Mavzu:Islomda investitsiya masalalari
Reja;
I.Kirish
1.Mavzuni dolzarbligi
2.Adabiyotlar tahlili
II.Asosiy qism
1. Islomiy investitsiya jamg‘armalari
2. Investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash islom korporatsiyasi
3. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ISLOMIY MOLIYALASHTIRISH
III.Xulosa
Investitsiyalar islomiy banklar daromad olish uchun ishlatadigan usullardan biri xisoblanadi. Islomiy banklar amalga oshirishi mumkin bulgan turt shakldagi investitsiyalar mavjud: aksiyalar, obligatsiyalar, davlat kimmatli kogozlari va aylanma depozit sertifikatlari kabi muomalada buluvchi kimmatli kogozlarni sotib olish; shu’ba va assotsiatsiyalash- gan korxonalarga investitsiyalar; kuchmas mulk va mulkka investitsiyalar va oxirgisi, boshka investitsiyalar. Investitsiyalarni xisobga olish siyosati moliyaviy xisobotda xabar beriladigan investitsiya kiymati (baxosi)ga ta’sir kursatadi. Agar investitsiya kiymati oshadigan bulsa, bu kursatkich tugrisida xabar berilmaydi. Bu xolda kompaniyaning xisob kiymati xakikatdagi kiymatdan past buladi. Xuddi shunday, agar in- vestitsiyaning oxirgi kiymati investitsiya mavjud bulgan vaktdagi kiymatdan past bulsa, bu xakda xabar berilmaydi. Bu esa kompaniyaning xakikiy kiymati yoki anik baxosining kutarilishiga olib keladi. Mazkur investitsion jarayon AAOIFI ning standartlarida belgilanganidek aks ettirilmaydi, balki investitsiyalar kiymati xar kanday doimiy pasayishi 5fniga kichikrok kiymat buyicha aks ettirilishi lozim buladi. Benk Islam Maleyja uzining 2008 yildagi xisobotlari buyicha nutki matniga investitsiyalarga nisbatan xisob siyosatining kuyidagi izoxdarini takdim etdi:
kimmatli kogozlar kuyidagi xolatlarda sotuvga chikarilgan
sifatida tasniflanadi: agar ular eng avvalo so-297 tish maksadida emissiya kilinsa yoki sotib olinsa, yoki yakin kelajakda sotilsa va sotib olinsa, yoki agar ular birgalikda topshariladigan ma’lum bir kimmatli qogozlar portfelining bir kismi bulsa, yoki ular buyicha oxirgi mavjud tarkibining kiska muddatli foydasi tugrisida ma’lumotlar bulsa. Mazkur Kimmatli kogozlar adolatli (xakkoniy) kiymati buyicha aks ettiriladi va adolatli kiymat buyicha uzgarishlardan keladigan xar kanday foyda yoki zarar foyda va zararda aks ettirilishi lozim;
• sotish uchun mavjud bulgan kimmatli kogozlar savdo uchun muljallangan yoki sundirish muddatigacha ushlab turilgan kimmatli kogozlar sifatida tasniflanmaydi. Bu kimmatli kogozlar adolatli kiymati buyicha baxolanishi shart. Faol bozorda bozor kotirovkasiga ega bulmagan ulush vositalaridagi investitsiyalarning adolatli kiymati anik belgilana olmasa, ular xarajatlar buyicha aks ettiriladi;
• sundirilishigacha ushlab turilgan kimmatli kogozlar uzida ma’lum bir yoki belgilangan tulovni va belgilangan muddatni aks ettiruvchi kimmatli kogozlar bulib, bank ularni sundirish muddatigacha ushlab turishi va sundirishni amalga oshirishi mumkin. Ushbu kimmatli kogozlar xakikatdagi foyda usulini kullagan xolda eskirish kiymati buyicha baxolanadi. Agarda kimmatli kogozlar tan olinmasa yoki kadri tushib ketsa, shuningdek, eskirish mukofoti va diskont oshib ketishi foyda yoki zararga olib kelsa, foyda va zararlar xisobotida aks ettiriladi. Banklarning investitsion siyosati bir kator farklarga ega. Masalan, Kuveyt Faynens Xaus sotuvga tayyor va tannarxi buyicha baxolanadigan kimmatli kogozlarni investitsiya sifatida kurib chikadi. Dubay Islamik Benk boshka tomondan' turli shakldagi investitsion faoliyat uchun adolatli (xakkoniy) kiymatni xisob varaklarga ilovalarda bayon etib beradi. Agar investitsiyalar uyushgan moliyaviy bozorda savdoga kuyilsa, adolatli kiymat balans sanasi savdolari yakunlangan vaktdagi bozor kotirovkasini tashkil etadi. Kotirovka kilinmaydigan investitsiyalarga t$Ьstaladigan bulsak, adolatli kiymat - xud- di shunday investitsiyalarning bozor baxosidir. Mulkka bulgan investitsiyalar uchun adolatli kiymat mustakil, professional baxolovchilar baxosiga asoslanib, davriy aniklanadi. Shamil Benk of Baxreyn xar bir shakllangan investitsiyalarga berilgan izoxlarni batafsil bayon etib beradi (Shamil Bank of Bahrain, 2007):
• Lizingga investitsiyalar. Lizing (ijara)ga yunaltirilgan investitsiyalar kiymati
buyicha aks ettiriladi, bankning mulk xamda asbob-usku- nalarning eskirishi buyicha siyosatiga muvofik yoki shartnomada ko’rsatilgan ijara muddati buyicha kamaytirib boriladi.
• Sukukka investitsiyalar. Sukukka investitsiyalar kiymat kadrsizlanishi uchun tashkil etilgan zaxiralar chikarib tashlangach, eskirish kiymati buyicha amalga oshiriladi. Natijada yuzaga kelgan fark foyda va zararlar tugrisidagi yigma xisobotda aks ettiriladi.
• Savdo uchun muljallangan investitsiyalar. Ushbu investitsiyalar, avvalo, sotib olish kiymati buyicha e’tirof etiladi va keyinchalik adolatli (xakkoniy) kiymati buyicha kayta baxolanadi.
• Mulkka bulgan investitsiyalar. Kuchmas mulkka investitsiyalar, avvalo, sotib olingan kiymati buyicha e’tirof etiladi va keyinchalik adolatli kiymati buyicha kayta baxolanadi.
• Sotilishi mumkin bulgan investitsiyalar. Sotilishi mumkin bulgan investitsiyalar adolatli kiymati buyicha baxolanadi.
• Assotsiatsiyalashgan kompaniyalarga investitsiyalar. Ushbu kompaniyalarga investitsiyalar balansda xarajatlarga assotsiatsiyalashgan kompaniya sof aktivlarini sotib olgandan keyingi bank ulushining uzgarishi kushilgan kurinishida aks ettiriladi.
• Muzoraba investitsiyalari. Muzoraba investitsiyalari, avvalo, sotib olingan kiymati buyicha e’tirof etiladi va keyinchalik adolatli kiymati buyicha kayta baxolanadi1.
Ushbu investitsion jamg‘armalar mustaqil investitsiyaviy kompaniyalar bo‘lib, unda ishtirokchilar kompaniya aktivlariga, uning foyda va zararida ulushga egalik qilishda teng huquqqa ega bo‘ladilar. Investitsion jamg‘armalar faoliyatining asosiy maqsadi mablag‘larni yig‘ish va investitsiyalar portfelini boshqarish hisoblanadi.
Islomiy investitsiya jamg‘armalarining turli toifalari mavjud: hissadorlik kapitali jamg‘armalari, mulk va ko‘chmas mulk jamg‘armalari, tovar jamg‘armalari, ijara jamg‘armalari, murobaha jamg‘armalari, shuningdek, aralash jamg‘armalar.
Bularning ichida eng ko‘p tarqalgani hissadorlik kapitali jamg‘armalari hisoblanib, ularning jami aktivlari barcha islomiy jamg‘armalar aktivlarining 50% dan ortig‘ini tashkil etadi2.
Islomiy investitsiya jamg‘armalarining boshqa barcha islomiy muassasalari kabi asosiy xususiyati shariat qoidalariga muvofiqligi hisoblanadi.
Shuni qayd etish lozimki, islomiy investitsiya jamg‘armalari o‘z faoliyatini mos moliyaviy vositalar (murobaha, ijara, mushoraka va h.k.)ni ishlatish orqali amalga oshiradi.
«Islomiy investitsiya jamg‘armalari» atamasi umumiy kassa (umumiy jamg‘arma)ni anglatadi, investorlar shariat qoidalariga qat’iy rioya etgan holda, halol foyda olish maqsadida o‘zlarining ortiqcha mablag‘larini unga kiritadilar. Jamg‘arma ishtirokchilari jamg‘armada ishtirok etish va u tomonidan amalda ishlab topilgan foydadagi ulushga egalikni tasdiqlaydigan hujjatni olish huquqini qo‘lga kiritadilar. Ushbu hujjatlarni «guvohnoma», «aksiya» va boshqa nomlar bilan atash mumkin, ularning shariat nuqtai nazaridan qonuniyligi ikki asosiy talabga muvofiq kelishi lozim.
