Ismailova Zukhra Karabayevna, Maxsudov Po’lat Maxsudovich, Ergashev Oybek Karimovich



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/222
Sana01.01.2022
Hajmi3 Mb.
#291914
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   222
Bog'liq
Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi

 
mashq
 
talabalarning ko’nikma va malakalar hosil 
qilish  maqsadida  muayyan  amallarni  ko’p  marta  va  ma’lum  maqsadni  ko’zlab 
bajarilishini ko’zda tutadi. Umumkasbiy va maxsus fanlarni o’rganishga tadbiqan 
olganda,  mashqlardan  ko’zlangan  asosiy  maqsad  talabalarning  bilimlarini 
mustahkamlash  hamda  takomillashtirish,  ularda  olingan  bilimlarni  har  xil  ishlab 
chiqarish  masalalarini  echishga  tatbiq  etish  ko’nikmalari  hosil  qilishdan  iborat. 
Mashqlar  odatda,  dars  davomida  o’tkaziladi,  ular  o’quv  faoliyatining  barcha 
bosqichlari  uchun  xos  bo’lib,  o’quv  jarayonidagi  o’rniga  qarab  har  xil  didaktik 
vazifalarga ega bo’ladi va muayyan pedagogik talablarga javob berishi kerak. 
Mashqlarga  nisbatan  qo’yiladigan  zarur  talablardan  biri  ularning 
ma’lum 
maqsadga  qaratilganligidir. 
Talabalar  o’zlaridan  nima  talab  qilinishini  va  ular 
nimaga  intilishlari  kerakligini  aniq  tasavvur  qilganlari  taqdirdagina  muvaffaqiyat 
qozonishlari  mumkin.  Maqsadga  bunday  intilish  talabalarni  faollashtiradi, 
topshiriqni  bajarish  uchun  mavjud  bilimlarni  ijodiy  tatbiq  etishlariga  yordam 
beradi. 


 
111 
Mashqlarni  bajarishda  ta’lim  oluvchilarning  ma’lum  maqsadga  intilishlari 
ularning  yuqori  darajada  ongli  bo’lishini  nazarda  tutadi.  Ana  shundagina  o’zlari 
o’zlashtirgan qoidalarni yoki o’rgangan harakat usullarini o’z oldilariga qo’yilgan 
vazifani  hal  qilish  uchun  tatbiq  etibgina  qolmay,  balki  bu  qoida  va  usullarni 
o’zlarining  shaxsiy  misollari  bilan  tasdiqlay  oladilar,  bu  misollarni  berilgandan 
farq qiladigan boshqa sharoitda bajara oladilar. Ular nima uchun boshqacha emas, 
ana  shunday  qilayotganlari  sababini  tushuntirib  bera  oladilar.  Onglilik 
talabalarning  aqliy  kuchlarini  faol  zo’riqtirishlarini,  amaliy  ishlarda  tashabbus 
ko’rsatishlarini  nazarda  tutadi.  SHu  munosabat  bilan,  mashqlar  jarayonida 
talabalarning ongli ravishda maqsadga intilishlari to’g’risida gapirish mumkin. 
Mashqlardan ko’zda tutiladigan asosiy maqsad, talabalarda olingan bilimlarni 
o’quv-ishlab chiqarish masalalarini hal qilishda tatbiq etish ko’nikma va malakalar 
hosil  qilishdan  iborat.  Bu  hol,  tabiiyki,  o’q
uv  jarayoniga  mashqlarni  talabalar 
zarur bilimlar olganlaridan keyin kiritishni 
talab etadi. Bu talab barcha mashqlarga  
avvalo,  o’qitishning  boshlang’ich  bosqichlarida  o’qtkaziladigan  mashqlarga 
taalluqlidir. Ammo keyinroq, talabalar etarli darajada bilim va amaliy tajribaga ega 
bo’lganlaridan  keyingina  shunday  mashqlar  berish  mumkinki,  bu  mashqlarni 
bajarish uchun talabalarda zarur bilimlarning ba’zilari bo’lmaydi. Bunday hollarda 
mashqlar, mavjud bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish bilan bir qatorda, 
yangi bilimlarni o’zlashtirish vositasi bo’ladi. 
Fanni o’rganish vaqida o’tkaziladigan mashqlar majmui yaxshilab 
o’ylangan, 
pedagogik asoslangan tizim 
bo’lishi kerak. Mashqlar tizimi, avvalo, ulariing qat’iy 
izchilligini ko’zda tutadi. Har bir yangi ko’nikma, yangi malaka musthkam asosda 
rivojlanib,  o’quv  fani  tizimiga  kiritilgan  taqdirdagina  oson  hosil  qilinadi.  Ishning 
har bir yangi turiga talabalar o’zlarining bundan oldingi faoliyati bilan tayyorgarlik 
ko’radi.  Mashqlar  tizimi  murakkabligi  va  bu  mashqlarni  bajarishda  talabalarning 
mustaqillik darajasi sekin-asta ortib boradigan qilib tuzilishi lozim. 
 
Talabalarning  mustaqillik  darajasini  sekin-asta  oshirib  boruvchi  mashqlarni 
tanlashda, ularning xilma-xil bo’lishi kerakligini ham esdan chiqarmaslik zarur. Bu 
hol,  bir  tomondan,  talabalarning  qiziqishini  so’ndirmaslik  uchun,  ikkinchi 


 
112 
tomondan,  talabalarni  o’z  bilimlarini  har  xil  sharoitda  tatbiq  etish  usullariga 
o’rgatish uchun muhimdir. 
Bilimlarni  mustahkamlash  va  takomillashtirishning  hamda  mashqlar  jarayonida 
uquv  va

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish