Islomda inson huquqlari himoyasi, ijtimoiy tenglik, adolat, tolerantlik g’oyalari



Download 93,88 Kb.
bet1/2
Sana12.06.2022
Hajmi93,88 Kb.
#656768
  1   2
Bog'liq
Falsafa


Islomda inson huquqlari himoyasi, ijtimoiy tenglik, adolat, tolerantlik g’oyalari..


Islom dinining vujudga kelishi va jahon dini sifatida juda ko‘p xalqlar, millatlar, elatlar hayoti va turmush tarziga kirib kelishi tarixiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi. Islomning Markaziy Osiyo xalqlari, shu jumladan o‘zbeklar hayotiga asosan hanafiylik shariat mazhabi yo‘nalishidagi ta’limotining keng tarqalishi, kishilar ongi va shuuriga ta’siri natijasida milliy va diniy qadriyatlarning uyg‘unlashuvi hamda milliy g‘oyani takomillashishiga yo‘l ochdi.Islom nafaqat diniy ta’limot, balki dunyoqarash sifatida keng tarqala borishi bilan, uning nazariy, falsafiy, huquqiy tamoyillarini ishlab chiqishga e’tibor kuchaya boshladi. Natijada ΙX-X asrlarga kelib Qur’onga asoslangan maxsus islom ilmlari. Ya’ni diniy ilmlar shakllana boshladi. Masalan, Qur’ondan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan hadislar, ya’ni Muhammad payg‘ambarning nasihatlari, so‘zlari, rivoyatlarni to‘plashga qaratilgan maxsus yo‘nalish-hadisshunoslik rivojlandi. Bu jarayonda qadimiy an’analarga boy bo‘lgan Markaziy Osiyoda etishib chiqqan allomalar Imom Buxoriy, at-Termiziy, Yassaviy, Naqshband va boshqalar katta hissa qo‘shganlar.Islom falsafasi, xususan islomiy qadriyatlarni targ‘ib va tashviq qilish natijasida kishilarda imonli insonlar jamoasi shakllanib insof, diyonat, vijdon,xalol-poklik, insonparvarlik, kambag‘alparvarlik, hayri-ehsonli bo‘lish kabi axloqiy fazilatlar mustahkamlanib bordi. Zero, islom ilohiyoti nuqtai nazaridan imon va e’tiqod (ixlos) bir “o‘lchov tarozusi”ni, bundan inson o‘z xatti-harakatlarini o‘zi qabul qilgan dunyoqarash negizida baholaydi, ya’ni Alloh yo‘lidan tashqariga chiqmaslik uning tafakkur va turmush tarziga aylanadi.
Islom dini g‘oyalari va qadriyatlari, unga e’tiqod qiluvchi halqlar milliy ongning rivojlanishida bir turtki bo‘lib asta-sekin ma’naviy ruhiy jihatdan jipslasha borib, yagona maslakdoshlar jamiyati vujudga kela boshladi. Zero, bu qadriyatlar va ruhiy bilimlar mohiyatini ezgulik va poklikka da’vat etuvchi g‘oyalar tashkil etgan. Zardushtiylik dinining ezgulik yovuzlik ustidan pirovardida tantana qilish to‘g‘risidagi g‘oya bilan tarbiyalanib kelgan xalqlar uchun islomdagi insonparvarlik va ma’rifatpvarvarlik g‘oyalari bir-birini to‘ldirgandi.
Diniy qadriyatlar, marosim va an’analarning shakllanishi uzoq tarixiy davrlarga borib taqaladi. Ibtidoiy din shakllaridan boshlangan bu jarayon milliy va jahon dinlari shakllanib, keng yoyila boshlagan paytlarda ancha rivojlangan. Hozirgi diniy qadriyatlarning mavjudligi diniy ta’limotlarga asoslansa-da uning rivojlanishi jamiyat hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-axloqiy taraqqiyot bilan mustahkamlangan. Ular xalqimizning turmush tarzi va jamiyat hayoti uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda.Milliy ma’naviyatimizning qadimiy ildizlari, shu jumladan islomiy qadriyatlari, noyob va betakror namunalarini tadqiq etish, ularni bugungi kun talablari bilan bog‘liq holda boyitib targ‘ib etishning yangi bunyod etilayotgan fuqarolik jamiyati uchun ahamiyati kattadir. Istiqlol yillarida buyuk bobokalonlarimizning ma’naviy merosini tadqiq etish, asarlarini nashr qilish, yubileylarini nishonlash mamlakatimizda odat tusiga kirib, millatimizning har tomonlama uyg‘onib, kamol topishiga keng imkoniyat yaratmoqda. Xususan islom falsafasi asarlarini, diniy ulamo va allomalarning merosini nashr qilish, o‘rganish, targ‘ib etish xalqimizni islomiy qadriyatlardan baxramand qilishga katta yo‘l ochdi.
VIII-XII asrlar butun musulmon jamiyatida fan va madaniyat, ilm va tafakkur rivojlangan bir davr bo‘ldi. Bu davrda diniy bilimlar bilan bir qatorda dunyoviy ilmlar ham o‘z rivojiga ega bo‘ldi. Islom dini - Arabiston yarim oroli dorasidan chiqib, taraqqiy etgan jahon diniga aylandi. Islomning din sifatida Shakllanib, rivojlanishi aynan Shu davrlarga to‘g‘ri keladi. Albatta, bunga turli mintaqalardagi jarayonlar o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Xususan, Movarounnahrning islom madaniyati va fanning algebra, astronomiya, falsafa, tarix, hadis, kalom va boshqa sohalariga ko‘rsatgan ta’siri juda kattadir. Ayniqsa fiqh ilmi sohasida Movarounnahrning tutgan o‘rni beqiyosdir. Umuman olganda islom huquqShunosligi (fiqh) o‘ziga xos rivojlanish tarixiga ega.iqh - g‘arbda Islamic Law, Muslim Law, Muhammadan Jurisprudence, Le Droit Musulman, Islamische Gesetz kabi nomlar bilan Yuritiladi. Dunyoda amaldagi huquq normalaridan farqli o‘laroq, fiqh o‘z ichiga ibodat masalalarini ham qamrab oladi. Buni Tavrot kitobining ibodat masalalarini jamlab olgan Talmudga qiyoslash mumkin. Fiqh - qadimdan mavjud huquqiy normalarni ibodat va muomala masalalari bilan muShtarak holda ma’lum tartibga solingan huquqiy tizimdir.Lug‘atda:«al-fiqh» kalimasi -« anglamoq, tuShunmoq» kabi ma’nolarni beradi.Istilohda: «al-fiqh» - «Islom huquqi» deb Yuritiladi.
Fiqh zamonaviy fanlar asosida hozirgacha chuqur o‘rganilmagan bo‘lib, mutaxassis olimlar oldiga katta muammolarni qo‘yib kelmoqda.Fiqh - odatda «furu’ al-fiqh» (so‘zma-so‘z: «fiqh tarmoqlari») Shariatni konkret sohalarga tadbiq qilishdan va «usul al-fiqh» (so‘zma-so‘z: «fiqh asoslari») Shariat xukm oladigan manbalarni ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi. Tarixiy tadrijga ko‘ra «al-fiqh» - usul al-fiqhdan avval paydo bo‘lgan. Fiqh ilmining tadrijiy rivojini mutaxassis olimlar tomonidan bir necha davrlarga taqsim etilgan.
Insonning chin ma’nodagi insonligi- uning imoni, diyonati, mehr-oqibati, pokligi va halolligi, kamtarligi va boshqalar bilan o’lchanadi. Bu umumiy tarzda insoniylik tushunchasi bilan ifodalanadi. Insoniylik esa faqat imonli insonlardagina bo’ladi.Bu o’rinda hamma kishilar uchun umumiy tarzda tegishli bo’lgan masalalar ustida baholi qudrat fikr yuritamiz.Har birimiz imon tushunchasining mohiyatini to’g’ri anglab, tushunib olsak, imonni izohlovchisi bo’lgan diyonat, vijdonlilik, insof, mehr-oqibat, sahovat, adolatlilik, poklik va halollik, kamtarlik va boshqa ma’naviylik fazilatlarining ham mohiyatini bilib olamiz. Faqat imonli kishilargina poklik va halollik, diyonat, ezgulik, mehr-oqibat, sahovat, muruvvat yo’lida bo’ladilar. Shuning uchun imon tushunchasini, uning mohiyatini keng qamrovli asosda bayon qilishni maqsadga muvofiq deb bildik. Imon arabcha so’z bo’lib, lug’aviy ma’nosi ishonch demakdir. U inson ruhiy olamining botiniy tomonini tashkil etadi.Imon shaxsning o’z e’tiqodiga tayangan holda boshqalarning niyati, qilmish-qidirmishiga, o’zining ishlariga, hatolariga munosabat bildirishdir. Imon hayotda to’g’ri yo’l topishning mezoni hisoblanadi. Imonli kishilar Allohdan qo’rqish, bandadan uyalish nima ekanligini chuqur idrok etganlar. Allohni bir, Payg’ambarimizni (sallallohu alayhi vasallam) uning elchisi deb bilish-imonning bosh belgisi hisoblanadi. Imonli bo’lgan kishilar butun hayotlarida, ishlarida, faoliyatlarida, uyda, ko’chada birovga, o’z oilasiga munosabatlarida hamisha to’g’ri va halol yo’l tutishga intiladilar. Muomala va munosabatlarida g’araz bo’lmaydi., ta’madan va xaromdan hazar qiladilar. Har ishlarida faqat bu dunyoni emas, oxiratni ham o’ylab ish tutadilar. Barcha amallari va hatti-harakatlarini shunga bo’ysundirishga harakat qiladilar.
Ma’naviy-ahloqiy fazilat sifatida esa imon faqat odamzotgagina xos ruhiy hodisa jumlasiga kiradi. Inson, odamzotdan tashqari hech bir mahluqotda imonning o’rni-tagi ham yo’q. Binobarin, odamzod jamiki boshqa jonzotlardan biron bir narsaga ishonib, uni muqaddas deb bilishi, ya’ni imon keltirishi bilan ajralib turadi. Imon kishi ma’naviyatining, ahloqining o’q ildizi, poydevori, negizidir. Imondan mahrum kimsaning aqli nechog’li o’tkir, irodasi naqadar cho’ng bo’lmasin va shular tufayli o’zligidan qanchalik mag’rurlanmasin, u chinakam insonlar qatoriga hech qachon kiritilmagan, kiritilmaydi ham. Zero, imonsiz odam na Allohdan qo’rqadi va na bandalaridan uyaladi. U o’z nafsining itoatkor quli bo’lib, har qanday razolat va pastkashliklardan qaytmaydi. Alloh hammamizni shundan asrasin. Buning uchun imon yo’lini tutishimiz lozim.Imonning mohiyati azaldan olam va odamzotning kelib chiqishi, odamning olamdagi o’rni qanday, inson umrining ma’nosi nimada, zoti bashar nimaga da’vat etilgan, u nimalarga qodiru, nimalarga noqodir singari muammolar tashkil etib keladi.Qur’oni karimda imonli odamlarning belgilari quyidagicha tavsiflanadi. Ular mo’min, royish, yuvosh, itoatkor, quruq so’zlik (mahmadonalik)dan qochuvchi, poklikka intiluvchi, shartnomalariga rioya etuvchi, itoatga amal qiluvchilardir.
Hadislarda Vatanni sevish, hayoli bo’lish, kamsuxanlik ham imonlilikning ko’rinishi sifatida tasvirlangan. Vatanni sevish milliy, ijtimoiy-siyosiy hodisadir.
Diniy imon bilan birga inson tajribasi, bilimi tufayli yuzaga kelgan dunyoviy imon ham bor. Dunyoviy imon mazmunini olam va odam haqidagi so’nggi ikki yarim ming yil mobaynida kashf etilgan ilmiy-falsafiy bilimlar, mehnat ahlining to’plagan hayot tajribasi, ijtimoiy xotirasi, turli-tuman udumlar, urf-odatlar, rasm-rusumlar, an’analar va ular zamiridagi bilimlar tashkil etadi. Dunyoviy imonning o’zagi odamiylikdan iborat bo’lib, uning tarkibiga kiradigan unsurlar, qirralar, jihatlar g’oyat turli-tumandir. Odamiylik deganda xalqimiz uzoq tarixi davomida turli sinovlardan o’tib sayqal topib kelayotgan va faqatgina ijobiy fazilatlar tarzida e’zozlanadigan ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarni tushunsak bo’ladi. Odamiylik g’oyasi xalqimizning butun turmush tarziga, urf-odatlari hamda an’analariga, uning mislsiz boy og’zaki va yozma ijodiga, mumtoz adabiyotimiz va san’atimizga singib ketgan bo’lib, hozircha chuqur o’rganilib umumlashtirilgani yo’q.Dunyoviy imon odamlarni to’g’ri yo’ldan borishga qaratilgan ma’naviy qadriyatlar tizimidir. Imonli bo’lishning mohiyatini hayo, andisha, shirin so’zlilik, halollik va adolatlilik, or-nomuslilik, vijdonlilik, vafodorlik, mehnatsevarlik, sahovatlilik, mehr-muhabbatlilik, hayr-ehsonlilik kabi ahloqiy qadriyatlardan iborat ekanini ko’ramiz. Demak, imon komil insonnnig yetuk ma’naviy fazilatlari majmuidir.Imonsizlik esa vijdonsizlik, e’tiqodsizlik, tuban yo’llarga yurish, ahloq, odob, insonparvarlik qoida va talablariga rioya qilmaslikdir.
“Otang bolasi bo’lma, odam bolasi bo’l”, “O’zingga ravo ko’rmaganni boshqaga ham ravo ko’rma”, “Yomon o’z g’amida, yaxshi – el g’amida” singari hikmatlarda ajdodlarimiz ardoqlagan insoniylik qadriyatlarining bir zarrasigina aks etgan, xolos.Diniy va dunyoviy imonning mohiyatida tafovut bo’lsa ham, ularning mazmuni va shakliy tuzilishi bir xil. Chunonchi, diniy imonda hamma narsani yaratguvchi zot Allohga, dunyoviy imonda esa odamiylikka, chin insoniylikka urg’u beriladi. Ularning har ikkovi ham aslida kishini chinakam, bosh harflar bilan yoziluvchi INSON bo’lib tarbiya topishiga qaratilgan.Imonli odam boshqalarning diliga ozor bermaydi, balki odamlar qalbiga nur, ziyo ulashadi, ularni faqat yaxshi, ezgu amallarga o’rgatadi.
Imon kishilik hayotida shu qadar hal etuvchi mavqega egaki, usiz chin ma’nodagi inson ham, ahloq ham, demakki jamiyat ham bo’lmaydi.Imonli bo’lishga intilish qiyin hamda mashaqqatlidir. Imonli odam barcha qiyinchilik va mahrumliklarga ongli ravishda bardosh bergan holda halol-poklik, insof-diyonatlilik, saxiylik, ezgulikni ulug’lash va yovuzlikka qarshi kurash, vatanparvarlik, xalqparvarlik kabi fazilatlarni o’zida gavdalantirishga harakat qiladi va shunga erishadi. U ma’naviy boylik va go’zallikni moddiy to’kin-sochinlikka aslo qurbon qilmaydi. Odamlar uchun yashash, ularning dilini o’rinsiz og’ritmaslik, birovning haqiga xiyonat qilmaslik imonli insonning hayot dasturidir.
Yuqorida aytganimizdek, dunyoviy imonda ko’proq inson ahloqidagi odamiylikka urg’u beriladi. Kundalik hayotda imon so’zi keng qo’llaniladi. Bunda dunyoviy imon ma’nosi ko’zda tutiladi. Chunonchi xalqimizda ayrim kishilarning o’ta ahloqsizlik hatti-harakatiga nisbatan “imonsiz” degan haqoratomuz ibora ishlatiladi. Bu haqorat zamirida Allohga ishonch-e’tiqodi yo’q, xudodan, dindan qaytgan, xudosiz ma’nolaridan tashqari vijdonsiz, vijdonfurush, yaramas, razil, diyonatsiz kabi dunyoviy imon mazmuni ham aks etgan. Bu shunday og’ir diniy va dunyoviy haqoratki, o’tmishda shu haqoratga asossiz duchor bo’lgan oriyatli kishilir haqorat etuvchi kimsa ustidan qoziga shikoyat qilishgacha borgan. Imoni yo’q kishilar esa mahalla-ko’yda, yaqin kishilari orasida la’natlangan hisoblangan, unday kishilar bilan muomala qilinmagan, oxir-oqibatda oriyati dosh berolmasa ko’chib ketishgacha borilgan.Demak, imon inson hayoti va faoliyatiga asos bo’ladigan diniy va dunyoviy ma’naviy-ahloqiy qadriyatlar tizimidir.
Imonni faqatgina tarixiy qadriyatgina emas, balki hozirgi kunimizda ham inson kamolotiga bevosita daxldor bo’lgan ma’naviyat deb qarashimiz lozim.O’zbeksiton mustaqilligini mustahkamlashga hissa qo’shayotgan fuqarolarning imoni mustaqillik ishiga fidoyilik, millatparvarlik, vatanparvarlik, baynalminalchilik, porloq kelajakka ishonch, davlatimiz ramzlariga sadoqat, milliy g’urur va iftixor tuyg’ularini o’zida tarbiyalash, ishbilarmonlik, tadbirkorlik singari yangi ahloqiy qadriyatlarni o’zida namoyon etishidan iborat.
Demak, insoniylikning muhim shartlari – diyonatlilik, mehr-shafqatlilik, poklik va halollilikni imon tushunchasi o’z ichiga oladi. Chunki, faqat imon sohibi bo’lgan insondagina diyonat, mehr-shafqat, poklik va halollik bo’ladi. Imonsiz kishilardan uni kutish mumkin emas. Ana shu va boshqa fazilatlar bo’lmagani uchun ham ba’zi odamlarga nisbatan imonsiz so’zini ishlatamiz.Endi shaxs ma’naviy fazilati imonlilikning ba’zi tushunchalarini izohlashga o’tamiz. Ularning mazmuni, mohiyati v amaliy ahamiyatini chuqur anglab olmoqlik va o’zimizning kundalik hatti-harakatimizda amal qilmoqlik bizni har damda yuksak insoniylikka, komillikka tomon eltadi, demakki imonimiz mustahkamlana boradi. Imonning boshi – taqvo. Taqvo – har noto’g’ri ishga qo’l urishda – Allohdan qo’rqish, yomon ishlardan saqlanish. Allohdan qo’rquvchi banda oilada, jamiyatda halol yashaydi, haromga qo’l urmaydi, oxiratda javob berishini o’ylab, birovning haqiga xiyonat qilmaydi, to’g’ri bo’ladi, poraxo’rlik qilmaydi, qasamxo’r bo’lmaydi, birovni aldamaydi, yolg’on gapirmaydi, kishilarga, vatanga hiyonat qilmaydi va boshqalar. Ilohi hammamizga ham taqvodor bo’lish nasib etsin. Bu o’zimizga bog’liq. Sharm-hayo ham imonlilik belgisi sanaladi. Sharm – har bir odamning nojo’ya, yomon hatti-harakatlardan o’zini tiya olish, uyalish hissi. Hadisi shariflarda aytilishicha, odam eng avvalo, o’zidan uyalishi kerak. Nojo’ya, yomon qilmishi, hatti-harakati uchun o’zidan uyalgan odam o’zgaga ham nojo’ya hatti-harakatni ravo ko’rmaydi. O’zidan uyalmagan odamda sharm bo’lmaydi. Demak, sharm odam o’z nojo’ya hatti-harakati uchun o’z vijdoni, diyonati oldida javob berish hissi, desak bo’ladi.
Hayo – bu o’zbekcha uyat demakdir. Hayosiz, behayo deyilganida, uyatsiz ish qilganda hijolat chekmaydigan, odob-ahloqsiz kishi tushuniladi. Hayo erkak kishiga nisbatan ayollarda tabiatan ko’proq bo’ladi. Erkak kishi bemalol aytadigan ba’zi so’zlarni, hatti-harakatlarni ayollar turli andisha va uyalish tufayli ayta olmaydilar, hayo ularga yo’l bermaydi. Hayoli bo’lish, bu faqat uyatli so’zni aytmaslikda emas. U bundan ham ko’ra kengroq ma’no va mazmunga ega. Sharm-hayoli bo’lish insonni hayvon singari tubanlashib ketishdan saqlaydi. O’z nojo’ya hatti-harakatidan uyalish hissi faqat odamlargagina xos xususiyat. Farzandlarimizni sharm-hayoli qilib tarbiyalash oiladan boshlanadi. U milliy tarbiyamizning muhim jihatini tashkil etadi.Imonli bo’lishning belgilaridan biri or-nomus hisoblanadi. Or qilish odamning o’ziga nomunosib yoki ep ko’rmagan ishdan, narsadan hijolat tortish, uyalish, uyat va nomus qilish tuyg’usidir. Or yana biror narsadan hazar qilishni ham bildiradi.Oriyat - or-nomusdan tashqari izzat va nafs, qadr tuyg’usidir. Odatda oriyatli odamlar o’zlari va oilalarining, tug’ishganlarining izzat-nafsi, qadr-qimmatini, hurmatini yuksak tutib, boshqalar tomonidan toptalishi, haqorat qilinishi va hurmatsizlanishiga loqaydlarcha qarab turmaydi, turolmaydi.Nomus – bu iffat, bokiralik ma’nolaridan tashqari kishining o’z mavqeini saqlash, ulug’lash va ardoqlash, hijolat tortish tuyg’usini, oila va ajdodlar sha’niga dog’ tushirmaslik ma’nosini ifodalaydi. Ko’pincha, biror kishini, uning oila a’zolarini, ajdodlarini nohaq haqoratlasalaru, u kishi bunga beparvo, loqaydlarcha tursa, undaylarga qarata senda or-nomus, oriyat bormi o’zi, deb hitob qilinadi.Bizning ota-bobolarimiz, xalqimiz qadimdan or-nomusli, oriyatli bo’lib kelgan, shuning uchun ular o’z yurtini, uning tuprog’ini, onalari va farzandlarini boshqa bosqinchilar tomonidan toptalishini o’zlari uchun or deb bilganlar. Ko’rinadiki, or-nomus, oriyat mohiyatida vatanparvarlik, xalqparvarlik tuyg’ulari yashiringandir.Bunday ezgu maqsadlarga esa inson faqat yuksak ma’naviyat, uzluksiz ma’naviy tarbiya orqaligina erishishi mumkin. Vijdon – insonning o’z faoliyatini, qilgan ishlari va belgilagan maqsadlarini ichki ruhiy tahlil eta olish imkoniyatidir. Imon – inson qalbidagi vijdon tarozisidir. Vijdon asosida har bir kishi o’z qilmishlarigagina emas, balki boshqalarning faoliyatiga, jamiyatdagi voqea-hodisalarga, ijtimoiy vaziyatga baho beradi.Diyonat va vijdon bir-biriga yaqin tushuncha. Diyonat va vijdon kishining kundalik faoliyati, qilmishi, fe’l-atvori uchun avvalo o’zi oldida, qolaversa, oila, jamiyat va vatan oldida ma’naviy mas’uliyat his etishidir. Vijdonli, diyonatli kishi nohaq, adolatsiz ishlardan g’azabga keladi, ularga qarshilik bildiradi; o’z faoliyatining yaxshi tomonlaridan qanoatlanib xursand bo’lsa, yomon tomonlaridan norozi bo’lib, ruhan eziladi, vijdon azobiga uchraydi. O’zini bilgan odamga vijdon azobidan og’irroq jazo yo’q. Shuning uchun xalqimizda vijdon azobi go’r azobi degan maqol ishlatib kelinadi.
Vijdon azobi – kishi o’zi yo’l qo’ygan xatolarni, jamiyatda bo’layotgan nohaqliklar, adolatsizliklarni bilib, ko’rib, ruhiy qiynalish holatida bo’lishidir. Vijdon azobi jamiyatdagi yoki shaxs faoliyatidagi adolatsizliklarni ruhan qabul qilmaslik, ularga nisbatan ichki nafratni, salbiy munosabatni ifodalashdir. Vijdon azobi – shaxsning og’ir ichki ruhiy kechinmalaridir.
Mehr-shafqatlilik ham imon mezonlaridan biridir. Yuqoridagi kabi mehr-shafqat ham xalqimizga xos xususiyat sanaladi. Mehr-shafqat odatda etim-esir, qarovsiz qolgan qariyalar, g’ariblarga, nogironlarga nisbatan moddiy va ma’naviy yordam ko’rsatish tuyg’usi, desak bo’ladi. Bizning Mustaqil Respublikamiz rahbariyati ota-bobolarimiz udumini davom ettirib, bozor munosabatlariga o’tish sharoitida ota-onasiz, qarovsiz qolgan bolalar va yolg’iz qariyalar, shuningdek nogironlarga nisbatan yuksak mehr-shafqatlilik namunasini ko’rsatayotir.
Bu dunyoda halol va pok yashashni o’zi uchun hayotiy e’tiqod, oliy maqsad deb biladigan odamlar ko’pchilikni tashkil qiladi. Aynan ana shunday insonlar va ularning ezgu ishlari tufayli bu yorug’ olamda ma’naviyat hamisha barqaror bo’lib kelmoqda.Halollik va poklik hayotda o’z nonini halol mehnati bilan topadigan, xolis va ezgu ishlar bilan el-yurtga foyda etkazadigan, tiriklik mazmunini teran anglab, nafaqat bugungi hayot lazzatlari, balki oxirat haqida, uning obod bo’lishi haqida o’ylab yashaydigan insonlarga xos hayotiy ma’naviy-ahloqiy qarashdir.