Birinchidan, ishtirokchilar ushbu sertifikatlarning belgilangan nominal qiymati o‘rniga jamg‘arma amalda ishlab topgan mutanosib nisbatdagi foydaga umid qilishlari mumkin. Shuning uchun biron-bir foyda meyori kafolatlanmaydi. Jamg‘arma ishtirokchilari unga kirar ekanlar, o‘z sertifikatlari daromadliligi jamg‘arma ishlab topgan foyda yoki zararga bog‘liq ekanini aniq tushunib olmoqliklari kerak. Agar jamg‘arma katta foyda olsa, sertifikat daromadliligi ushbu miqdorga ortadi
Agar jamg‘arma zarar ko‘rsa, ushbu zararlar ishtirokchilar o‘rtasida mutanosib taqsimlanadi, agar zararlar jamg‘arma rahbariyatining e’tiborsizligi yoki no‘noqlik ila boshqaruvi oqibatida yuzaga kelsa, u holda ishtirokchilarga qoplama to‘lab berish lozim bo‘ladi.
Ikkinchidan, kiritilgan miqdor shariat ruxsat etgan biznesga investitsiya qilinishi shart.
Mana shu asosiy talablarni e’tiborga olgan holda, islomiy investitsiya jamg‘armalari investitsiya qilishning ko‘plab usullaridan foydalanishlari mumkin.
Hissadorlik kapitali jamg‘armasi (private equity). Mazkur jamg‘armada investitsiyalar miqdori ma’lum bir kompaniyaning aksiyalariga joylashtiriladi. Foyda asosan aksiyalarni sotib olish va bahoning ortishi hisobiga, uni sotishdan olingan foyda hisobiga shakllanadi. Foyda, shuningdek, aksiyalari sotib olingan mos kompaniyalardan kelib tushgan dividendlardan ham olinishi mumkin.
Aniqki, agar firmaning asosiy faoliyati shariat nuqtai nazaridan noqonuniy bo‘lsa, u holda islomiy jamg‘arma uning aksiyalarini sotib olishi, ushlab turishi va sotishi mumkin emas, chunki bu hissadorlarning man etilgan biznesda ishtirok etishiga olib keladi.
Ko‘chmas mulk investitsiya trastlari (KMIT) – investorlar mablag‘larini umumiy jamg‘armaga jamlovchi trastlar yoki hissadorlik jamiyatlari bo‘lib, mazkur mablag‘lar keyin mulklarni sotib olish, rivojlantirish yoki ijaraga berish uchun ishlatiladi. Islomiy KMIT – shar’iy ruxsat berilgan ko‘chmas mulkka jamoaviy investitsiya qilish usulidir.
Islomiy KMIT o‘zi ishlatadigan barcha investitsiya shakllari va moliyaviy vositalarning shariat qoidalariga muvofiqligini ta’minlashi shart.
Xuddi an’anaviy KMITlar singari islomiy KMITlar ham quyidagi umumiy belgilarga ega:
– shariat qo‘mitasi tashkil etishni (majburiy emas!) o‘z ichiga olmagan holda jamg‘arma egalari, boshqaruvchi kompaniya, ishonchli mulkdor, mulk bo‘yicha menejer va inspektorlar KMIT ishtirokchilari (tomonlari) hisoblanadi;
– KMITni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad – aholining mablag‘larini safarbar qilish va ularni ko‘chmas mulk bozoriga olib kirishdir;
– jamg‘arma egalari dividend va kapital foydasi ko‘rinishida o‘z investitsiyalaridan moliyaviy manfaat oladilar. Lozim bo‘lgan taqdirda ular o‘z investitsion sertifikatlarini qayta sotishlari mumkin;
– islomiy KMITlar faoliyat mexanizmi shariat tomonidan butkul ruxsat etilgan bo‘lishi shart;
– islomiy KMITlar mulki faoliyati shariatga muvofiq kelmaydigan tashkilotlarga ijaraga berilishi mumkin emas.
Ijara jamg‘armasi islomiy jamg‘armalarning yana bir shaklini o‘zida ifodalaydi. Ijara jamg‘armasida yig‘ilgan mablag‘lar ko‘chmas mulk, avtomashina va boshqa asbob-uskunalarni keyinchalik ijaraga berish maqsadida sotib olish uchun ishlatiladi. Ushbu aktivlarga bo‘lgan egalik huquqi jamg‘armada qoladi, foydalanuvchilardan esa ijara to‘lovi undiriladi. Mana shu ijara to‘lovi jamg‘armaning daromadi manbaini o‘zida ifodalaydi va u ishtirokchilar o‘rtasida mutanosib taqsimlanadi. Jamg‘armaning har bir ishtirokchisiga ijaraga olingan mulkka mutanosib egalik huquqini tasdiqlovchi guvohnoma beriladi va bu daromadlarga uning ulush huquqini kafolatlaydi. Ushbu guvohnomani an’anaviy islom fiqhida qabul qilingan atama – «sukuk» deb nomlanadi. Mazkur sukuklar likvidli miqdor (pullar) va qarzni emas, balki uning
egalari (sukuk ushlovchilar)ga moddiy aktivlarga mutanosib mulkdorlikni o‘zida aks ettirgani bois, ular butkul muomalaga layoqatli hisoblanadi va ikkilamchi bozorda sotilishi hamda sotib olinishi mumkin. Ushbu hujjatni sotib olgan har qanday shaxs aktivlarga ulush huquqi egaligida sotuvchining o‘rnini egallaydi hamda unga asl mulkdorning huquq va majburiyatlari o‘tadi. Mazkur hujjatlarning bahosi, odatda, bozor omillari va ularning daromadliligi asosida aniqlanadi. Lekin ijara bitimlari shariat qoidalariga muvofiq kelishi lozimligini e’tiborga olish kerak va u oddiy moliyaviy ijara shartnomalari to‘g‘risidagi kelishuvlarda ishlatiladigan tartib va talablardan jiddiy farq qiladi. Uning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:
– ijaraga olingan aktivlar biron-bir foydali xususiyatga ega bo‘lishi va mazkur foydali xususiyatlar ijara oluvchiga o‘tkazilgan vaqtdan boshlab ijara to‘lovi undirilishi lozim;
– ijaraga olingan aktivlar ulardan foydalanishning joiz (halol) bo‘lishiga imkon beruvchi xususiyatga ega bo‘lishi shart;
– ijaraga beruvchi aktivga bo‘lgan egalik huquqidan kelib chiquvchi barcha majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi;
– ijara to‘lovi belgilangan va shartnoma avvalidayoq ma’lum bo‘lishi shart.
Jamg‘armalarning mazkur shaklida boshqaruv o‘zida omonatchilarning agentini ifodalaydi va shuning uchun u o‘z xizmatlari uchun to‘lov olish huquqiga ega bo‘ladi. Boshqarish uchun to‘lov o‘rnatilgan miqdor yoki olingan ijara to‘lovidan ulush shaklida bo‘lishi mumkin. Aksariyat fiqhshunoslar bunday jamg‘armani murobaha bitimi asosida tashkil etish mumkin emas deb hisoblaydilar, chunki, ularning fikricha, murobaha bitimi tovarlar sotish bilan cheklangan va xizmatlar ko‘rsatish hamda ijara biznesiga tatbiq etilmaydi. Lekin hanbaliy mazhabiga ko‘ra, murobaha ijara va xizmatlar ko‘rsatishga ham tatbiq etilishi mumkin.
Oldi-sotdining ushbu shakli zamonaviy islomiy banklar va moliyaviy muassasalar tomonidan qabul qilingan. Ular tovarni o‘z mijozlari uchun sotib oladilar, keyinchalik uni kelishi
gan foyda meyori bo‘yicha to‘lov muddatini uzaytirish asosida mijozlarga sotadilar. Agar jamg‘arma mana shunday oldi-sotdi shaklini amalga oshirish maqsadida tashkil etilsa, u yopiq jamg‘arma bo‘lishi shart (uning paylari chetdagi kishilarga hamda ikkilamchi bozorda sotilishi mumkin emas). Buning sababi shuki, murobaha bitimlari qo‘llanadigan amaldagi moliyaviy muassasalarda tovarlar xariddan keyin mijozlarga darhol beriladi, shu bilan birga tovar bahosi to‘lanishi lozim bo‘lgan qarzga aylanadi. Shuning uchun murobaha portfeli hech qanday moddiy aktivlarga ega bo‘lmaydi. U naqd pullar yoki qarzlarni o‘z ichiga oladi. Shu sababli jamg‘arma paylari (omonatlari) faqat pul yoki qarzlarni ifodalaydi va ushbu ikki narsa avval ham aytib o‘tilganidek qayta sotilishi mumkin emas. Agar ular pullarga almashtiriladigan bo‘lsa ham, faqat nominali bo‘yicha alishtirilishi mumkin.
Islomiy jamg‘armalarning joiz hisoblangan yana bir shakli – tovar jamg‘armalaridir. Mazkur shakldagi jamg‘armada yig‘ilgan miqdor turli tovarlarni qayta sotish maqsadida sotib olish uchun ishlatiladi. Bunda olingan foyda jamg‘arma daromadi hisoblanadi va u omonatchilar o‘rtasida mutanosib taqsimlanadi. Jamg‘arma faoliyati shariatga muvofiqligini ta’minlash uchun savdo bitimlariga qo‘yiladigan barcha talablarga rioya etish zarur:
– tovar sotish davrida sotuvchiga tegishli bo‘lishi shart, shu sababli kishi o‘zi tovarga egalik qilmagan holda amalga oshiriladigan qisqa sotuvlar deb ataluvchi savdolarga ruxsat etilmaydi;
– forvard (hali mavjud bo‘lmagan tovarlarni) sotuvlari ham ruxsat etilmaydi, salam va istisno’ bundan mustasnodir;
– tovarlar shar’an ruxsat etilgan bo‘lishi lozim (masalan, spirtli ichimliklar, tamaki va boshqa shariat taqiqlagan mahsulotlar bo‘lmasligi shart);
– tovar voqelikda yoki jismoniy jihatdan sotuvchining egaligida bo‘lishi shart (voqelikda egalik qilish deganda har qanday harakat yordamida tovarga egalik qilish xatarining xaridorga o‘tkazilishi tushuniladi);
– tovar bahosi belgilangan va tomonlarga ma’lum bo‘lishi shart. Shubhali hodisa bilan bog‘liq yoki gumonli har qanday baho bitimni qonuniy kuchidan mahrum etadi.
Islomiy jamg‘armaning yana bir shakli yig‘ilgan mablag‘larni turli xildagi, masalan, aksiyalar, ijara, turli tovarlar va h.k. singari investitsiyalarga yo‘naltirish maqsadida tiklanishi mumkin. Uni aralash shakldagi jamg‘arma deb ham atash mumkin. Bu holatda jamg‘armaning moddiy aktivlari 51% dan ortiqni, shu bilan bir vaqtda likvidli aktivlari 50% dan ozroqni tashkil etadi, jamg‘armaning pay (omonat)lari aylanma (jamg‘armaga aloqador bo‘lmagan kishilarga sotilishi mumkin) bo‘lishi mumkin. Lekin likvidlilik va qarzlar mutanosibligi 50% dan oshib ketsa, aksariyat fiqhshunoslarning fikricha, jamg‘arma paylari sotilishi mumkin emas. Bu vaziyatda jamg‘arma yopiq shakldagi jamg‘arma bo‘lishi lozim (bunda jamg‘arma sertifikatlari faqat uning omonatchilari orasida taqsimlanadi).
Islomiy investitsiya jamg‘armalarining boshqarish samaradorligini baholash uchun islomiy fond indekslaridan foydalaniladi.
1999 yilda global islomiy indekslar joriy etilgan vaqtdan boshlab joiz bo‘lgan oriyentir-indekslar diapazoni iqtisodiy va geografik miqyoslarda yanada kengaydi. Hozirgi vaqtda kapitalning islomiy bozorini qamrab olgan global islomiy indekslarning to‘rt asosiy manbasi mavjud. Dow Jones (DJIM) bozor indekslari islomiy guruhi 69 tamamlakatning rivojlangan va rivojlanayotgan bozorlarini qamrab olgan hamda shariatga muvofiq keluvchi qimmatli qog‘ozlarni kuzatib borish uchun keng miqyosdagi mezonlarni taqdim etish imkonini beradigan darajada kengaydi. Dow Jones (DJIM) bozor indekslari islomiy guruhi, shuningdek, hududiy, tarmoqlar va bozor kapitallashuvi indekslarini hamda maxsus indekslar va xususiy baholovlarni o‘z ichiga olgan.
Islomiy fond indekslarining qat’iy zarurligini e’tirof etgan holda Standard & Poor’S (S&P) 2006 yilda dastlab shariatga muvofiq keladigan uchta asosiy – S&P500, S&P Europe 350 va S&P Japan 500 indekslarini tanlab oldi.
2007 yilda esa S&P keyinda mazkur hududlar uchun shariatga muvofiq keladigan mahsulotlarni saralash mezonlariga bo‘lgan talabni qondirish uchun S&P GCC Shari’ah va S’P Pan Asia Shari’ah ni amalga kiritdi. S&P 2008 yilda shariatga muvofiqlikni ta’minlash maqsadida butun dunyo bo‘ylab 11000 tadan ortiq kompaniyadan tarkib topgan S&P Global Board Market Index fond indeksining sharhini yakunladi, buning natijasida 10 ta tarmoq va 47 ta mamlakatda hamda hududlardagi sub-indekslar bilan bir qatorda 600 ta tarkibiy qismni o‘z ichiga olgan S&P Global BMI Shari’ah indeksi vujudga keldi.
Xuddi shu tarzda 2006 yilda FTSE (Financial Times Stock Exchange, UK) ham o‘zining FTSE Global Shari’ah seriyasidagi indekslarini chiqarish orqali Shari’ah indekslarini taqdim etdi. 2006 yilda yana uchta islomiy indekslar amalga kiritildi. Shu bilan birga MSCI (Morgan Stanley Capital Indices, USA) 2007 yilda o‘zining islomiy indekslar seriyasini chiqardi, keyinchalik ushbu indekslar 50 ta hududdagi arab mamlakatlari bozori singari 50 dan ortiq rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarni qamrab oldi.
Ayrim indekslar butun dunyodagi investitsiya hamjamiyati tomonidan shariatga muvofiq keluvchi aksiyalar, obligatsiyalar, o‘zaro jamg‘armalar faolligining solishtirma tahlili vositasi sifatida ishlatiladi. Mazmuni bo‘yicha ular, kapital bozoriga nisbatan investorlar uchun shariatga muvofiq keluvchi investitsion maydonni tashkil etuvchi vositalar sifatida qatnashadi. Mohiyatiga ko‘ra, indekslar ulkan daromad/xatar portfelining ko‘rinishlari tanlovi bilan trillionlab dollarga yangi investitsiya imkoniyatlarini ochdi. Indekslar ulkan musulmon bozori boyliklaridan samara olish hamda axloqiy mahsulotlarga pul kiritish istagida bo‘lgan investorlarning manfaatlarini o‘ziga jalb etishda, investitsion jamg‘armalar va kompaniyalar uchun kapitalni boshqarishda, ayniqsa, foydali bo‘ladi.
Ma’lumki, islom ta’limoti jamiyatda bo‘ladigan hap bir munosabatni qamrab olgan ilohiy ta’limotdir. Shunday ekan, insonlar o‘rtasida bo‘ladigan munosabatlarning asosini tashkil quvchi iqtisodiy munosabatlar ham bu ta’limotdan chetda qolgan emas. Bu munosabatni qamrab olish bilan bir qatorda, unda uchraydigan muaamo va masalalarni o‘ziga xos usulda muolaja qiladi, Ammo islom ta’limoti bozor iqtisodiyoti qonuniyatlarini inkor qilmagan holda munosabatlarni halol - hapom mezonlariga, ya’ni shariat ahkomlari va o‘rsatmalariga binoan tartibga solib turadi. iqtisodiy munosabatlarning asosiy bo‘ganlaridan biri bo‘lgan, moliyaviy munosabatlarning ham islomda o‘ziga xos muolajasini ko‘rishimiz mumkin. Moliyaviy munosabatlardan biri investitsiya masalasi yoki sarmoya tasarrufi masalasining islomiy talqinini quyida ko‘rib chiqamiz.
Islom iqtisodiyotida investitsiya «istismor», deb yuritiladi.
Investitsiya (istismor)ning lug‘aviy—istilohiy ma’nosi va ta’rifi:
Istismor so‘zi arabcha «samar» fe’lidan olingan bo‘lib, «samara bermoq, natija bermoq» ma’nolarini anglatadi. Biz ko‘rayotgan istismor so‘zi samara (arabcha) so‘zining X bobidan yasalgan shakli bo‘lib, lug‘atlarda «investitsiya qilish, sarmoyani yo‘naltirish yoki tasarruf etish» ma’nolarini anglatadi.
Istismorning islom huquqidagi talqiniga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, faqihlar ham istismorning lug‘aviy ma’nosida ishlatilgan ma’noni, ya’ni kishi o‘z mablag‘ini (molini) yaxshi yo‘l bilan samara olib o‘stirishini istilohiy ma’noda ham qabul qilganlar. Klassik diniy adabiyotlarda istismor so‘zi va uning talqini haqida biron bir narsa deyilmagan. Chunki investitsiya kategoriyasi XX asrga kelib paydo bo‘lgan yangi iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, islomdagi istismor umumiyroq ma’no kasb etib, unda anglashilgan ma’no asosan mablag‘ni, sarmoyani tasarruf etish, ishlatish ma’nolarida qaralgan. Lekin bu kabi holatning islom iqtisodiyotida bo‘lishi istismorning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi investitsiyadan keskin farqlanishini bildirmaydi. Ammo jamiyat taraqqiyoti bilan hamnafas bo‘lgan islom ta’limoti esa bir nuqtada qotib qolgan ta’limot emas, shuning uchun zamonaviy talqinda islom ulamolari tomonidan yozilayotgan diniy adabiyotlarda istismor — investitsiyaga to‘xtalib o‘tilganligini za bu borada islom o‘z so‘zini aytib, u haqdagi qonun — qoidalarni shariatga muvofiq holda ishlab chiqqanligi ma’lum, xususan, yetuk olim V. al—Zuhayli hazratlari tomonidan zamonaviy talqinda yozilgan «A1-Fiqih al-islami al-Adilltuh» kitobining beshinchi juzida istismor haqida to‘xtalib o‘tilganligi ma’lum.
Arab tilida istismor so‘ziga yaqin ma’noda ishlatiladigan bir qancha so‘zlar ham mavjudki, ularning ma’nosi bir — birini to‘ldirib keladi:
Intifa’ (arabcha) biron narsadan manfaat olishni bildiradi, ammo bu so‘zning istismordan farqi shundaki, u umumiyroq ma’noni anglatadi.
