Ismailova Zukhra Karabayevna, Maxsudov Po’lat Maxsudovich, Ergashev Oybek Karimovich


 O‘z sohasi bo‘yicha zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish;  2



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/222
Sana01.01.2022
Hajmi3 Mb.
#291914
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   222
Bog'liq
Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi

1.
 O‘z sohasi bo‘yicha zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish; 
2.
 Sohaga oid mavjud bilimlarini doimiy ravishda mustaqil oshirib borish, 
ya’ni mustaqil ta’limga tayyor bo‘lish; 
3.
 Sohaga innovatsiyalar kiritish uchun mustaqil izlanish va ijod  
qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lish; 
4.
 O‘z vaqtini rejalashtirish, boshqarish va o‘z faoliyatini tashkil  
etish ko‘nikmasiga ega bo‘lish. 
Ta’lim  tizimiga  kredit  texnologiyasini  kiritishdan  maqsad  ta’limning 
shaffofligini  va  akademik  bilimlarni  hamda  kvalifikatsiyani  tan  olishni 
osonlashtirish bo‘lib hisoblanadi.  
Dastlab  kredit  chetdan  kelib  o‘qiyotgan  tinglovchilar  uchun  ishlatilgan  va 
unga  ishonch  bildirilgan.  Oliy  ta’lim  muassasalari  uchun  yagona  kreditlarni 
o‘rnatilishi ta’lim oluvchilarning mobilligini ta’minlashga yordam beradi. Bugungi 
kunda yevropa kredit tizimi Yevropaning deyarli barcha davlatlarida tan olingan va 
amal  qiluvchi  tizimdir.  Ta’lim  oluvchi  o‘rnatilgan  kredit  ballarini  to‘plagan 
taqdirdagina diplom olishga muvaffaq bo‘ladi. 
      Keyingi 
yillarda 
O‘zbekiston  Bolonya  deklaratsiyasiga  qo‘shilishni 
rejalashtirmoqda,  bu  esa  xalqaro  bozorda  oliy  ma’lumotli  mutaxassislarning 


 
196 
raqobatbardoshligini  oshirishdir.  Ushbu  masala  davlat  rahbari  tomonidan 
tasdiqlangan  Harakatlar  strategiyasini  amalga  oshirish  doirasida  ko‘rib  chiqilgan. 
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ushbu deklaratsiyaga amal qilish milliy oliy ta’lim 
tizimining  jahon  amaliyoti  bilan  uyg‘un  rivojlanishiga  xizmat  qiladi  va  kadrlar 
tayyorlash sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi. Harakatlar strategiyasida ijtimoiy 
sohaning 
muhim 
vazifalaridan 
biri 
uzluksiz 
ta’lim  tizimini  yanada 
takomillashtirish,  yuqori  sifatli  ta’lim  xizmatlaridan  foydalanish  imkoniyatlarini 
oshirish  va  mehnat  bozorining  zamonaviy  talablariga  muvofiq  yuqori  malakali 
kadrlar  tayyorlashni  belgilaydi.  Masalan,  o‘quv  muassasalarini  qurish, 
rekonstruksiya  qilish  va  mukammal  ta’mirlash,  zamonaviy  o‘quv  va  laboratoriya 
uskunalari,  kompyuter  jihozlari  hamda  o‘quv  adabiyotlari  bilan  jihozlash  orqali 
o‘quv muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha maqsadli 
chora-tadbirlarni  amalga  oshirish  ko‘zda  tutilgan.  2030  yilgacha  oliy  ta’lim 
tizimini  tubdan  takomillashtirish  konsepsiyasini  ishlab  chiqish,  o‘quv  dasturlarini 
yanada takomillashtirish, pulli xizmatlar ko‘rsatish va qo‘shimcha moliyalashtirish 
manbalarini  topish  orqali  ularning  vakolatlarini  kengaytirish  orqali  oliy  ta’lim 
muassasalarining mustaqilligini bosqichma-bosqich rivojlantirish rejalashtirilgan. 
O‘zbekistondagi  oliy  ta’lim  tizimini  Bolonya  deklaratsiyasiga  kirishi  uchun 
qo‘yidagi  dastlabki  talablar  qo‘yildi va quyidagi ishlar bajarilmoqda: 

 
ikki bosqichli oliy ta’lim-bakalavriat va magistratura; 

 
o‘quv  jarayoni  va  o‘qitish  natijalarini  baholash,  ESTS  kredit 
texnologiyasi asosida tashkil etilishi. 
O‘zbekistonda  o‘quv  jarayonini  tashkil  etishning  ECTS  kredit 
texnologiyasiga  o‘tishda quyidagi maqsadlar ko‘zlanadi: 

 
xorijda o‘qishni davom ettirish uchun oliy o‘quv yurtini tanlashda shart-
sharoit yaratish; 

 
O‘zbekistonda  ta’lim  olgan  muddatini  xorijiy  davlatlarda  tan 
olinishini ta’minlash; 

 
Yevropa  oliy  o‘quv  yurtlari  o‘quv  rejalarini  o‘rganish  va  shu  asosida 
o‘quv jarayonini takomillashtirish; 


 
197 

 
talabalar  qobiliyatini  to‘laroq  ochilishiga  va  o‘qitishning  yuqori  natijalariga 
erishish; 

 
diplomlarni o‘zaro tan olinishiga erishish.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish