Ismailova Zukhra Karabayevna, Maxsudov Po’lat Maxsudovich, Ergashev Oybek Karimovich



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/222
Sana01.01.2022
Hajmi3 Mb.
#291914
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   222
Bog'liq
Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi

maqsad
 bo’lmay, balki 
vositadir
. Qo’llanmani ko’rsatish emas, 
balki u bilan ishlash kerak. 
O’rganilayotgan materialning mazmuni va darsga ajratilgan vaqt taqozo etgan 
hollardagina  ko’rsatma  qo’llanmani  namoyish  qilish  tavsiya  etiladi.  darsda 
namoyish  qilinadigan  qo’llanmalar  soni  talabalar  o’quv  materialini  sifatli 
o’zlashtirishi  uchun  optimal  bo’lishi  lozim;  darsda  qo’llanmalardan  haddan 
tashkari ko’p foydalanish yaramaydi. 
Namoyish  qilinayotganlarni  idrok  etish  jarayonida  talabalar  sezgi 
organlarining (analizatorlarining) ko’rish, eshitish, sezish, zarur hollarda esa ta’m 
bilish va hid bilish organlarining ko’pini jalb etish kerak. 
O’qituvchi so’zi bilan  ko’rsatmalilikning  to’g’ri qo’shib  olib borilishi  katta 
ahamiyatga  ega.  Ko’rsatma  qo’llanmalarni  idrok  etishning  asosi  birinchi  signal 
sistemadir,  ammo  ikkinchi  signal  sistemaning  signallariga  tartibga  soluvchi  ta’sir 
etadi. Har qanday ko’rsatma qo’llanmalar namoyish qilinganda  hamma vaqt izoh 
berib  turiladi.  Ana  shu  izoh  ta’lim  oluvchining  e’tiborini  qo’llanmadagi  aosiy  va 
muhim  tomonlarga  qaratishga,  kuzatilayotgan  model,  ob’ekt  yoki  hodisalardan 
ularning mohiyatini tashkil etuvchilarni ajrtib olishga yordam beradi. Qo’llanmani 
namoyish qilishdan oldin nimani va qanday maqsadda ko’rishlari to’g’risida ta’lim 
oluvchilarga aytib o’tish zarur. 
Ko’rsatmalilik  vositalari  ichida 
o’quv  xona  doskasiga  chiziladigan  rasm
 
katta o’rin tutadi. O’qituvchi chizgan rasmlar talabalarning bilimlarni o’zlashtirish 


 
122 
jarayonini  osonlashtiradi  va  umumkasbiy  hamda  maxsus  fanlar  darslarida  keng 
tatbiq  etiladi.  Yaxshi  chizilgan  rasmlar  va  sinf  doskasidan  to’g’ri  foydalanish 
ko’rsatmalilikning boshqa vositalari bilan birga talabalarning faktlarni, hodisalarni, 
voqealarni esda olib qolishlariga, to’g’ri tushunishlariga yordam beradi. O’qituvchi 
materialni bayon etish vaqtida doskaga grafik, chizma yoki sxemalar chizish yo’li 
bilan  jarayoni  dinamikada,  masalan,  ichki  yonuv  dvigatelida  sikllar  nabatlashib 
kelishini,  jihozlarning  ulanish  tartibini,  kimyoviy  apparatda  jarayonning  borishini 
va shu kabilarni ko’rsata oladi. Og’zaki bayon bilan doskaga chizilgan rasmlarning 
mosligi materialning talabalar xotirasida puxta mustahkamlanishiga yordam beradi 
va mashg’ulotlarni qiziqarli hamda samarali qiladi. 
O’qituvchi  doskadan  qanday  foydalanishni  bilishi  kerak.  Yangi  materialni 
o’rganishda  mavzuni  va maxsus terminlarni doskaga  yozib qo’yish  lozim. Ayrim 
terminlarni  yoki  rasmning  ayrim  qismlarini  ajratib  ko’rsatish  uchun  rangli 
bo’rlardan  foydalavish  zarur.  Doskada  tasvirlash  uchun  murakkab  bo’lmagan 
rasmlar tanlash kerak. Agar doskada murakkab rasmni ko’rsatish zarur bo’lsa, uni 
oldindan  chizib  qo’yish  darkor.  Rasmlarning  yozuvlarini  talabalar  qiynalmay 
o’qishlari uchun ular yirik harflar bilan yozilishi darkor. 
Rasmlar doskaga tez va bexato chizilishi lozim, bunga esa jiddiy mashg’ulot 
va mashqlar natijasida erishish mumkin. 
Tarqatma  material
  -  talabani  darsda  individual  harakat  qilishi  uchun 
ishlatiladigan  o‘quv  materiallari  majmuidir.  Tarqatma  materiallar  murakkab  yoki 
sodda,  shuningdek,  o‘tiladigan  mavzu  doirasida  ishlab  chiqilgan  uslubiy  material 
ham bo‘lishi mumkin. Ular talabalarni nafaqat mustaqil ishlashi uchun, balki ularni 
juft-juft bo‘lib yoki kichik guruhlar shaklida bilim olishlariga sharoit yaratadi. 
Tarqatma  grafik  material
 
— bosma qo‘llanmaning bir turi bo‘lib, o‘quvchi 
mustaqil ishlashi uchun tasvir tushirilgan kartochka ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. 
Tarqatma  grafik  material  o‘quvchi  yoshiga  va  qiziqishlariga  mos  voqeilikni 
tasvirlovchi  kartochka  ko‘rinishida  bo‘ladi.  Kartochkalardagi  suratlarning  rang-
barangligi,  poligrafik  tomondan  sifatli  bo‘lishi  o‘quvchining  yozma,  og‘zaki 
tasvirlash  imkoniyatlarini  oshiradi  va  yaxshi  samara  beradi.  Suratlar  turli  xildagi 


 
123 
matnlar  bilan  boyitilishi  o‘quvchilarning  nutqiy  salohiyatini  yanada  oshiradi. 
Suratlar  asosida  kommunikativ  vazifalar  yuklatiladi.  Vazifalarning  keng 
kamrovligi,  ularning  qiyinlik  darajasi,  ish  xajmi  va  kartochkalarning  bir  biridan 
farqlanishi ushbu qo‘llanmaga yuklatilgan eng muxim uslubiy talablar hisoblanadi.
  
O’qitishning  axborot-texnika  vositalari 
deganda,  talabalarning  bilim, 
ko’nikma  hamda  malakalarni  o’zlashtirishini  osonlashtirish  va  uning 
samaradorligini  oshirish  hamda  o’qituvchining  talabalarga  bilim,  ko’nikma  va 
malakalar  berish,  ularni  mustahkamlash  hamda  tekshirib  ko’rish  borasidagi 
mehnatini  engillashtirish  uchun  foydalaniladigan  axborot-texnik  vositalar 
majmuasi tushuniladi. 
O’qitishnint  axborot-texnika  vositalari  jumlasiga  informatsiya  berishda 
foydalaniladigan  texnika  (videoproektorlar,  televizion,  hamda  kompyuter 
qurilmalari  va  shu  kabilar)  gina  emas,  balki  tegishli  texnika  bilan  birga 
foydalaniladigan o’ziga xos informasiya uzatuvchilarning o’zi (o’quv kinofilmlar, 
dasturlashtirilgan topshiriqlar va shu kabilar) ham kiradi. 
Maxsus  va  umumkasbiy  fanlarini  o’rganishda  ishlatiladigan  barcha  texnika 
vositalarini uchta asosiy guruhga birlashtirish mumkin: 

 
audiovizual  vositalar  (kinoproektsiya,  ovoz  yozib  olish,  televidenie, 
kompyuter, radio); 

 
trenajerlar;  

 
dasturlangan o’qitishning texnika vositalari. 
Talabalarga  o’quv  materialini  bayon  etish  jarayonida  o’qitishning 
audiovizual texnika vositalari eng ko’p ishlatiladi. 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish