6.2. Mustaqil ishlarni tashkil etish maqsad va vazifalari, shakllari.
Talabalarning ta’lim olishda an’anaviy o‘kitish usulidan mustaqil faoliyatiga
katta e’tibor berib borish asosiy yetakchi g‘oyadir. Mustaqil ta’lim talabalarga
bilim berishda bu talabani o‘z holiga tashlab quyish emas, balki o‘qituvchi
tomonidan muntazam boshqariladigan talabalarning mustakil faoliyati hisoblanadi.
Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, har bir o‘qituvchi faqatgina o‘zining
fanini asosiy deb hisoblamasdan, talabaning mustaqil ta’limga ajratilgan vaqti
o‘quv rejadagi barcha fanlar uchun ajratilganligini esdan chiqarmasligi kerak, aks
holda talabalarga keragidan ortiq berilgan vazifa mustaqil ta’limdan ko‘zlangan
ijobiy natija o‘rniga, aksincha salbiy natijaga olib kelishi mumkin.
Talabalarning mustakil ta’limidan asosiy maqsad quyidagilardan iborat:
•
yangi bilim olish usullarini egallash, jarayonlarni mustaqil tahlil qila olish;
•
auditoriyadagi
mashg‘ulotlarda
olgan
bilimlarini
mustahkamlash,
chuqurlashtirish, kengaytirish va tartibga solish;
•
me’yoriy-hukukiy xujjatlar, texnik ma’lumotlar va maxsus adabiyotlar bilan
ishlashni o‘rganish;
•
o‘kuv materiallarini mustakil o‘rganish ko‘nikmasini shakllantirish;
•
faolligi, bilim orttirishi, ijodiy tashabbusi, mas’uliyatiligini rivojlantirish;
•
olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishga o‘rgatish;
•
mustakil fikr yuritish, o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z rejasini amalga oshirishni
shakllantirish;
•
tadqiqot o‘tkazish qobiliyatini rivojlantirish.
Talabalar mustaqil ta’limining asosiy vazifasi mustaqil ravishda ma’lumotlar
topish usuli bilan bilim olishni rivojlantirish, o‘kuv jarayoniga ijodiy yondashishga
faol qiziqishni shakllantirishdan iborat. Talabalar mustakil ravishda hisob-grafik
ishi, kurs ishi, kurs loyihasi, bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyalarini
134
tayyorlayotganlarida qo‘yilgan muammolarni chuqur tahlil qilib, o‘zlarining
mustaqil asoslangan fikr va xulosalarini chiqarishlari kerak bo‘ladi.
Mustaqil ishlar didaktik maqsadi, vazifasi, murakkablik darajasi, kimga
(individual yoki jamoa uchun) mo’ljallanganligiga qarab, bir-biridan farq qiladi.
Mustaqil ta`lim jarayonida tanlangan mavzularning ilmiyligi, tizimliligi hamda
o’quv materiallarining qiziqarliligi, amaliyot bilan bog’liqligi, fanlararo
aloqadorligi, shuningdek beriladigan mustaqil ishlar va topshiriqlarning ijodiy
xarakterga egaligi muhimdir. Uning nazariy, amaliy, ilmiy, metodik va pedagogik
asoslari tahlil qilini, samarali shakllari, vositalari tanlansa, ijobiy natijalarga
erishish mumkin. Bunda o’tiladigan mavzuning amaliyot bilan uzviyligi, ilmiyligi
va o’quv materiallarining qiziqarliligi, mavzularning tizimliligi, topshiriq hamda
vazifalarning ko’p qirraliligi, o’zaro bog’liqligi muhim o’rin tutadi.
Talabalar mustaqil ta`lim olishlari jarayonida qo’shimcha adabiyotlarga
murojaat qiladi, o’tilgan mavzularni qayta ko’rib chiqadi. Ko’pgina talabalar uyga
berilgan ma`ruza matnlari ustida ishlaydilar, ma`ruzalar, referatlar tayyorlashda
ilmiy-ommabop, davriy nashrlardan foydalanadilar.
Pedagogik hamda texnik-texnologik mustaqil ishlarda ob`ektiv, aniq
pedagogik va ishlab chiqarish muammolarini aks ettiradi. O’qituvchi
o’rganilayotgan pedagogik hodisalar va ishlab chiqarish jarayonining o’zaro zid
xususiyatlarini aks ettirish uchun muammoli vaziyatdan foydalansa, ob`ektiv
muammo o’quv muammosiga aylanadi. Talabalar uchun tushunarli bo’lgan o’quv
pedagogik va ishlab chiqarish jarayoni muammolari o’quv topshirig’i sanaladi.
O’quv topshirig’i muammosi fikrlash faoliyatini faollashtirishga imkon
beradi, biroq ularning har biri ham ilmiy darajada pedagogik va psixologik
tushunchalarni mustaqil shakllantirishga olib kelmaydi. SHu bois pedagogik va
texnik-texnologik mustaqil ishlarni ishlab chiqishda o’quv muammolarining
didaktik xususiyatlarini hisobga olish zarur. Topshiriq to’g’ri ifoda etilsa, talaba
tomonidan ularning qabul qilinishi osonlashadi.
Mustaqil bilim olishda ko’pincha shartlari ifoda etilmagan topshiriqlarni
bajarishga to’g’ri keladi. Talaba masalani echar ekan, shartlarni o’zgartirish tartibi
135
bilan tanishadi, aniq bir muammoni tahlil qilish va o’quv-pedagogik yoki texnik-
texnologik masalani bajarishda mavjud ko’nikma hamda malakalardan
foydalanadi.
Bunday pedagogik hamda texnik-texnologik mustaqil ishlarni quyidagi
turlarga ajratish mumkin:
1.
Do'stlaringiz bilan baham: |