Istig‘laal (arabcha) foyda, daromad talab qilish, bu so‘z ham samara so‘zidan farq qiladi. Chunki istismor ko‘proq mol(sarmoya)dan foyda olish ma’nosida ko‘proq ishlatiladi.
Imom Abu Hanifa nazdlarida samara va g‘alla bir — biridan farq qiladi. Unga ko‘ra, bir inson bir kishiga bog‘ini uning samarasi (arabcha) bilan vasiyat qilsa, unda mavjud bo‘lgangina hosil merosxo‘rga qoladi. Agarda bog‘ini g‘allasi bilan vasiyat qilsa, unda butun mavjud bo‘lgan narsalari bilan merosxo‘rlarga meros bo‘lib qoladi.
Istismorning ruknlari:
Har bir istismor quyidagi ikki rukndan xoli bo‘lmaydi:
Mistasmir — bunda investitsiya qilinayotgan mablag‘ borasida kelishiladi, lekin investitsiya qilish mol egasining ko‘rsatmasisiz bo‘lmaydi, bu holat ham ikkiga bo‘linadi:
A) Kelishuvga ko‘ra istimor: bunda istismor qilish xuddi vakillik kabi, ya’ni vakillik asosida sarmoya tasarruf etiladi.
B) Sarmoya egasining roziligisiz: bu holatda investitsiya sarmoya egasining roziligisiz tasarruf etiladi va bu shar’iy etibordan tashqaridagi holat hisoblanib, xuddi o‘jarlik kabi sanaladi.
Mastasmup — bunga ko‘ra investitsiya investorning ma’lum bir shartlari asosida sarf qilinadi va shar’an halol sanaladi hamda investitsiya iste’molchisiga ham shar’iy hisoblanadi. Bu holatda investor o‘z vakilini ham ishga solishi mumkin.
Agar investitsiya islomda xuddi o‘g‘irlangan mol yoki noqonuniy o‘zlashtirilgan mol singari (yashirincha) tasarruf etilsa, u shar’an harom hisoblanadi.
Islom huquqshunosligida, istismorning shar’iy joizligi ma’lum. Mashhur Azhar universitetining doktori Mahmud Ahmad Jodu quyidagi oyati karima va hadisi shariflarni dalil qilib ko‘rsatadi:
«Lekin o‘rtalaringizda aylanma naqd savdo bo‘lsa, uni yozmasligingizda sizlarga gunoh yo‘qdir. O‘zaro savdo—sotiq qilganda ham guvoh keltiring! Kotib ham, guvoh ham (zararlanmasin), bu sizning fosiqligingizdir. Allohdan qo‘rqingiz! Alloh sizlarga shunday ta’lim beradi Alloh hamma narsani biluvchidir!»(Baqara, 282).
Bu oyati karimada bevosita istismor so‘zi ishlatilmagan bo‘lsada, unda keltirilgan ma’no moliyaviy munosabatga doirdir. Oyati karimaning tafsirini ko‘radigan bo‘lsak, «Qarz ma’lum muddatga olinadigan hukm shunday. Ammo yurib turgan savdo ishlari bo‘lsa kelishuvni yozish shart emas».
Ayrim islom huquqshunosligiga doir kitoblarda istismor qarz sifatida keltirib o‘tilgan xossatan yuqorida aytib o‘tganimizdek, V. al—Zuhayliy hazratlari tomonidan zamonaviy talqinda yozilgan «A1-Fiqih al-islami al-Adilltuh» kitobining beshinchi juzida istismor haqida to‘xtalib o‘tilgan va unda istismorni qarzga yaqin ma’nolar kasb etishi aytib o‘tilgan.
Yana bir oyati karimada shunday marhamat qilinadi:
«(Qaramog‘ingizdagi) ahli norasolarga sizlarga (hayot) tarzi qilib qo‘ygan mollaringiz (yetimlarning omonat mollari)ni berib qo‘ymangiz, balki o‘sha mollardan yediring, kiydiring hamda ularga yaxshi gapiring! Yetimlarni, to balog‘at yoshiga yetgunlaricha qilib turinglar! Voyaga yetganliklarini sezsangiz (omonot) mol—mulklarini o‘zlariga topshiringlar! Ularni isrof va (ulg‘ayib qolmasinlar) deb shoshqaloqlik bilan yeb yubormangiz...» (Niso, 5 — 6)
Bu oyati karimani doktor Mahmud Ahmad Jodu investitsiya fondlarini barpo qilish va unda yig‘iladigan mablag‘ni shar’iy yo‘llarga tasarruf etishga ham dalil qilib keltirganlar.
«Ey iymon keltirganlar! Mol—mulklaringieni o‘rtada nohaq (yo‘llar) bilan yemanglar! O‘zaro rozilik asosida tijorat bundan mustasno...» (Niso, 29).
Bu oyati karimadan ko‘rinib turibdiki, musulmon insonlar har qanday mol—mulkni shar’iy va halol bo‘lmagan yo‘l bilan yemasliklari uqtirilmoqda istismor ham bundan mustasno emas.
Payg‘ambarimiz Mustafo (s.a.v.)dan qaysi kasb yaxshi, deb so‘ralganlarida «Kishining yaxshi kasbi bu o‘z qo‘li bilan qilgan ishidir va har bir savdo yaxshidir», Bu hadisi tarif shunga dalolat qiladiki, Islom ta’limoti har doim insonlarga harakatda va intilishda bo‘lishga birovlarga boqimanda bo‘lishdan saqlanishga hamda savdo — sotiq ishlarini olib borish naqadar fazilatli kasblardan ekanligini uqtirib o‘tadi.
Ahmad ibn Hanbal qilgan rivoyatda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deydilar: «Bir—biringizni aldash va foiz yeyish bilan savdo qilib, faqat mol(poda) ning ortidan ergashib va ekin ekish bilan cheklanib qolsangiz va jihodni tark etsangiz Alloh taolo ustingizga zulmat—xorlik yukini yuklayda va takror diningizga qaytmaguningizcha bu yukni ko‘tarmaydi».
Demak, islom insoniy din sifatida kishilarni o‘z kuch-qudratlari bilan mehnat qilib daromad topish lozimligi bilan bir qatorda, bir-birlarini aldamaslikka, foiz bilan savdo qilmaslikka hamda turli-tuman kasblarda mehnat qilishlikka va yashash sharoitlarini qulaylashtiradigan, hayotlarini farovon, o‘zlarini esa badavlat qiladigan boshqa kasb-korlar bilan ham shug‘ullanish kerakligini uqtirmoqda. Kasb-kor qilish va haloldan daromad topish faqatgina muboh bo‘libgina qolmasdan, ayni paytda mujtahid ulamolar hukmiga ko‘ra farzi kifoyadir. Boy-badavlat musulmonlarning o‘z mablag‘larini jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir qiladigan yo‘llarga sarflash ham shular jumlasiga kiradi. Kishilarning iqtisodiy faoliyatlari daromad topishdan tashqari Alloh roziligi uchun bir ibodat sifatida harakat qilayotganligini ham anglatadi. Shuningdek, ular faoliyati o‘ziga va jamiyat a’zolariga hamda ularning iqtisodiy hayotida taraqqiyot bo‘lishiga ta’sir qiladi.
Ma’lumki, islom iqtisodiyotining muhim qonun — qoidalari borki, ularga muvofiq:
boylikni g‘amlab, o‘ziga ham, boshqaga ham foydasiz holda saqlash yomon xislat va ijtimoiy jinoyatdir. Buning uchun islomda jazo belgilanadi;
islom ta’limotida halol kasb turlari belgilab qo‘yilgan. Ushalardan boshqasi o‘ziga ham boshqalarga ham, insonlar va jamiyatga ham zulm hisoblanadi;
boylik faqat halol yo‘l bilan to‘planishi lozim va uni ko‘paytirish ham halol yo‘l bilan bo‘lishi kerak;
yig‘ilgan boylik Allohning. toati va odamlarning saodati yo‘lida sarflanishi kerak;
Musulmon kishi qo‘lida moli (mablag‘i) bo‘laturib, uni ko‘paytirishdan ojizlik qilishi to‘g‘ri kelmaydi. Har doim musulmon inson o‘zida mavjud bo‘lgan mablag‘ani ishlab chiqarishga, daromad keltiradigan sohalarga va savdoga sarf qilishi lozim. Bularning barchasi islomiy chegaralar doirasida bo‘lmog‘i talab etiladi. Hozirgi kunda ishlab chiqarishning motivatsion kuchiga aylangan investitsiyalar ham islom iqtisodiyoti nutqtai nazaridan yuqorida aytib o‘tilgan islom iqtisodiyotining qonun — qoidalari asnosida tasarruf etilishi lozim.
Islom iqtisodiyotida investitsiya manbalari
Islom iqtisodiyotining tarixiga nazar solinsa, jamiyat taraqqiyoti yoki ma’lum faoliyatlarni moliyalashtirish, rivojlantirish uchun sarf etiladigan mablag‘ va kapitallarning asosiy manbai sifatida «bayt-ul mol» xizmat qilganligi ma’lum. Bayt-ul mol asosan musulmon kishilarning zakotlaridan, sadaqalaridan, ehsonlaridan hamda turli xildagi xayr-saxovatlari natijasida yig‘ilgan mablag‘lardan iborat bo‘lgan.
