65
quruq beton yo’lda tarktorni tormoz yo’li 6 mdan ko’p bo’lmasligi lozim. To’xtatiyu
qo’yish tormozningsamaradorligi mashinalarning 36% (20
0
) ko’tarilish yoki
tushishda ishonchli tutib turishiga qarab aniqlanadi.
Mexanizmlar yoki ularning qismlarini muayyan holatda ishonchli
mahkamlashni ta’minlash uchun blokirovka vositalaridan keng foydalanadilar.
Mashina va uskunalar hamda texnologik komplekslarda mavjud talablardan
kelib chiqqan holda xalokat holatdagi ish rejimiga mo’ljallangan himoya uskunalri
bo’lmasa, bunday mashina ishga yaroqli emas deb hisoblanadi. Himoya
uskunalarining ishlashi mashina va uskunalar hamda
texnologik komplekslarda
nazorat qilish omillari (zo’riqish, bosim, harorat) ruxsat etiladigan chegaradan oshib
yoki tushib ketganda avtomatik to’xtatadi. Barcha himoya qurilmalari to’rt guruhga
bo’linadi:
•
Mexanik zo’riqishlardan saqlovchilar (turli xil muftalar, kesilib ketadigan
boltlar, shtiftlar);
•
Mashina qismlarining belgilangan gabaritdan chiqishini saqlovchilar (yuk
ko’tarish mexanizmlarining chetka uzib-ulagichlari, ular mashinaning ish
organi yoki mexanizmning siljishini cheklab turdai);
•
Bosim yoki xaroratning ko’tarilib ketishidan saqlovchilar (konstruksiyasi
turlicha bo’lgan
klapanlar, ular idishdagi bosim ortib ketganida, traktorning
gidrotizimida moy, avtomobil va tarktorning tormozlash tizimida havo
bug’ing xarorati, qozon uskunasida suv ko’payib ketganda ochiladi);
•
Elektr tok kuchining ruxsat etiladigan chegaradan ortib ketishidan
saqlovchilar (elektr tarmoqlaridagi
eruvchan saqlagichlar, avtomatik uzib-
ulagichlar, buzilgan elektr uskuna, asbob va boshqalarni tarmoqdan uzib
qo’yadi);
Zamonaviy barcha turdagi ishlab chiqarish uskuna va texnik vositalarida sodir
bo’lgan yo sodir bo’lishi mumkin bo’lgan xavflardan himoyalash uchun
signalizasiyadan keng foydalaniladi. Vazifasiga qarab signalizasiyalar:
•
Ogohlantiruvchi (mehnat xavfsizligiga rioya qilish to’g’risida
ogohlantiradi,
transport vositalarining harakatini boshqarish);
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
66
•
Halokat haqida (xavfli ish tartibi sodir bo’lganligi to’g’risida) xabar beruvchi;
•
Nazoratlovchi (ishlab chiqarish jarayonidagi harorat, bosim, suyuqlik miqdori
va boshqalarni nazorat etish);
•
Gaplashishga oid (bir mexanizm yoki agregatga xizmat ko’rsatuvchi, bir
guruh odamlar bilan operativ, ovozli va ko’rish signallarini shartli
bog’lanishlaridir);
Tuzilishi jihatdan yorug’lik beruvchi, maxsus ovoz beruvchi va turli rangli va
belgili signalizasiyalardan keng foydalanadilar. Yorug’lik signalizasiyalari transport
vositalarida xavfsizlik vositasi sifatida keng foydalaniladi.
GOST 12.4.026-76 quyidagi signal ranglarini va vazifalarini belgilaydi;
Qizil – «mann etish», «stop», yaqqol xavflilik;
Sariq «diqqat», mumkin bo’lgan xavf to’g’risida ogohlantirish»;
Yashil – «xavfsiz», «ruxsat etiladi», «yo’l ochiq»;
Ko’k – «informasiya».
Avtomatik ulash qurilmalari traktorni tirkama yoki osma mashinalar bilan
avtomatik ulashni ta’minlab beradi. Avtomatik ulashlarni keng miqyosda ishlab
chiqarishga tatbiq etilishi mashinalarni agregatlarga sodir bo’ladigan
jarohatlanishlarni butunlay yo’qotadi.
Bundan tashqari mehnat xavfsizligini ta’minlash
maqsadida turli xil
belgilardan ham keng foydalanadilar. GOST 12.4.026-76 da asosan mehnat
xavfsizligini ta’minlovchi belgilar to’rt guruhga, ya’ni taqiqlovchi, ogohlantiruvchi,
ruxsat etuvchi va ko’rsatuvchi belgilar turiga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: