Adabiyotlar tahlil. Ushbu mavzu yuzasida foydalangan adabiyotlarimda jihod haqida turlicha ma’lumotlar keltirilgan misol uchun Shayx Abdulaziz Mansurning Islom ensiklopediyasida jihodga quyidagicha ta’rif berilgan;
Jihod g‘azavot (arab. - g‘ayrat qilish, kuchni ishga solish) - din yo‘lida kurash. dastlab jihod. deyilganda islomni himoya qilish va yoyish uchun kurash tushunilgan. bu kurashga nisbatan qur’onda muhammad (sav)ning makka va madinada kechgan xayot faoliyatlariining muayyan shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda turlicha ko‘rsatmalar bor: 1) ko‘pxudoliklar bilan mojoroga bormaslik va ularni okdllik va odob bilan haqiqiy dinga og‘dirish; 2) islom dushmanlariga qarshi mudofaa urushi olib borish; 3) g‘ayridinlarga hujum qilish, lekin muqaddas oylarda harbiy harakatlar olib bormaslik; 4) ular bilan har vaqt va hamma joyda kurash olib borish. jihod. so‘zi lug‘atda urush ma’nosini anglatmaydi, buning uchun arab tilida "qitol" so‘zi ishlatiladi. jihod. so‘zining lug‘atdagi xususiyatidan kelib chiqib jihod.ning turlari ham ko‘paygan. islomda jihod. ma’nosi avvalo urush ma’nosida emas, allohning diniga so‘z bilan da’vat qilish ma’nosida yuzaga kelgan. Yana bir adabiyotimizda ya’ni Sharqshunoslik o’qtuvchi Shuhrat Yovqochev tomonidan tayyorlanga “Jahon siyosatida Islom omili” nomli kitobda jihod haqida quyidagilar keltirilgan Jihodiy yoki jihodchi, butun musulmon jamoasini boshqaradigan islomiy davlat tashkil etilishiga va bu zarurat uning yo'lida turadiganlar bilan zo'ravon nizomni oqlashiga ishongan kishiga ishora qiladi. Jihod Qur'onda topilishi mumkin bo'lgan bir tushunchadir, lekin jihod, jihodiy mafkura va jihod harakati 19 va 20 asrlarda siyosiy islomning paydo bo'lishi bilan bog'liq zamonaviy tushunchalardir. Bundan ko’rinib turibdiki hozirgi kundagi ilimsizlarni Jihod deb insonlarni o’ldirishi, quporuvchilik harakatlarini amalga oshirayotga ma’naviyatsizla o’z ishlarni jihod deb atashadi, yana bir foydalangan adabiyotimiz ayna shu ilmsizlarga tegishlidir “ILM JIHODDAN AFZAL”
من رأى الغدوّ و الرواح الى العلم ليس بجهاد فقد نقص عقله و رأيه
“Kimki erta-yu kech ilmga borib kelishni jihod emas, deb bilsa, haqiqatdan ham uning aqli va fikri noqis ekan!” Ilm o‘rganmasdan “jihod” qilayotganlar, bilimsizlikni targ‘ib qilib, o‘zlarining g‘arazli maqsadlariga odamlarni jalb qilayotganlarga vahiy kelib turadimi?! Ular aytganidek, agar Rasululloh alayhissalom omi-bilimsiz bo‘lgan bo‘lsalar ham, lekin unga vahiy orqali to‘g‘ri yo‘l tushuntirib turilgan, bildirib turilgan, ul zot payg‘ambarlarning afzali, xoslarning eng xosi bo‘lgani bois Allohning o‘zi hidoyat qilgan: foydalangan adabiyotlarimizdan ko’rib turibsizki jihod nima, jihod kimlar uchun kabi savollarga javob olasiz degan umiddaman. Mavzumizni asosiy qismiga o’tsak bu haqida to’laqonli ma’lumot olasiz!.
Do'stlaringiz bilan baham: |