Bayt-ul mol davlat xazinasi, davlat molini o‘zida mujassam etgan moliyaviy — idoraviy tashkilot. «Bayt-ul mol» arabcha so‘z bo‘lib, (Islom davlatlarida) davlatga tegishli molning muhofaza qilinishini ta’minlaydigan, davlat xazinasini tashkil etadigan hamda moliyaviy ishlarni tartibga soladigan huquqiy maqomga ega bo‘lgan moliyaviy-idoraviy tashkilotdir. «Bayt-ul mol» davlatning har qanday moliyaviy ishlarini, xususan kirim-chiqim, kredit, maoshlar kabi masalalarni tartibga soladigan mustaqil tashkilotdir.
Vujudga kelishi hamda shakllanish tarixi. «Bayt-ul mol»ning tashkil etilganini aksariyat tadqiqotchilar xalifa hazrat Umar (r.a.) davriga bog‘lashadi, biroq Islom dinida davlatning moliyaviy ishlari Xalifa Umar davrida boshlangan deyishlik, asossiz. Chunki «Bayt-ul mol»ning ilk ko‘rinishlari Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) davrida Islom kirib kelishi bilanoq boshlangan.
Biz hadislardan boxabarmizki, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Makkada istiqomat qilgan damlarda ham o‘zlariga keltirilgan hadya va shunga o‘xshash narsalarni shaxsan o‘zlari yoxud boshqa musulmonlar yordamida muhtojlarga tarqatganlar. Biroq uning shakllanishi Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning Madina davri bilan bog‘liq. Chunki Makka davrida na bir Islom davlati va unga tegishli moliyaviy tashkilot bor edi. Bu ish faqat Payg‘ambarimiz (s.a.v.) tomonidan musulmonlar o‘rtasida tartibga solinib turilgan. Madina davrida esa tashkil etilgan Islom davlati moliyaviy zaxiraga ehtiyoj sezgan va bugun biz so‘z yuritayotgan moliyaviy-idoraviy tashkilot to‘qilgan. Madina davrida davlat xazinasini, hadyalardan tashqari, boyitgan omil Badr jangi sanaladi. Chunki Badr jangida qo‘lga kiritilgan mol-mulklar hamda asirlar -evaziga olingan fidyalar juda ko‘p miqdorni tashkil etgan. Biroq qo‘lga kiritilgan o‘ljalar davlat xazinasiga topshirilmasdan jangga qatnashgan g‘oziylarga bo‘lib berilgan. Izlanishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, zakot berishlik ham ushbu yildan boshlangan, shu bilan bir qatorda, ilk marotaba davlat tomonidan tartibga solingan soliq tizimi joriy qilingan. Bu esa islomda moliyalashtirish manbalarining tashkil topishining rasmiy tus olganligidan dalolat beradi.
Badr jangidan keyingi davlat xazinasini boyitgan omil bu Bani Qaynuqa jangi hisoblanadi. Bundan qo‘lga kiritilgan o‘ljaning beshdan biri Alloh taolo tomonidan nozil qilingan «Anfol» surasining 41-oyatiga ko‘ra, davlat hisobiga o‘tgan, qolganlari g‘oziylarga tarqatib berilgan. Undan so‘ng Bani Qurayza yahudiylaridan olingan o‘lja ham yuqoridagidek taqsimlangan.
Musulmonlar qo‘lga kiritgan ilk maskanlardan biri bu Bani Nodir yerlaridir. Bani Nodir Uhud jangidan olti oy so‘ng olingan. Sulh tuzish natijasida qo‘lga kiritilgan mazkur yer «Hashr» surasining 6-oyatiga ko‘ra davlat xazinasiga berilgan. Shu va shunga o‘xshash holatlardan ko‘rinib turibdiki, garchi «Bayt-ul mol» iborasi ishlatilgan bo‘lmasa-da, buning dastlabki tamal toshi Olamlar Sarvari (s.a.v.) ning muborak daqlarida qo‘yilgan. Hijriy to‘qqizinchi yildan boshlab olina boshlangan Jizya soliq turi Islom davlati xazinasining boyishiga sabablardan bo‘ldi. Agar davlat kirimlari muvozanatli holatda bo‘lsa, bunday hollarda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) o‘zlari bayt-ul mol uchun mol to‘plaganlar. To‘plangan bu mollarning bir qismini zakotdagiga o‘xshash Qur’oni karimda belgilangan kerakli joylarga ishlatardilar, qolgan bir qismini esa tegishli joylarga ishlatardilar.
Islom iqtisodiyotida va bozor iqtisodiyotidagi kabi investitsiyalar jamiyatdagi jamg‘armalar miqyosidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Jamg‘armalarning asosiy manbasi jismoniy va yuridik shaxslar daromadlarining iste’moldan ortgan qismidir. Islom iqtisodiyotida daromad xususida umumiy bir qoida mavjud: Islom, musulmonlarning istagan yo‘llari bilan kun kechirishlarini rad etadi. Aksincha, daromad xususida mashru’ va g‘ayri mashru’ yo‘llarni ochiq-oydin bildiradi. Bu holat quyidagi tamal qoidada o‘z ifodasini topgan: «Bir shaxsning foydasi boshqa bir shaxsning mutlaq zarari hisobiga asoslangan daromad yo‘li g‘ayri mashru’ va haromdir. Adolat va rizo asosida shaxslarning o‘zaro foydalarini ta’minlagan daromad topish yo‘li esa mashru’-haloldir»
Iqtisodiyotda ishlab chiqarishga va ma’lum bir faoliyatni rivojlantirish uchun yo‘naltiriluvchi kapitalning jamlanishi mehnat va jamg‘arishga tayanadi. Jamg‘arish - bu kelajakda undan foydalanish uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlardagi foydasidan ma’lum bir qismini ushlab qolish evaziga pul jamg‘arishdir. Alloh taolo muqaddas kalomi Qur’oni karimning «Yusuf» surasida Yusuf alayhissalom qissasi orqali insonlarda kapital qo‘yish va uni jamg‘arishga ehtiyoj bo‘lganligini bayon qilgan: “Shoh dedi: «Men tushumda yettita ozg‘in sigir yettita semiz sigirni yeyayotganini va yettita yashil boshoq bilan birga boshqa (yettita) qurigan boshoqlarni ko‘rdim. Ey, ayonlar! Agar tush ta’birini aytguvchi bo‘lsangiz, tushum to‘g‘risida fatvo (javob) beringiz».
Bu tush ta’birini Alloh taolo Yusuf alayhissalomga o‘rgatdi. Yusuf alayhissalomdan tush ta’biri so‘ralganda «(Yusuf) aytdi: «Odatlaringiz bo‘yicha yetti yil ziroat qilaveringiz. Olgan hosilingizni (omborda) boshog‘i bilan qoldiringiz. Faqat ozgina o‘zlaringiz yeydiganini (yanchib olingiz). So‘ngra, undan keyin qattiq yetti (yil) keladi va shu (qahatchilik yil)lar uchun g‘amlab kuygan zaxirangizni yeb ketadi. Faqat ozgina asrab qo‘yganingizdan (qolur). So‘ngra, undan keyin bir kelib, odamlar unda yomg‘irga serob bo‘lurlar va unda (mevalardan) sharbat olurlar». Yusuf alayhissalom bashorat bergan vaqt keladi, ungacha insonlar o‘zlarining kelajaklari uchun zaxira yig‘ib qo‘yadilar va buning natijasida bu qahatchilikdan kam talafot olib chiqadilar. Bundagi oyatdan biz uchun ibrat bor va unda kapital jamg‘arish, yetti yil uchun jamg‘arish amaliyotlari bayon qilinishi bilan bir qatorda, o‘sha davr kishilar hayotlarining iqtisodiy siklining og‘irlik va yengillik taraflariga o‘xshash yetti yil uchun adolatli taqsimotni ko‘rishimiz mumkin. Shundan biz xulosa qilishimiz mumkinki, ehtiyoj tug‘ilganda foydalanish uchun kapital jamg‘arishimiz mumkinligi va bu kapital yoki jamg‘arma qiyinchilik paytida yengillik keltirishi mumkin. Lekin jamg‘arish «ixtikor» ni maqsad qilingan bo‘lsa bunga shariatimizda yo‘l qo‘yilmaydi.
Islom iqtisodiyotida investitsiya tasarrufi borasida yig‘ilgan ma’lumotlar va tahlillardan kelib chiqqan holda investitsiyaning asosiy manbalari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
Islom banklari (IB);
Islom investitsiya fondlari (IIF);
«Bayt—ul mol»lar;
Kelajak rivoji uchun tuzilgan investitsion fondlar (ayrim neft eksport qiluvchi yuqori daromadli arab mamlakatlarida mavjud);
Yirik kapitalga ega musulmonlarning yillik zakotlari.