Shu bilan birga jamiyatda bunday ma’naviy-ahloqiy qarashlarga mutlaqo qarama-qarshi bo’lgan, poklik va halollik izmidan yurmaydigan kishilar ham uchrab turadi. Bunday kimsalar hayotning ma’no-mazmuni haqida bosh qotirmasdan, bunday savollar bilan o’zini qiynamasdan, faqat nafs qayg’usi va o’tkinchi hoyu-havasga, huzur-halovatga berilib, engil-elpi umr kechiradilar, o’zining ota-ona va farzand, el-yurt oldidagi burchiga umuman befarq bo’lib yashaydilar. Ko’rinadiki, bu dunyoda kimdir Rahmon izmida, ya’ni halollik va poklik yo’lida yursa, kimdir Shayton izmida, ya’ni Rahmon izmidan adashib nopok yo’ldan yuradi.Bag’rikeng, halol, pok, vijdonli, mehr-oqibatli, el-yurtning g’amu tashvishi bilan yashaydigan kishilarni xalqimiz, aksincha, boshiga ko’taradi va bunday odamlar jamiyat tomonidan qadr-qimmat, hurmat-e’tibor topadi.
Yuqorida Islom, uning muqaddas ilohiy kitobi Qur’oni Karim, hadislar va shariat haqida ba’zi ma’lumotlarni keltirdik. Endi umuman islom dinida, xususan Qur’oni Karim, hadislar va shariatda axloq-odob, ma’rifat haqidagi qarashlarning ba’zi jihatlari to’g’risida fikr yuritamiz.Qur’oni Karim, hadislar va shariat ko’rsatmalari inson ma’naviy-ma’rifiy kamolotining asosi bo’lgan axloq-odob tarbiyasining barcha qirralarini o’z ichiga olgan. Sirasini aytganda, hadislar ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid bo’lgan fikrlarning mukammmal to’plamidir. Qur’oni Karim, hadislarni, shariat ko’rsatmalarini o’rganar ekanmiz, ularda axloqiy kamolot, halollik va poklik, iymon va vijdon bilan bog’liq bo’lgan birorta ham muhim masala e’tibordan chetda qolmaganini ko’ramiz. Ayniqsa islom harom va halol masalasiga musulmonlar e’tiborini qaratadi. Shariatda Olloh tomonidan qilinishiga ruxsat etilgan amallar, ishlar halol deyiladi. Harom esa aksincha, qilinishiga ruxsat etilmagan ishlar va amallardir. Odatda, xalqimiz halol va haromni eyiladigan va ichiladigan narsalarga ishlatib kelgan. Shariatda ijozat etilgan hamma narsalar, eyiladigan oziq-ovqatlar, qilinadigan ishlar halol deb hisoblangan. Ijozat etilmagan narsalar, ishlar va amallar esa haromdir. Olloh harom etilgan ishlarni qiluvchilarga bu dunyoda yoki qiyomat kunida jazosini albatta berishi aytilgan.Halol qilingan narsalar va ishlar ko’pchilikka ma’lum, u haqda ko’p eshitganmiz. Harom qilingan ishlarni eslatib o’tish va eslatib turish joizdir. Bulardan ayrimlarga quyidagilar: sog’ bo’la turib ishsiz yurish, zinokorlik, ota-onaga oq bo’lish, savdo-sotiqda g’irromlik qilish, birovning xaqqiga, omonatiga xiyonat qilish, qasamxo’rlik, sudxo’rlik, o’g’irlik, qaroqchilik, mayxurlik, g’iybat, tuhmat, bo’hton, josuslik, qotillik, poraxo’rlik va boshqalar kiradi. Xullas, harom inson va jamiyatga zarar keltiradigan ish va amallardan iborat.
Islomda ota-onaga mehr-muhabbat, g’amxo’rlik, farzand tarbiyasi va oilaga sadoqat masalalariga alohida e’tibor berilgan. Kishilarni yaxshilik qilish, savob ishlarga qo’l urish, insofli-diyonatli, vijdonli bo’lish, mehr-shafqatlilik, to’g’rilik, rostgo‘ylik, sofdil bo’lish, birodarga yordam berish, kamtarlikka chaqirish g’oyalari ilgari surilgan.
Islomda ilm-fanni egallash, ma’rifatli bo’lish juda katta savobli ish ekani qayta-qayta ta’kidlanadi. Beshikdan to qabrgacha ilm izlash lozimligini qayd qilinishining o’zi katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Hadislardagi «Sadaqaning afzali mo’min kishi ilm o’rganib, so’ng boshqa mo’minlarga ham o’rgatishdir», «Ilm ibodatdan afzaldir» kabi fikrlar ham tahlilga muhtoj emas.Qur’oni karimda «Ilm» so’zi asosida «Alima» - bilmoq fe’l negiziga tayangan kalimalar 750 marotaba uchrashi ilmiy tadqiqotlarda qayd etilgan. Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomga ilk nozil bo’lgan oyat ham «Iqra...» «O’qi» so’zidan boshlanadi. Ushbu oyat shunday: «O’qi! Sening o’ta karamli Parvardigoring qalam vositasi bilan ta’lim berdi. Insonga u bilmagan narsalarni o’rgatadi» deb nozil qilingan. Ko’rinadiki, islom e’tiqodi avval boshdanoq insonni o’qib-o’rganishga, ilm vositasi bilan dunyoni anglab etishiga targ’ib etadi.Islom ma’naviyatida insonning er yuzida xalifa qilib belgilanishi uning yana bir muhim jihati hisoblanadi. Qur’oni karimning juda ko’p oyatlarida insonning aziz va mukarram qilib yaratilgani, unga yer va osmondagi barcha narsalar bo’ysundirib qo’yilganligi alohida uqtirib o’tiladi.
Inson Ollohning xalifasi sifatida bilim egasi, yorug’ dunyoning barcha bilimlariga uning idroki etadi. Faqat kibrga berilib ketmasa, o’zini hammadan ortiq qo’ya boshlamasa bas. Parvardigor bizni inson qilib yaratgan ekan, aql-xush, ilm-u amal bergan ekan, demak, biz inson sifatida tafakkur qilib, dunyoviy ilmlarni - dunyoni o’rganib, dunyo orqali Ollohning zotini, ilmlarini kashf etib yashashimiz kerak. Din - ruhiyatimiz tarbiyachisi, ilm-dunyoni va oxiratni bilish quroli, inson unisini ham, bunisini ham egallamog’i kerak. Bizning bobolarimizning yo’li ana shunday bo’lgan. Bir misol keltiramiz. Rivoyat qilishlaricha, Abu Ali Ibn Sino bilan mashhur shayx Abusaid Abulxayr uchrashibdilar. Ular bir kecha bir-birlariga hech narsa demay «suhbatlashib» chiqibdilar. Ertalab Shayxning shogirdlari undan Ibn Sino haqida nima deysiz, deb so’raganlarida, Abusaid Abulxayr: «Men nimaiki vajd (intuitsiya) bilan bilgan bo’lsam, u aql bilan bilib olgan», debdi. Ibn Sino esa o’z shogirdlariga: «Men nimaiki aql bilan bilgan bo’lsam, u ko’ngnil bilan idrok etadi», deb aytgan ekan. Ko’rinadiki, Ibn Sino dunyoviy ilmlar olimi, Abusaid Abulxayr esa - tasavvuf shayxi, ilohiyot olimi. Ammo ular bir-birini tushungan va har ikki ilm ham kerakligini anglaganlar.
