Pedagogik so’rov usuli
-
tadqiqotchining boshqa kishilardan pedagogic
tajribaning biror tomoni yoki hodisalar haqida axborot olish jarayoni bu usulning
asosini tashkil qiladi. So’rash usulida savollarning mantiqiy o’ylangan tizimini,
uning aniq foydalanishini, nisbatan kamchiligi (3-5 ta) nazarda tutiladi.
Shuningdek, qat’iy shakldagi javobni (“
ha”,”yo’q
”) ham taqazo etish ko‘zda
tutiladi.
Test savollari
- yoki anketa usuli ilmiy farazning yangiligini aniqlash, yakka
yoki guruh holdagi ta’lim oluvchilar fikrlarini, qarashlarini, qanday kasblarga
qiziqishlarini, kelajak orzu-istaklarini bilish va tegishli xulosalar chiqarish,
tavsiyalar berish maqsadida o’tkaziladi.
Test savollaridan ko’zlangan maqsad oz vaqt ichida takabalarning bilimlarini
yoppasiga baholashdir.
Mutaxasislarning bilimini va dunyoqarashini aniqlash uslublaridan biri-bu test
yordamidagi sinovdir.Test yordamida sinov talaba yoki mutahasisning bilimi, ilmi,
ma’naviyati hamda yoshlarning qaysi yo’nalish va mutahasislikka layoqati
borligini ,iqtidorini zudlik bilan aniqlash va baholashga imkonj beradi. Test
yordamida bilimlarni baholashning pedagogic nuqtaviy nazaridan yutuqlari va
kamchiliklari keltirilgan va baholash jarayononi EHM yordamida avtomatlashtirish
mumkinligi takidlangan. Test savollari va masalalarning aniqligiga sabab, uning
qisqa va lo’ndaligi, umumiy javoblar ivhida to’g’ri javobning borligi va ularning
talabalarga ko’rsatma bo’lib xizmat qilishi, uning topishmoqli o’yingga
o’xshashligi va javobni topishda xotira, ichki tuyg’u va topqirliklar qo’l kelishidir.
Test savollarini chop etish talabalarning mustaqil ishlashini yanada faollashtiradi.
Tajriba-sinov, eksperiment usuli
-
ushbu tajriba ta’lim-tarbiya jarayoniga
aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tatbiqiy jarayonlarini tekshirish,
aniqlash maqsadida o’tkaziladi.
Statistik ma’lumotlarni tahlil qilish usuli
– ta’lim sohasidagi, jumladan,
ta’lim oluvchilarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, OTM uchun ajratilgan
mablag’larning o‘zgarib borishi, darslik va o’quv qo’llanmalar, ko’rgazmali
vositalar, o’qituvchi kadrlar tayyorlash va ularning salohiyati, ta’lim
20
muassasalarining moddiy-texnik bazasi, innovatsion loyihalar va ulardan
tushayotgan mablag’lar va boshqalar statistika usuli orqali aniqlanib, tahlil
qilinadi.
Matematik va kibernetik usullar
– o’qitish nazariyasi amaliyotida axborot
texnologiyalari yordamida ma’lumotlarni to‘plash, ularga mattemaik ishlov berish,
bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish, elektron dasturli ta’lim va uni kompyuter
orqali
boshqarish,
masofaviy
o’qitish, baholash orqali ta’lim-tarbiya
samaradorligini oshirish, tabaqalashgan va individual ta’lim berish kabi
jarayonlardir.
Ijtimoiy tadqiqot usuli
– maxsus anketalar ishlab chiqilib, ularga tegishli
savollar kiritiladi. Bundan maqsad ta’lim oluvchilarning kasb-hunarga bo’lgan
qiziqishlarini, ular orasidagi do’stlik munosabatlarini, o’quv yurtidagi shart-
sharoitlarini bilish, yutuq va kamchiliklarini, tasavvuf ilmiga qiziqishlarini
aniqlash, ularning ma’naviy sifatlarini, bilim olishga ishtiyoqi, adabiyotlar bilan
ta’minlanganlik darajasi, o’quv taqsimoti, o’qituvchilarning bilim berish darajasi,
o’quv qo’llanmalarining sifati, kompyuterda mashg’ulot o’tkazish turlarini
o’rganish, ilmiy va kasbiy mahoratni oshirishdagi mashg’ulotlar turi, stipendiyalar
miqdori, stipendiyalar talabalarning qanchalik qoplashi, talabalarning haq
to’lanadigan ishlarda qatnashishi, ota-onalarining yordami, ularning ma’lumoti, ish
joyi, talabalar qo’p boradigan jamoat joylari, yashash joyi, ilmiy dunyoqarashining
shakllanishiga ta’sir etuvchi, mutaxasssi bo’lib yetishishida hal qiluvchi omillar,
talabalarninng onglilik darajasi, komil inson bo’lish uchun kerak bo’lgan
ma’naviy sifatlar, o’zlashtirganlik darajasi haqida savollar anketaga kiritiladi.
Savol-javolarning barchasi kompyuterda qayta ishlanadi va xuldosalar chiqariladi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan usullardan tashqari maxsus fanlarni o‘qitish
metodikasida tadqiqotning maxsus usullaridan ham foydalaniladi.
Tadqiqotning maxsus usullarida hodisa va jarayonlarni ob’ektiv miqdoriy
kattaliklarni olish maqsadida turli xildagi asbob-uskunalar va elektron jihozlar
ham qo’llaniladi.
Tadqiqotning maxsus usullari shartli ravishda uch guruhga bo’linadi:
21
Ish-harakatlarining natijaviy tafsilotini o’rganish (harakatlarni aniq
bajarish, sarflanadigan vaqt, ish unumi) ga bog’liq bo’lgan usullar;
Biomexanik usullar;
Do'stlaringiz bilan baham: |