1.1.
Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi fanining pedagogik fanlar
tizimidagi o‘rni.
O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va
ijtimoiy rivojlanishning o’ziga xos yo’lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va
mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo’ydi. “Ta’lim to’g’risida”gi
Qonunning joriy etilishi yangi o’quv rejalari, dasturlari, darsliklarni hamda
zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqishni va tadbik etishni takozo qildi.
Shu nuqtai nazardan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’lim jarayoni,
mazmunini isloh qilish asosan, me’yoriy xujjatlar majmuasi (davlat ta’lim
standarti, o’quv rejalari va dasturlari) asosida, kadrlarga ta’lim va tarbiya berish
milliy istiqlol g’oyalariga muvofiq amalga oshirilishi alohida ta’kidlab o’tilgan
Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi hamda O’zbekiston
Respublikasining ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning
iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustivor
sohadir.
Ta’limning uzluksizligi shunday ma’no beradiki, inson tug’ilgandan boshlab
to umrining oxirigacha ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’lsin.
Bunday tizim O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunida
o’z aksini topgan.
Oliy ta’lim
– uzluksiz ta’lim tizimining yuqori malakali mutaxassislar
tayyorlovchi mustaqil turi. U oliy ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Oliy
ta’lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydi.
10
Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash oliy o’quv yurtlarida (universitetlar,
akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta’lim muassasalarida) o’rta-
maxsus kasb-hunar ta’limi asosida amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim ikki bosqichga: davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy
ma’lumot to’g’risidagi hujjatlar bilan dalillanuvchi bakalavriat va magistraturaga
ega.
Bakalavriat
– o’rta-maxsus kasb-hanvr ta’limi negizida oliy ta’lim
yo’nalishlaridan biri bo’yicha fundamental bilimlar beradigan, o’qish muddati to’rt
yildan kam bo’lmagan tayanch oliy ta’lim;
Magistratura - a
niq mutaxassislik bo’yicha bakalavriat negizida kamida ikki
yil davom etadigan oliy ta’limdir.
Bakalavr, magistr
– oliy ta’limning tegishli bosqichiga muvofiq dasturlarni
muvaffaqiyatli o’zlashtirgan shaxslarga beriladjigan akademik darajalardir.
Oliy ta’lim o‘rta umumta’lim va kasb-hunar ta’limi negiziga asoslanib,
bakalavriat va magistratura bosqichiga bo‘linadi.
Bakalavriat mutaxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy bilim
beradigan, ta’lim muddati kamida to‘rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’lim
hisoblanadi.
Bakalavrlik dasturi tugallanganidan so‘ng bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi
yakunlariga binoan kasb bo‘yicha “bakalavr” darajasi beriladi va davlat tomonidan
tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini
beradigan diplom topshiriladi.
Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim
beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy
ta’lim hisoblanadi.
“Magistr” darajasini beradigan davlat malaka attestatsiyasi magistrlik
dasturining yakunlovchi bosqichidir. Magistrlarga davlat tomonidan tasdiqlangan
namunadagi, kasb faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan diplom
topshiriladi.
11
Ikki bosqichli oliy ta’lim tizimini tashkil etish va rivojlantirish uchun
quyidagilarni amalga oshirish zarur:
bakalavriat va magistratura uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish
va joriy etish;
oliy ta’lim muassasalari uchun professor-o‘qituvchi kadrlar tayyorlash, shu
jumladan xorijiy davlatlardagi etakchi o‘quv va ilmiy markazlarda
tayyorlash;
oliy ta’lim muassasalarida tarkibiy o‘zgartishlar o‘tkazish;
oliy ta’lim muassasalari boshqaruvini takomillashtirish, bu muassasalarning
mustaqilligini kuchaytirish, muassislar, vasiylar kengashlari, jamoat nazorat
kengashlari shaklidagi jamoat boshqaruvini joriy etish;
ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi ta’sirchan
mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
o‘qishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda masofaviy ta’lim
tizimi texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqish hamda o‘zlashtirish;
pedagogik va axborot texnologiyalari, tayyorgarlikning modul tizimidan
foydalangan holda talabalarni o‘qitishni jadallashtirish;
xalqning boy ma’naviy va intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar
asosida ta’limning insonparvarlik yo‘nalishini ta’minlash.
Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi fani pedagogikaning bir sohasi sifatida
boshqa bir qator fanlarga uzviy bog‘langan. Ushbu fan o‘zining rivojlanishida
psixologo-pedagogik, ijtimoiy-gumanitar va maxsus fanlar bilimlarining
zamonaviy yutuqlariga tayanadi.
“Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fani oliy ta’lim muassasalarida
umumkasbiy va maxsus fanlarini o‘qitishda talabalarga ta’lim berishning
berishning shart-sharoitlari, tashkiliy shakllari hamda metodlari, ularga oid
rejalashtiruvchi hujjatlar mazmuni bilan tanishtiruvchi, dars mashg‘ulotlarini
loyihalash va ularni o‘tkazish metodikasini ishlab chiqishni o‘rgatuvchi pedagogik
fan hisoblanadi. U o‘z oldiga har tomonlama barkamol rivojlangan, hozirgi zamon
ruhida tarbiyalangan, bozor iqtisodiyoti davrida ta’lim-tarbiya ishini tashkil etish
12
va uni amalga oshirishga oid dolzarb muammolarni ijobiy hal eta oladigan, milliy
istiqlol g‘oyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizni chuqur his etib, ularni
ta’lim-tarbiya mazmuniga singdira oladigan shaxs – maxsus fan o‘qituvchisini
tayyorlash bilan bog‘liq aniq maqsadni qo‘yadi. “Maxsus fanlarni o‘qitish
metodikasi” fani pedagogikadagi tadqiqotlarga asoslanadi va o‘z predmetini
o‘qitish mazmuni hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda uning metodlaridan
foydalanadi.
Bugungi kunda magistratura mutaxassisliklaridagi “Maxsus fanlarni o‘qitish
metodikasi” fani o’quv rejadagi majburiy fanlardan biri hisoblanadi.
Fanning metodologik asosi va amal qiladigan negizi O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining materiallari
va boy ilmiy-ma’naviy meroslardir.
Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanining predmeti – ta’lim oluvchilar
tomonidan kasb sohasi bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarning egallanishi
jarayonini boshqarish bo’yicha maxsus fan o’qituvchisining ta’limga oid faoliyati
qonuniyatlaridir.
Fanning tadqiqot ob’ekti - oliy ta’lim muassasalaridagi ixtisoslik fanlarini
o’qitish jarayonidir.
“Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fani bo‘yicha o‘quv dasturini tuzishda
uning quyidagi maqsad va vazifalarini hisobga olish dastur mukammalligini
oshiradi (1.1-rasm).
13
1.1-rasm. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari.
Fanning ma’ruza mashg‘ulotlarida oliy ta’limning me’yoriy-huquqiy xujjatlari,
ta’lim tamoillari, maxsus fanlarni o‘qitishning tashkiliy shakllari va amalga
oshirish metodlari, maxsus fanlardan ma’ruza, amaliy va tajriba mashg‘ulotlarini
o‘tkazish metodikasi, talabalar bilan kunikma va malakalarini nazorat qilish va
baholash kabi mavzular o‘rin olgan.
Amaliy mashg‘ulotlarda esa, fanga oid quyidagi mavzularga o‘rin ajratilgan:
oliy ta’lim muassasalarining tuzilmasi va mazmuni, oliy ta’limning me’yoriy –
huquqiy xujjatlarini tuzilishi va ularni rasmiylashtirish, ta’lim metodlari va ularni
amalga oshirish metodikasi, maxsus fanlarni o‘qitishda innovatsion ta’lim
texnologiyalaridan foydalanish, maxsus fanlardan ma’ruza, amaliy va tajriba
mashg‘ulotlarini o‘tkazish metodikasi, darsni tahlil qilish metodikasi bo‘yicha
bilim va ko‘nikmalar hosil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |