.
Italiyada – 1971 yili pedagogik texnologiyalar bo‘yicha Milliy markaz tashkil
etildi va “Pedagogik texnologiyalar” jurnali nashr etiladi.
Vengriyada - 1973 yili o‘qitish texnologiyasi Davlat Markazi tashkil etildi.
Didaktikaning bu yo‘nalishiga e’tibor nihoyatda oshib borishini 70-yillarda
o‘tkazilgan qator xalqaro konferensiyalar tasdiqlaydi. Shunday xalqaro
konferensiyalar 1966 yildan boshlab har yili bahorda Angliyada o‘tkazilib
kelinadi va anjuman materiallari “Pedagogik texnologiya jihatlari” (Aspects of
Educational Tec-hnology) nomida nashr qilinadi.
Yuqoridagi ma’lumotlarni keltirishni g‘arb davlatlari misolida yana ham
davom ettirish mumkin. Ko‘rsatib o‘tilganlarning o‘ziyoq pedagogik texnologiya
pedagogika nazariyasi va amaliyoti sohasidagi alohida hodisa sifatida diqqat
markazda turganligini, 60-yillardan boshlab chet ellarda yangi yo‘nalish sifatida
shakllanganligini ta’kidlab turibdi. Taxlillarning ko‘rsatishicha, bu davrda
pedagogik texnologiya ikki yo‘nalishda muhokama qilinadi va rivojlantiriladi:
birinchisi – o‘quv jarayoniga texnik vositalarini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lsa (shu
jumladan dasturli ta’limning texnik vositalari), ikkinchisi – o‘qitish texnologiyasi
masalalarini, ya’ni o‘quv materiallarni tahlil qilishdan tortib ta’lim jarayonini
turlicha nashrli va texnik vositalardan jamuljam foydalangan holda tizimli tashkil
etishga qadar bo‘lgan keng doiradagi muammolarni qamrab oladi.
Takrorlanadigan tuzilmani pedagogikada yaratish qiyin. Bunga o‘quv
(ta’lim-tarbiyaviy) vazifalarning xilma-xilligi, ta’lim mazmunining bo‘laklari
209
va o‘quv materiali turlarining har xilligi, ularni bilish faoliyati uslubining bir
xilda namoyen bo‘lmasligi va ko‘plab boshqa omillar to‘sqinlik qiladi.
Shunday bo‘lsada, AQShda taniqli olimlar B.Blum, D.Kratvol,
N.Gronlund, J.Kerroll, J.Blok, L.Anderson va boshqalar harakati bilan
rejalashtirilgan
natijalarga
erishishni
kafolatlaydigan,
takrorlanadigan
pedagogik tuzilmani o‘z ichiga olgan pedagogik texnologiya ishlab
chiqilgandi.
70-80- yillarda AQShda yuzaga kelgan pedagogik texnologiya oqimi
deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarga tarqaldi, YuNYeSKO kabi nufuzli
tashkilot ham qiziqa boshladi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, ta’lim
samaradorligini oshirishga texnologik yondashuv o‘ttiz yillar muqaddam
AQShda paydo bo‘lgan.
Pedagogik texnologiya (bu iborani birlamchi tushunishda) bixeviorizm
g‘oyalariga asoslanadi. Bu yo‘nalishning psixologiyadagi eng muhim qoidasi
organizmni qo‘zg‘atgich (stimulyatsiya) bilan uni bu qo‘zg‘atgichga javobi
o‘rtasidagi aloqa bir ma’noligining so‘zsiz tan olinishidir. Bu ta’lim jarayonini
tajriba-sinov tarzida o‘rganishga ham, bu jarayonni boshqarishga ham bir xilda
dahldordir. Biz organizmda sodir bo‘layotgan ichki jarayonlar (shu jumladan,
psixik jarayonlar to‘g‘risida ham) to‘g‘risida tashqi kuzatiladigan harakatlarni
tahlil qilmay turib hech narsa bila olmasligimiz, shubhasiz, dalil ekanligidan
kelib chiqsak, bixevioristlar kuzgatgich bilan javob ta’sir o‘rtasidagi aloqani
o‘rganish bilan cheklanadi. Bu cheklanish bixeviorizm ahamiyatini kamaytiradi,
chunki har qanday nazariya bevosita kuzatishdan yashiringan u yoki bu
qonuniyatlarni bilishni nazarda tutadi.
Pedagogik texnologiyaning asosiy tamoyillari va ularning mohiyatini bilish
mazkur jarayon haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi.
Pedagogik texnologiya umumiy didaktik tamoyillarga ega bo‘lishi bilan birga,
quyidagi aynan o‘zigagina xos bo‘lgan tamoyillarga ham ega (9.2-rasm):
210
Do'stlaringiz bilan baham: |