Kirish Shariat tizimi bizga inson hayotining barcha jabhalari, xususan, iqtisodiy hayotni tartibga solish va muammolarni yechish ilmini ham o'rgatadi. Ammo islom moliyasining o'z talablari bor. Uning asosiy tamoyillaridan biri ribo (foiz) hamda g'arar (tavakkalchilik)ning taqiqlanishidir. Islom ta'limoti ko'p jihatdan dunyoviy ilmdan farq qiladi. Bunda qarashlar, tushunchalar, hatto aynan o'xshash yo'nalishlarda ham mazmun-mohiyat o'zgacha bo'lishi mumkin. Birgina islom moliyasini olaylik. U jahon moliya tizimining bir qismidek tasavvur uyg'otsada, aslida ularning har ikkisi tamoyillarga ko'ra, bir-biridan ajralib turadi.
Mamlakatimizda bu boradagi tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar u qadar ko'p bo'lmagani bois, ushbu atama aksariyatimiz uchun yangi tushuncha hisoblanadi. Ammo so'nggi yillarda yoshlarimiz orasida allaqachon rivojlangan islom moliyasiga qiziquvchilar soni ortib bormoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasida “Mamlakatimizda islom moliyaviy xizmatlarini joriy etish bo'yicha huquqiy bazani yaratish vaqti-soati keldi. Bunga Islom taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya tashkilotlari ekspertlari jalb etiladi”1, degan so'zlari bu borada uzoq kutilgan o'zgarishlarga debocha bo'ldi.Islomiy moliya tarmog‘i bugungi kunda jahonda jadal rivojlanib borayotgan va innovatsion moliyalashtirish mexanizmlarini o‘zida jamlagan sohalardan biri hisoblanadi.
Moliyalashning bu tizimi foyda va zararni bo‘lishish hamda real aktivlarga asoslangan moliyalashtirishni o‘zida namoyon qilishi bilan an'anaviy banklardan farq qiladi. Islomiy banklar mijoz talabi bilan obektni qurib berishi, asbob-uskunalar, tovar, xomashyolar olib berishi yoki ularni ijaraga berishi mumkin. Moliyalashtirish asosida savdo amaliyoti yotadi. Zamonaviy bank tizimida esa banklarning savdo amaliyotlarini amalga oshirish qonunchilik nuqtayi nazaridan mushkul bo‘lib, bunga soliq hamda bank faoliyatiga taalluqli me'yoriy-huquqiy hujjatlar to‘sqinlik qiladi.
Yurtimizda islom moliyasi sohasini tashkillashtirish va rivojlantirish chora tadbirlari ko’rib chiqilmoqda. Banklarda islomiy darchalarning ochilishi , halol muddatli to’lovlarning vujudga kelishi, islomiy sug’urtaning aamala oshirilishi bunga yaqqol misol bo’ladi. Shariatimiz qoidalariga asoslangan islomiy moliyalash insonarning manfaatini o’ylagan holda eng muhumi halol tarzda amalga oshirilishi insonlarning ham diniy ham dunyoviy jihatdan hotirjamligini taminlaydi.