Yoki olaylik, Mirzo Ulug’bek bilan Xo’ja Ahror Valiyni. Ular zamondosh, bir shaharda yashaganlar. Ulug’bek - munajjim va shoh, uning shogirdlari aniq fanlar vakillari. Xo’ja Ahror esa din arbobi, ruhoniy zot. Ammo ular bir-birlariga xalaqit bergan emaslar, aksincha, biri ilmiy ma’rifatni, ikkinchisi bo’lsa ruhoniy ma’rifatni rivojlantirib, bir-biriga ko’mak berganlar.Al-Xorazmiy, Al-Farg’oniy, Al-Beruniy, Al-Buxoriy, G’azzoliy, Hamadoniy, G’ijduvoniy va boshqa ulug’ zotlarning hayot tarzi, ilm uchun fidoyiligi, e’tiqod-iymonining pokligi bilan bizlarga ibratdir. Bularning hammasi ko’rsatadiki, dindorlik ham ma’rifatni, yuksak ma’naviyatni talab qiladi. Kishi qancha chuqur ilm egasi bo’lsa, olam va odam mohiyatini anglasa, uning Ollohni anglashi, iymoni ham shuncha mustahkam bo’ladi.Gap xoh diniy, xoh dunyoviy ma’rifatni to’g’ri va chuqur anglashda, har ikkovini ham egallamay nodon, johil bo’lib qolmaslikdadir.Har ikki ilmni egallagan kishi ikki dunyosini obod qiladi. Islom bu faqat aqida emas, avvalo, ma’rifat, ilmdir. Islom tarixiga nazar tashlasak, Muhammad payg’ambarimizgacha bo’lgan davr arablarda «johiliya» davri deb ataladi. «Johiliya» nodonlik davri degani. Islom ana shu nodonlik davri o’rniga keng ma’noda ma’rifat, madaniyat vujudga keltirdi, ilm-fan, falsafa, adabiyot va san’atni rivojlantirdi, o’ziga xos ma’naviyat va ma’rifatni yaratdi. Bizning ulug’ bobolarimiz islom ma’naviyati va ma’rifati taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shib, kalom ilmi, fiqh, tasavvuf ta’limotini rivojlantirdilar.
Yaqin o’tmishning yomon asoratlaridan biri shuki, sobiq sho’ro tuzumida dunyoviy ilm va diniy-falsafiy ta’limot bir-biriga qarama-qarshi qo’yildi. Ular bir-birini inkor etadigan hodisalar tarzida talqin etildi. Diniy tafakkur dunyoviy ilm rivojiga monelik ko’rsatadigan chirkin bid’at sifatida qoralandi. Biz bugun bunday qarashlarning tubdan zararli va tarixan asossiz ekanligini ochiq aytishimiz mumkin. Dunyoviy va diniy ilm yuqorida ko’rsatganimizdek, o’tmish asrlarda doimo hamkor va hamnafas bo’lib kelganligini tarixning o’zi tasdiqlaydi. Mustaqillik tufayli farzandlarimizni dunyoviy bilimlar bilan bir qatorda Imom Buxoriy to’plagan hadislar, Naqshbandiy ta’limoti, Termiziy o’gitlari, Yassaviy hikmatlari asosida tarbiya qilish imkoniga ega bo’ldik. Qur’oni Karim va payg’ambarimiz hadislarining eng muhim va salmoqli qismi kishilarda yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirishga qaratilganligidir. Ulardagi ota-onaga, ilmga munosabat, sabr-bardosh, shukronalikka da’vat, o’zaro mehr, mehmondo’stlik, yetimparvarlik, vafo va sadoqat, halol luqmani sharaflash, kamtarlik, kamsuqumlilik, samimiyat, rostgo’ylik va boshqa chin insoniylik xislatlarining birinchi o’ringa qo’yilishi barcha insoniyat uchun bebaho umuminsoniy ma’naviy boylik tizimini tashkil etadi.Jismoniy va ma’naviy poklikka intilish islom axloqining, Rasululloh hadislarining yana bir muhim mavzu yo’nalishidir. Tahorat, g’usl masalalari tashqi ozodalik talablari bo’lsa, haromdan, yolg’on so’z, g’iybat, tuhmat, zinokorlik, o’zga haqiga xiyonat, nohaqlik va zulmga yo’l qo’ymaslik, ulardan qat’iy saqlanish ichki, ma’naviy poklikka oid talablardir. Bularning hammasi Qur’oni karim hamda Rasululloh hadislarida va ularga asoslangan shariatda juda qat’iy qilib qo’yilgan.
Xullas, islom barcha mo’minlarni to’g’ri yo’lga chorlovchi, insonparvar din ekanligini anglab yetishimiz zarur. Shundagina dindan ma’naviy va ma’rifiy tarbiyada foydalanish zaruratiga to’g’ri yondashamiz.