Bu investitsiyalarning manbalaridan hozirda xalqaro moliyaviy munosabatlardan o‘zining salmoqli o‘rniga va o‘z mijozlariga ega bo‘lganlari bu asosan Islom banklari va Islom investitsion fondlari hisoblanadi. Ular boshqa moliyaviy muassasalardan farqli o‘laroq o‘z faoliyatlarini shariat ahkomlari asnosida tashkil qilgan bo‘lib, ular faoliyatidagi xususiyat asosan ribodan qochishdir. Foizdan chetlanish bilan bir qatorda, ular o‘ziga xos muqobil yo‘llarni taklif qiladiki, unda ishtirokchilarning mafaatlari bir mezonda saqlanishga harakat qilinadi va qat’iy belgilangan foizlardan saqlanadilar. Islom banklari va islom investitsiya fondlari hozirda dunyobo‘ylab, tarqalib va o‘zining mijozlarini topmoqda. AQShning o‘zida hozirda 200 ga yaqin islom investitsiya fondlarining faoliyat yuritayotganligi fikrimizning dalili bo‘ladi. Bu haqda ularning internet veb-sahifalaridan batafsil ma’lumot olish imkoni mavjud Bankir va iqtisodchi olim Kris Barlton o‘zining «Rivojlanayotgan bozorlardagi banklar» asarida islom banklari faoliyatini har tomonlama tahlil qilgan. Uning taqliliga ko‘ra, islom banklari kapitali yiliga 10—15% sur’at bilan o‘smoqda. Bu esa moliya sohasida juda katga ko‘rsatkich hisoblanadi.
Islom iqtisodiyotida investitsiya qilish va uning shartlari
Islom ta’limoti kishilarning iqtisodiy faoliyatining barcha jabhalarini qamrab olgan bo‘lib, unda uchraydigan har bir masala va muaamolarni o‘ziga xos usulda muolaja qiladi. Yuqorida ham aytib o‘tilganidek, Islom ta’limoti bozor iqtisodiyoti qonuniyatlarini rad etmagan holda uning ma’naviy—ruhiy jihatlariga e’tibor qaratadi hamda iqtisodiy munosabatga kirishayotgan har bir insonni halollikka, birovning haqiga xiyonat qilmaslikka chorlaydi.
Islom iqtisodiyotida sarmoyani ko‘paytirish va to‘plash uchun harakat qilish nafaqat joiz, balki da’vat ham qilingan bo‘lib, mol ham inson ziynatlaridan bir ziynatdir. Shuning uchun ham uni noloyiq joylarga sarflash yoki mutlaq sarflamasdan xazina qilib saqlash kabi illatlardan inson yiroq bo‘lishi kerak. Agar inson o‘z mablag‘ini (sarmoyasini) to‘g‘ri manfaatli yo‘lga sarflasa, u Alloh madh etgan inson bo‘lishi mumkinligini ko‘rishimiz mumkin.
«Mollarini Allohning roziligini istab, o‘zlaridagi ishonch bilan sarflaydiganlar xuddi tepalikdagi boqqa o‘xshaydilar. Unga qattiq yomg‘ir yog‘sa mevasini ikki barobar beradi. Agar qattiq yomg‘ir yog‘masa, maydalab yoqqani ham bo‘laveradi. Va Alloh, qilayotganlaringizni ko‘rib turuvchi zotdir» (Baqara, 265).
Dinimizda ibodat ikki xildir: jismoniy va moliyaviydir. Shuning uchun inson ma’lum miqdorda molga ega bo‘lishi va uni halol kasb orqali topishi lozimdir.
Islom iqtisodiy nizomlari mol egasi uchun investitsiya sarflashda eng avvalo o‘zi va u yashab turgan jamiyat uchun foydali bo‘lgan ko‘rsatmalarni berish hamda uni ikki dunyoda baxtli qilishdan iborat. Qur’oni karimda bu xususda Alloh taolo (j.j) shunday marhamat qiladi:
«Alloh o‘z Rasuliga shahar (qishloq) ahlidan qaytarib bergan narsa... Allohgadir va uning Rasuliga va yaqin qarindoshlariga, yetimlarga va miskinlarga va ko‘cha o‘g‘illari(musofir)gadir. Sizlardan boylaringiz orasida aylanadigan narsa bo‘lib qolmaslik uchun» (Hashr, 7).
Ko‘rib turganimizdek, mol faqatgina boy bo‘lgan kishilar qo‘lida aylanib qolmasligi, balki oyati karimada aytib o‘tilgan o‘rinlarda va xayru-saxovat, mehr-muruvvat ishlarida foydalanilishi lozim.
Islom iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyotida ham qilinayotgan investitsiyalar jamg‘armalarda yig‘ilgan mablag‘lar hisobiga shakllanishi ma’lum. Shunday ekan, yig‘ilgan jamg‘armalarga va sarmoyalarga hamda ularning tasarruf etilishi borasida islom iqtisodiyotida shunday qaralgan.
Jamg‘armalardan foydalanishda va investitsiya qilishda quyidagi tamal qoidalarga tayaniladi:
Birinchidan, mol-mulk Allohniki, odamlarga esa u omonatga berilgan. Kimda kim mol-mulkni Alloh harom qilgan faoliyatlarga sarflasa, u omonatga xiyonat qilibdi.
Ikkinchidan, dunyo boyligi hammanikidir, lekin uni halol yo‘l bilan o‘zlashtirishi lozim.
Uchinchidan, boylik to‘plab, o‘ziga ham boshqalarga ham foydasiz saqlash ijtimoiy jinoyatdir va yomon xislatdir. Buning uchun islomda jazo belgilanadi.
To‘rtinchidan, boylik faqat halol yo‘l bilan to‘planishi lozim va uni tasarruf etish ham halol yo‘l bilan bo‘lishi kerak. Boylar o‘z mollarini tasarruf etishda ko‘pchilik manfaatlaridan kelib chiqishi kerak.
Yig‘ilgan jamg‘armalar naqd pul shaklida bo‘lsa, investitsiyalardagi musaqama (paychilik) va mushorakaga aylantiriladi: aksiya va obligatsiya (agar undan ribo uchun foydalanilsa, unga islomda ruxsat berilmagan) sotib olish shaklida yoxud fond omonatlari yoki yangi yerlarni sotib olish yoki yangi imoratlarni barpo etishga sarflaydilar.
Shuningdek, jamg‘armalarning tasarruf qilinishi shariat asosidagi ikki shartga asoslanadi:
A) Nominal miqdoriga bog‘liq qatiy daromad o‘rniga, jamg‘arma egalari faktik jihatdan mudorib yoki hamkor (bank, fondlar) qo‘lga kiritgan oldindan hisoblangan foydani olishlari kerak. Gap shundaki, asosiy mablag‘ ham foyda nisbati ham kafolatlanmagan.
B) Jamg‘arilgan mablag‘lar shariat muboh qilgan ishga investitsiya qilinishi kerak. Bu esa nafaqat investitsiya kanallari, balki ular bilan kelishilgan shartlar ham islom tamoyillariga mos kelishi kerakligini anglatadi.
Jamg‘armalarning tasarruf etishda, odatda, eng ko‘p tarqalgan usul bu ularni investitsion resurslarga aylantirilishidir. Bu bilan, ya’ni investitsiya shariatda muboh qilingan faoliyatlarga sarflanadi va bu orqali iqtisodiyotda yuz berayotgan inflyatsiyaga qarshi kurashiladi. Jamlangan mablag‘lardan foydalanishda jahondagi moliyaviy operatsiyalarning quyidagi turlari islomiy moliya munosabatlariga ko‘ra ITB va islom fondlari tomonidan, ular shariatga mos kelmaganligi uchun ma’qul, deb topilmaydi:
Ribo. Mazkur doktrinaga ko‘ra, nafaqat oddiy foizlar hisoblanishi, balki har qanday nohalol boyish man etiladi. Bu masalani yuqoridagi ribo haqida batafsil o‘rganib chiqishga harakat qildik.
Kafolatlangan foyda. Moliyachi o‘zi sarmoya qo‘ygan korxona olgan real foydadan manfaat olishi lozim. Oldindan belgilangan foyda yoki oldindan hisoblangan foyda olinishi man etiladi.
Fapap (mavhumlik): moliyaviy yoki iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirishda «to‘liq axborot» bo‘lishligi shart yoki bahosi oldindan aniqlanmagan hamda belgilanmagan har qanday operatsiya shubhali ko‘rinadi. Bu holatdan investitsion loyihalar ham xoli emas.
Maysir (spekulyatsiya, olib sotarlik(ixtikor ma’nosida) yoki qimor o‘yini, ya’ni «bir nimaga osongina erishish yoki boyish»): ITB va IIFdan olingan mablag‘lar banklar fyucherslari, opsionlar bilan spekulyativ operatsiyalarni amalga oshirish yoki foyda olinishni kafolatlaydigan shartnomalar tuzish maqsadida foydalanishga haqli emas.
Axloqiy sifatga ega bo‘lmagan loyihalarni moliyalashtirilmaydi.
Bu shartlar shuni ko‘rsatadiki, islom iqtisodiyotida yo‘naltirilgan investitsiya narkobiznes, fohishalik, har xil kazinolar qurish, insonlarga ofat keltiradigan Qurol—yaroq va hokazolar ishlab chiqarishga sarflanishi qat’iyan man etiladi va bu sohalar noshar’iy yo‘llar hisoblanadi. Sarmoya(mol)ni insonlarga aziyat yetkazish yo‘lida sarflash joiz emasligi to‘g‘risida Islom iqtisodiyotida qanday yo‘riq ko‘rsatadi?
Muqaddas islom dini mol to‘g‘risida, uni qanday joylarga ishlatish va behuda isrof qilmaslik borasida azaldan ham hozirda ham o‘z so‘zini aytib, jamiyatning iqtisodiy taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan yo‘riqlarni ko‘rsatib bergan. Jumladan, Qur’oni karimda Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
«Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qiling. Alloha taqvo qiling. Albatta, Alloh azobi shiddatli zotdir» (Moida, 2).
