Strategiya
— tashkilot, sohalar, hududlar, mamlakat, millat taqdiri uchun jiddiy
ahamiyatga ega bo’lgan, aniq
belgilangan maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan
asosiy harakatlarning uzoq, muddatli dasturi.
Taktika
— bosh maqsad yo’lida xususiy, orqali masalalarni hal qilishga
yo’naltirilgan harakatlarni tashkil qilish usuli.
Tarbiya
– 1. Ta’lim berib katta qilish, voyaga etkazish uchun qilinadigan
mehnat va g’amxo’rlik. 2. Ish-hunar, odob-axloq o’rgatishga va umuman kishining
g’oyaviy va ma’naviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan ta’lim tizimi. 3.
Parvarish, qarov: 1) tarbiyalab katta qilmoq, voyaga etkazmoq, o’stirmoq,
ulg’aytirmoq; 2) ilm-hunar bermoq, odob-axloq o’rgatmoq, tarbiyalab biror xislat-
fazilatni singdirmoq; 3) parvarish qilmoq.
Do'stlaringiz bilan baham: |