ISLOM DINING PAYDO BO'LISHI. Islom – dunyoda keng tarqalgan jahon dinlaridan biridir. Osiyo qit'asidagi Arabiston yarim oroli, Iordaniya, Suriya, Iroq, Eron, Turkiya, Afqoniston, Pokiston, Afrika kit'asidagi Marokash, Jazoir, Tunis, Liviya, Misr Respublikasi Somali singari mamlakatlar xalqlari, Efiopiya, G'arbiy Sudanda yashovchilarning bir qismi, Malayziya, Indoneziya xalqlari, Livan, Hindiston, Xitoy hamda Filippin axolisining ma'lum bir qismi. Yevropa kit'asida esa Bolqon yarimorolida yashovchi xalqlarning bir bo'lagi islomga e'tiqod qiladi. Islom O'rta Osiyo, Zakavkazye va Shimoliy Kavkaz, Volgabo'yi, G'arbiy Sibir va boshqa ayrim hududlarda yashovchi aholining bir qismi ongi va turmushida mavjuddir. Bu xalqlarning turmush tarziga o'z ta'sirini ko'rsatib kelmoqda. Yer yuzida islomga e'tiqod qiluvchilar, ya'ni musulmonlar bir milliard 300 mln.dan oshdi. Yevropa, Amerika va Rossiyada islom, uning tarixi va manbalarini o'rganish XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlangan. Lekin islom tarixi, ta'limoti, muqaddas yozuvlarini tahlil, tatqiq qilish Rossiyada ayniqsa O'zbekiston, Qozog'iston, Tojikiston, Shimoliy Kavkazda keng ko'lamda ancha oldin amalga oshirilgan. Bu ish endi yanada kengroq miqyoslarda olib borilmoqda. Arab xalqi hayotni VI asr oxiri VII asr boshlarida yuz bergan jiddiy tarixiy voqealar arab qabilalarining ijtimoiy hayot taqozasi bilan vujudga kelgan markazlashishga intilishga undagan. Islom ayni shu intilishni o'zida aks ettirgan g'oya, mafkura sifatida yuzaga kelgan, markazlashgan arab davlatining vujudga kelishi, qo'shni mamlakatlarga yurish qilib, yangi din Islomni targ'ib qilish arab xalifaligining kengayishi muhim ijtimoiy yo'nalish edi. Markaziy va Sharqiy Arabiston yarim oroli sahrolarida yashagan arab badaviylari o'rtasida ibtidoiy tuzumga xos bo'lgan politeistik majusiylik diniy tasavvurlari shukmron edi. Yahudiylik va xristianlik hamda ularning ayrim sektalari islom paydo bo'lishi arafasida arab qabilalari orasida muayyan darajada tarqalgan edi. V-VI asrlarda arab qabilalari urug'-qabilachilik tuzumi yemirila boshlagan, ibtidoiy diniy tasavvurlar tanazzulga yuz tutgan edi. qabilalar o'rtasida markazlashishga bo'lgan intilishning g'oyaviy in'ikosi sifatida yakka xudolikka xos diniy aqidalarning kurtaklari shakllana boshlagan. Yakka xudolik to'g'risidagi bunday diniy ta'limot islomdagina emas, balki u paydo bo'lmasdan birmuncha vaqt ilgari Arabistonning ayrim joylarida targ'ib qilina boshlagan edi. Islom esa ana shu targ'ibotlarning galdagi shakllanishi va tarkib topishining natijasi sifatida vujudga kelgan. Islomdagi ilgari arab qabilalari orasida yakka xudolilik to'g'risida targ'ibot yuritgan, o'zini payg'ambar deb e'lon kilgan shaxslar manbalarda «xaniflar», ya'ni haq-haqiqat izlovchilar nomi bilan ma'lumdir. Islomning paydo bo'lishi arab qabilalari o'rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning muayyan bosqichi bilan bog'liq bo'lgan. Islom monoteistik din sifatida. Ya'ni yakka xudoga e'tiqod qiluvchi ta'limotni yaratib, barcha ko'rinishlarini shirk deb atab, ularni ta'qiqlagan. Islomda, shunday qilib, yagona – xudoga Allohga e'tiqod qilish bu diniy ta'limotning asosini tashkil etgan. Alloh – arabcha so'z bo'lib, o'zbekchaga tarjima g'ilsaq Tangri degan ma'noni bildiradi. Forsiyda Xudo deyiladi. Alloh, Tangri, Xudo so'zlariga odatda sifat qo'shilib, Alloh taolo, Xudoi Taolo shaklida ham ishlatiladi. Taolo – ulug', oliy degan ma'noni anglatadi. Alloh taoloning Qur'onda va Hadislarda qayd etilgan ismlari 99 tadir. Bulardan tilimizda eng ko'p qullaniladiganlar: Rahim – juda rahimli; Rahmon – o'ta mehribon; Mo'min – omon va omonlik beruvchi; Karim karamli, saxovatli, kechirimli, Sattor, Akbar buyuk kabi sifatlar qo'shib aytiladi. PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com Allohning mazkur ismlariga abd-qul so'zi olddan qo'shilib kishi ismlari yasaladi: Abdurahmon – o'ta mehribon Allohning quli; Abdulkarim – karamli, sahovatlining quli; Abdug'agi, Allohning ehtiyojsiz quli va boshqalar. Islom ta'limoti bo'yicha, Alloh hamma joyda xoziru nozirdir, ammo o'zi lomakan, ya'ni bemakondir; unga vaqt, zamon ham daxlsizdir. Tug'ilish, o'lim barcha jonzotlarga, shu jumladan odamlargagina xosdir; Alloh bundan mustasnodir. MUHAMMAD IBN ABDULLOH – ISLOM DINI DA'VATCHI VA ASOSCHISI. Payg'ambar forscha so'z bo'lib, xabarchi, darakchi demakdir. Arabcha nabiiy deyiladi. Rasul so'zi ham arabcha bo'lib, ma'nosi elchidir. Binobarin, payg'ambarlar ilohiy ta'limot va din aqidalarini o'z ummatlariga yetkazuvchi xabarchidir, Allohning elchisidir. Payg'ambarlarning Hadisda soni 124 ming deyiladi. Qur'oni Karimda 25 nafar payg'ambarning nomi tilga olingan. Ular Odam, Idris, Nuh, Hud, Solih, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yaqub, Yusuf, Lut, Ayyub, Zi-l-Kifl, Yunus, Muso, Horun, Shuayb, Ilyos, al-Yasa',Dovud, Sulaymon, Zakariyo, Yahyo, Iso va Muhammaddir. Islom ta'limotiga ko'ra barcha payg'ambarlarga barobar imon keltiriladi. Tarixiy manbalardagi va Qur'on oyatlaridagi ayrim ishoralarga ko'ra, Muhammad payg'g'ambar 570- 71 yilda Makkada tug'ilgan, yoshligida yetim qolgan, avval bobosi qo'lida, u vafot etgach, amakisi qo'lida tarbiyalangan, balog'atga yetgach, savdogarlar qo'lida xizmat qilgan. 