Demak, birgina mol bilan bo‘ladigan munosabatda ham o‘zaro bir-birimizga yaxshilik, ezgulik kabi oliy xislatlar ustida moliyaviy yordam ko‘rsatishimiz, jamiyat va o‘zimiz uchun zararli bo‘lgan isrofni sodir qilib gunohkor bo‘lmasligimiz lozim ekan. Istismor masalasida esa, bevosita kishilar hayotining ravnaq topishi va jamiyat taraqqiyoti yo‘lida sarf etilishi talab etiladi.
Muborak hadisi sharifda shunday deyiladi:
«Insonlarning eng yaxshisi insonlarga manfaat keltiruvchisidir» deyiladi.
Buni, yirik kapitalga ega musulmonlarga murojaat sifatida ham tushunishimiz mumkin. YA’ni ular o‘z mablag‘larini jamiyat yoki taraqqiyoti uchun va insonlarga manfaati tegadigan sohalarga safarbar qilish maqsadga muvofiq.
Islom iqtisodiyotida investitsiya qilishda yuqorida ko‘rib o‘tgan yo‘nalishlarimizdan chetlanish bilan bir qatorda unga muqobil yo‘llar ham ko‘rsatib utilganki, bular vositasida ribo masalasidan chetlanish imkoniyati paydo bo‘ladi. Hozirgi kunda o‘zining samarali faoliyati bilan xalqaro moliyaviy munosabatlarda munosib o‘rnini topib borayotgan Islom banklari(IB) va Islom investitsiya fondlari(IIF) o‘z faoliyatlarida ushbu muqobil yo‘llardan foydalanib kelmoqda.3
Investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash islom korporatsiyasi.
Investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash islom korporatsiyasi (ICIEC) ITB guruhining a’zosi hisoblanadi. 1994 yilda xalqaro muassasa maqomida tashkil etilgan. Bosh ofisi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan.
2010 yilning may oyida ICIEC Dubay xalqaro moliya markazida o‘zining dastlabki vakolatxonasini ochdi.
ICIEC eksportga oid kreditlarni sug‘urtalash xizmatlari, siyosiy xatarlardan sug‘urtalovchi hamda shariat qoidalariga muvofiq qayta sug‘urtalash xizmatlarini amalga oshiruvchi jahonda yagona multimilliy sug‘urta kompaniya hisoblanadi.
2011 yilning may oyiga qadar ICIEC ning nizom jamg‘armasi 150 mln. islomiy dinorni tashkil etdi, ITB ICIEC nizom jamg‘armasining 67% iga obuna bo‘ldi, qolgan 33% iga obuna IHT 40 ta a’zo-mamlakatlariga tegishlidir. 2011 yilning iyunida ICIEC ning nizom jamg‘armasi 400 mln. islomiy dinorga qadar oshirildi.
2017 yil yakuniga kelib, ICIEC tarkibiga 44 ta mamlakat va ITB kirdi.
IHT a’zo-mamlakatlari o‘rtasida quyidagi xizmatlarni ko‘rsatish orqali investitsiyalar oqimi va savdo amaliyotlari miqyosini kengaytirish ICIEC ning maqsadi hisoblanadi:
– investitsiyalarni sug‘urtalash;
– eksportga oid kreditlarni (eksport kreditlarini) sug‘urtalash;
– chet el investitsiyalarini bevosita ilgari surish bo‘yicha xizmatlar.
ICIEC ning asosiy maqsadi ICIEC investitsiya va eksport kreditlarini sug‘urtalash xizmatlarini taqdim etadi:
– eksport kreditlarni sug‘urtalash eksportchilarni tijorat xatari yoki siyosiy xatarlar amalga oshishi natijasida paydo bo‘ladigan eksport qarzdorliklarini to‘lamaslikdan himoya qiladi;
– investitsiyalarni ICIEC tomonidan sug‘urtalash investor va qarzdorlarni siyosiy (mamlakat) xatarlardan himoya qiladi;
– eksport kredit agentliklari (EKA) uchun qayta sug‘urtalash xizmatlari.
Tijorat xatarlari xaridorga taalluqli bo‘lib, o‘z ichiga quyidagilarni oladi: xaridorning bankrot bo‘lishi, xaridorning to‘lovga qobiliyatsizligi yoki uni rad etishi, tovar yuklanganidan keyin xaridorning tovar qabul qilishni rad etishi, xaridor tomonidan bitimning o‘zboshimchalik bilan bekor qilinishi.
Siyosiy (notijoriy) xatarlar o‘z ichiga quyidagilarni oladi: xaridor mamlakatning o‘tkazmalar qilish va konvertatsiya bo‘yicha cheklovlari, mamlakat hukumati tomonidan xaridorni mulkidan mahrum qilish, xaridorning mamlakatidagi jamoatchilik g‘alayonlari va urushlar, shartnomani bekor qilish.
ICIEC islom fiqhiga muvofiq yuqorida sanab o‘tilgan xizmatlarni taqdim etadi, ya’ni korporatsiya quyidagilarni o‘z zimmasiga oladi:
– har bir polis egasi duch kelishi mumkin bo‘lgan zararlarni jamoaviy taqsimlash orqali sug‘urta polisi egalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikka erishishga ko‘maklashish;
– polis egalarida sug‘urtalash yoki qayta sug‘urtalash amaliyotlari natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ortiqcha mablag‘larni o‘rnatilgan zaxira talablarini qondirilgandan so‘ng taqsimlash;
– shariat man etgan tovarlarni sotish, shuningdek, investisiyaviy yoki eksport qarzlari bo‘yicha to‘planuvchi kredit foizi (interest) singari sug‘urtalash bitimlariga yo‘l qo‘ymaslik;
– islom qoidalariga muvofiq faoliyat yurituvchi jamg‘armalarga investitsiya qilish. 276 Eksport kreditlarini sug‘urtalash xizmatlariga ICIEC ning quyidagi mezonlariga maqbullik yuklanadi:
– tovarlar shariat talablariga muvofiq kelishi lozim;
– tovarlar ICIEC ka a’zo-mamlakatda ishlab chiqarilgan bo‘lishi yoki tovar ishtirokchi-mamlakat qo‘shimcha qiymatining kamida 30% ini o‘z ichiga olgan bo‘lishi shart;
– eksport qiluvchi ishtirokchi-mamlakatda ro‘yxatga olingan bo‘lishi yoki uning kapitali katta qismi ishtirokchi-mamlakat fuqarosiga tegishli bo‘lishi lozim.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan oxirgi ikkita bandga qaramay, ICIEC tashkiloti ishtirokchi-mamlakatlariga eksportni amalga oshiruvchi boshqa mamlakatlar eksport qiluvchilarining eksport kreditlarini sug‘urta qilish xizmatlarini taklif etishi mumkin. Bunday eksport qiluvchilarga maqbullikning quyidagi mezonlari o‘rnatiladi:
– yetkazib beriladigan tovarlar va asbob-uskunalar yoki xizmatlar infratuzilma ta’minoti yoki kapital berish bilan bog‘liq bo‘lishi;
– zarur oziq-ovqat mahsulotlari;
– yetishmayotgan, birinchi navbatdagi zaruriyat tovarlari.
ICIEC ning navbatdagi maqbullik mezonlari investitsiyalarga sug‘urtalash xizmatlari ko‘rsatishga taalluqlidir:
– investitsiyalar ICIEC ishtirokchi-mamlakatlari uchun mo‘ljallangan bo‘lishi lozim;
– investitsiyalar yangi loyihaga yoki amaldagi loyihanikengaytirishga yo‘naltirilishi lozim;
– investitsiyalar shariat talablariga muvofiq kelishi lozim.
ICIEC ning moliyaviy mahsulotlari.
1. Eksport kreditlarini sug‘urta qilish.
Eksport kreditlarini sug‘urta qilish quyidagi polislar yordamida taqdim etiladi:
– to‘liq qisqa muddatli polis/ (Comprehensive Short Term Policy/CSTP);
– ixtisoslashgan amaliyotlar uchun polis/(Specific Transaction Policy/ STP);
– guruhli bank polisi/(Bank Master Policy / BMP);
– dokumentar akkreditiv sug‘urta polisi/(Documentary Credit Insurance Policy / DCIP).
To‘liq qisqa muddatli polis/CSTP (Comprehensive Short Term Policy/ CSTP) – takroran jo‘natiladigan xom ashyolar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va yengil sanoat tovarlarini qoplaydi, ushbu mahsulotlar bo‘yicha xaridorga berilgan kredit muddati bir yil (365 kun)dan ortmaydi. Qoidaga ko‘ra, eksport qiluvchi to‘liq sug‘urta qilinuvchi tovar aylanmasini taklif etishi shart. Lekin ma’lum bir istisnolar ham qilinishi mumkin.
CSTP larning asosiy xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi:
– qoplanuvchi xatarlar: siyosiy hamda tijoriy xatarlar;
– polis davomiyligi: qayta tiklanadigan oddiy ish tartibi amal qilgan sharoitda bir yil;
– qoplama hajmi: zararlarning 95% i yoki xaridor ma’qullagan kredit limitidan iborat bo‘ladi – bunda qiymati bo‘yicha pastroq ko‘rsatkich tanlab olinadi. Qoplamaning standart hajmi 90% ni tashkil etadi;
– sug‘urta talabini kutish davri: xaridorning to‘lovga qobiliyatsizligi ma’lum bo‘lishi bilan darhol, lekin qolgan barcha yo‘qotishlar holatida bir xil muddat – olti oy mobaynida;
– eksportni moliyalashtirish: polis bo‘yicha sug‘urta talabi miqdori eksport moliyalashtirishni ta’minlashni qoplash maqsadida bankka to‘lab berilishi mumkin;
– qo‘shimcha ustama (mukofot): eksport qiluvchi taqdim etgan eksport deklaratsiyasi asosida har oyda to‘lanadi. Ustama stavkasi to‘lov shartlari, xaridor-mamlakatning bozor tasnifi va eksport qiluvchining sug‘urta talablari tarixi bilan bog‘liq holda, har bir polis uchun alohida belgilanadi;
– sug‘urta talablari: sug‘urta talabiga oid hujjatlar to‘plami yo‘qotish sanasidan keyin 45 kun muddat oralig‘ida jamlanishi kerak. Sug‘urta talabi haqqoniyligi tasdiqlanganidan keyin ICIEC mos sug‘urta talablari kutish muddati o‘tgach, kelishilgan qoplama foizini belgilaydi;
– tovarlarni qaytarish: shunisi muhimki, eksport qiluvchi sug‘urta talablari to‘langanidan keyin ICIEC ning maslahatlariga rioya etgan holda, majburiyatini bajarmagan xaridordan tovarlar qaytarilishini talab qiladi. Korporasiya o‘zining suborgatsiya (bir kreditorni boshqasi bilan almashtirish) huquqini amalga oshirishi mumkin va tovarni tezda qaytib oladi;
– sug‘urta himoyasi muddatini uzaytirish: jo‘natish oldi xatarlarini qoplash, polisni chet ellik xaridorlarga sotish hamda boshqa o‘ziga xos vaziyatlarda polis muddati uzaytirilishi mumkin.
Qo‘shimcha o‘rta muddatli polis / (Supplemental Medium term Policy / SMTP) CSTP ga juda o‘xshaydi. Ularning asosiy farqi shundaki, DSP 5–7 yillik o‘rta muddatli xatarlarni qoplaydi.
Ixtisoslashgan amaliyotlar uchun polis / (Specific Transaction Policy / STP) eksport qiluvchilar va ularning xaridorlari o‘rtasidagi alohida eksport bitimlarini qoplaydi. STP kreditlash muddati 7 yilga qadar bo‘lgan amaliyotlarni qoplash uchun shakllantirilgan. STP sxemalari bo‘yicha sug‘urtalangan asbob-uskunalar / xizmatlarga nisbatan biron-bir cheklov talablari mavjud emas. Ushbu polis bo‘yicha siyosiy hamda tijoriy xatarlar sug‘urtalanishi mumkin. STP bo‘yicha ustama haq qoidaga ko‘ra oldindan, polis amal qilishi avvalida kiritiladi.
Guruhli bank polisi / (Bank Master Policy / BMP) ITB va eksportni moliyalashtirishga jalb etilgan banklar moliyaviy amaliyotlarida to‘lovsizlik xatarini qoplash uchun maxsus shakllantirilgan. Uning eng ko‘p muddati 7 yilga teng. U islomiy banklarning eksportni moliyalashtirish amaliyotlari uchun sug‘urta himoyasini taqdim etadi.
BMP islom tamoyillariga muvofiq, investitsiyaviy va savdo amaliyotlarini moliyalashtiruvchi bank va boshqa moliyaviy muassasalarni, buyurtma beruvchi maqbul bank kafolatlarini taqdim eta olmagan taqdirda yoki nomaqbul tijoriy va siyosiy xatarlar ta’siri holatlarida jalb etishni nazarda tutadi.
Dokumentar akkreditiv sug‘urta polisi/ (Documentary Credit Insurance Policy/DCIP) import qiluvchining banki tomonidan chiqarilgan dokumentar akkreditivni to‘lamaslik xataridan himoya qilish maqsadida, moliyaviy muassasalar yoki tijorat banklari uchun joizdir.Eksportni kreditlashning sug‘urta qilish afzalliklari: xatarlarni pasaytirish, xatarlarni diversifikatsiyalash, quvvatlarni oshirish, «balance sheet» (moliyaviy ko‘rsatkichlar)ni oshirish, bitimlar hajmini oshirish, likvidli mablag‘larga tezlikda ega bo‘lish imkoniyati, bu yerda polis eksport qiluvchining bankida naqdlashtirilishi mumkin, yuqori sifatli kredit axborotiga ega bo‘lishni ta’minlaydi.
Investitsiyalarni sug‘urta qilish quyidagi polislar bo‘yicha taqdim etiladi: hissadorlik kapitaliga investitsiyalarning sug‘urt polislari (Equity Investment Insurance Policy); moliyalashtirish liniyalari investitsiyalari sug‘urta polislari (Financing Facility Investment Insurance Policy); kafolatli qarzlarga investitsiyalar sug‘urta polislari (Loan Guarantees Investment Insurance policy).
Hissadorlik kapitaliga investitsiyalar sug‘urta polislari (Equity Investment Insurance Policy). Ushbu polis retsipiyent1-mamlakatdagi xatarlarda hissadorlik kapitaliga investitsiyalarni qoplaydi. U bir vaqtning o‘zida boshqa mamlakatga qilinayotgan investitsiya miqdori va yuzaga keluvchi daromadlarni qoplaydi.
Moliyalashtirish liniyalari investitsiyalarining sug‘urta polislari (Financing Facility Investment Insurance Policy). Ushbu polis kreditorning moliyalashtirish mablag‘lari yoki qarz liniyalari bo‘yicha ma’lum bir investitsiyaviy loyihalarni retsipiyent-mamlakatdagi xatarlardan qoplaydi. Islomiy moliyalashtirish bilan bo‘lgan holatda, polis asosiy qarzni ham, ustamalarni ham qoplaydi, an’anaviy moliyalashtirish bilan holatlarda faqat qarzning asosiy miqdorini qoplaydi, shariat tomonidan man etilgan foizlar esa hisobga olinmaydi.
Kafolatli qarzlarga investitsiyalar sug‘urta polislari (Loan Guarantees Investment Insurance policy). Ushbu polis investitsiyaviy loyihaga qilingan moliyalashtirish liniyalarini yoki qarz kafolatchisini retsipiyent-mamlakat xatarlaridan qoplaydi. Agar kafolatlangan qarz islomiy bo‘lsa, u holda polis asosiy qarzni ham, uning ustamasini ham qoplaydi. Lekin, kafolatlangan qarz an’anaviy bo‘lsa, polis faqat asosiy qarzni qoplaydi, shariat man etgan foiz chiqarib tashlanadi.
ICIEC chet ellardagi investitsiyalar uchun notijoriy xatarlarni sug‘urtalaydi. Xatarlarning ushbu shakli tovarlarni eksport qilish bilan bog‘liq emas. 8.10-rasmda chet el investitsiyalarini sug‘urta qilish chizmasi berilgan.
Chet el investitsiyalarini sug‘urta qilishning afzalliklari:
– chet ellik investorlarni «yopiq bozor»larga investitsiya qilishga undaydi;
– loyihalarga qo‘shimcha kapitalni jalb etadi;
– homiylarga namoyish etish uchun «balance sheet»ni oshiradi;
– chet ellik muassasaning ishtiroki bitimning barqarorligi kafolati bo‘lib xizmat qiladi;
1. Investor avvalgi buyurtmani beradi va IKSIEKning qat’iy ma’qullovini oladi. Investor Asosiy buyurtmani beradi.
2. IKSIEK loyihaviy/mamlakat xabarlarini baholaydi.
3. IKSIEK menejmenti sug‘urtalashni ma’qullaydi, IKSIEK investorga sug‘urtalashni taklif etadi.
4. IKSIEK qabul qiluvchi mamlakat hukumati roziligini oladi.
5. Xatar holati yuz berganda investor IKSIEKka sug‘urta talabnomasi taqdim etadi, u qoplamani to‘lab beradi.
– buyurtma taqdim etish: moliyalashtiruvchi tomon yoki investor oldindan buyurtma berish orqali, ICIEC ning siyosiy xatarlardan sug‘urta qilish xizmatiga murojaat etishi mumkin. Ro‘yxatdan o‘tgach, to‘ldirilgan asosiy buyurtmani taqdim etish lozim:
– sug‘urta qoplamasi davri: standart 15 yil (ko‘pi bilan 20 yil);
– qoplama miqdori: 95% gacha;
– ro‘yxatga olish uchun to‘lov investitsiyani sug‘urta qilish polisining asosiy buyurtmasi taqdim etilganda amalga oshiriladi;
– mukofot (ustama) miqdori mamlakat reytingiga va sug‘urtalash uchun xatarlar soniga bog‘liq bo‘ladi;
– mukofot (ustama) oldindan kiritiladi va investitsiyalarning sug‘urta miqdoriga nisbatan hisoblanadi. (Islomiy moliyalashtirish holatida, ustama moliyalashtirilayotgan miqdor va kredit foizi o‘rtasidagi farq miqdoriga hisoblanadi.)4.
Do'stlaringiz bilan baham: |