25 yoshida beva boy xotin Xadichaga uylangan va uning mablag'lari bilan mustaqil savdogarlik qila boshlagan. Savdo karvonlari bilan Suriya, Falastin va Mesopotamiyaning ayrim shaharlarida bulgan; u yerlardagi diniy e'tiqodlar bilan tanishgan, ruhoniylar bilan suhbat qilgan. U zot taxminan 39-40 yoshlarga kirganlarida Makkada yakka xudo – Allohga e'tiqod qilish to'g'risidagi targ'ibotni boshlagan. Diniy nazariyada Islom Allox yuborgan sunggi mujassam din ekanligi Qur'on Allox nozil qilgan kalomi bo'lib Muxammad payg'ambarga vaxiy tarzida tushgan tilovati ibodat xisoblangan. Ilk vaxiydiniy ta'limotga kura ramazon oyining yigirma yettinchi kuniga utar kechasi milodiy xisob bilan 610 yilning 31 iyulidan 1- avgustiga utar kechasi boshlangan va 23 yil davom etgan. Vaxiy tusha boshlagan tun «LAYLATUL QADR»deb atala boshlagan. Bu xodisa Qur'onning 97-«al Qadr»surasida ifodalangan. Muxammad (s. a.v) payg'ambar targ'ibotlarini boshlagan dastlabki yillarda juda oz kishi u zotning izidan borgan. Shu bilan birga qurayshiylarning ummaviylar xonadoniga mansub bo'lgan va Makkada siyosiy xokimiyat tepasida turgan zodagonlar o'sha davrdayok uning targ'ibotiga qarshilik kursata boshlaganlar. Badaviylar xam uni avval boshda qo'llab- quvvatlamaganlar. Makkada axvol jiddiylashgach Muxammad Makka xukmdorlari bilan rakobatlashib kelgan kabilalarning vakillari bilan muzokaralar olib borgan va 622 yili ularning yordamida Madinaga xijrat qilingan. Musulmonlarning hijriy yili hisobi shu ko'chish arabcha «hijra»dan boshlangan. Makkadan ko'chib borganlar islom tarixida «muhojir» (ko'chib kelgan)lar, madinalik qabilalardan islomni qqabul qilganlar esa «ansor» (yordamchi) lar deb nom olganlar. Oradan bir necha yil o'tgach xaj qilishga u zotning o'zlari ham Makkaga kelgan. Makka zodagonlari manfaatiga zid targ'ibot olib borgan Payg'ambar Muhammad (s.a.v.)ni ta'qib etish kuchaygan. Ayniqsa, o'zi majusiy bo'lsada, unga homiylik qilgan amakisi Abu Tolibning vafotidan keyin Muhammad payg'ambarning hayoti xavf ostida qolgan. U o'ziga sodiq barcha kishilar bilan Hijozning shimolida joylashgan, uning davrida «madina», ya'ni shahhar deb qayta nomlangan Yasrib shahriga ko'chib ketishga majbur bo'lgan. qqur'on oyatlarining mazmuniga qaraganda, bu ko'chish ancha vaqt davom etgan. Payg'ambar Muhammad (s.a.v.) rqasaidan odamlar birmuncha vaqt davomida guruh-guruh bo'lib kelib turganlar. Makkadan ko'chib kelganlarning ko'pchiligi - muhojirlar deb tavsiflangan kambag'allar va nochor kishilar edi. Shuning uchun ham dastlabki davrlarda ansorlar ularga yordam ko'rsatganlar. 630 yil bahorida Madina qqo'shinlari Makkaga yaqinlashganlar va hech qanday qarshiliksiz shaharga kirib borganlar. Zodagonlar Muhammad payg'ambarni peshvoz chiqib kutib olganlar. Shu vaqtdan boshlab u bilan Makka hukmronlari o'rtasidagi raqobat va qarama-qarshiliklar tugagan. Ular Muhammad payg'ambarning yaqin yordamchilariga aylanib, musulmrnlar davlatida yuksak lavozimlarni egallay boshlaganlar. Muhammad payg'ambar hijriy 11-yilning rabi-al-avval (632 yil iyun) oyida Madinada 63 yoshda vafot etgan. Bu davrda anchagina mustahkam musulmon davlati vujudga kelgan; u Yamandan Sino yarimoroligacha, Qizildengiz sohillaridan Markaziy qum sahrolari-Sahroi Kabrgacha cho'zilag katta hududni o'z ichiga olgan edi. Muhammad vafotidan keyin o'rinbosarlari-xalifalar davlatni boshqara PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com boshlaganlar. Shu munosabat bilan musulmonlar davlati o'zining bundan keyingi tarixida «Arab xalifaligi» deb nom olgan. Muhammad vafot etgan birinchi kunlardanroq musulmonlar jamoasining yo'lboshchilari o'rtasida hokimiyat uchun kurash va o'zaro ixtiloflar boshlangan. Bu kurashda muhojirlar guruhi g'olib chiqqan va Muhammadning ilk safdoshlaridan biri Abu Bakr xalifa deb e'lon qilingan. Islom ta'limoti va qadriyatlari. O'rta Osiyo xalqlari hayotiga islomning kirib kelishi bilan kalom, ya'ni islom falsafasini va diniy talablarini bajarishda arab tili ustuvorligi o'rnatilgan. So'ngra fan, adabiyot, falsafa va madaniyatning turlariga ham arab tilining ta'siri kuchli bo'lgan. Ammo mahalliy xalqlar islomdan ancha oldinroq o'z ona tillarida yozuvni, ma'rifatu-madaniyatni, ilm-fanni rivojlantirishga muvaffaq bo'lganlar. Bu jarayon keyinchaolik islomning ta'sirida yanada rivojlantirilgan. Masalan, kishilarning turmush tarzi islom talabiga moslasha borgan, urf-odat va marosimlar diniy tus olgan, yoshlarga bilim berish uchun maktablar ochilgan, ruhoniy kadrlar tayyorlash uchun ko'plab madrasalar, qiroatxonalar tashkil etilgan. Islomda, eng avvalo, din asoslari-«arkon-ad-din» hisoblanuvchi besh asosiy amaliy va marosimchilik rukn talablarini bajarishni talab etilgan. Hozir ham shundayo. Bular, birinchidan, kalimai shahodatni bilash; ikkinchidan, har kuni besh vaqt namoz o'qish, uchinchidan, har yili ramazon oyida bir oy ro'za tutish; to'rtinchidan, yiliga bir marta shaxsiy molidan zakot berish; beshinchidan, imkon bo'lsa, umrida bir marta haj qilishdan iborat. Islomga xos marosimlar va odatlar mana besh rukn bilan chambarchas bog'liqdir. Islomning bu amaliy va marosimchilik talablari xalqlar turmush tarziga kiritilib, o'ziga xos ma'naviy madaniyatning turiga, an'anaga aylantirilgan. Diniy qadriyatlar, marosimlar diniy tasavvur e'tiqodlar yuzaga kelishi bilan paydo bo'la boshlaydi. Bularning yuzaga kelishi ibtidoiy odamlar, keyinchalik urug' va qabalalar hayotidagi muhim voqealarfarzand tug'ilishi, balog'atga yetish, yakka nikohli oilalar yuzaga kelgach esa, oila qurish bilan bog'liq bo'lgan. Islom yoyilgan joylarda qurbon hayit keng bayram qilinadi. Musulmon mamlakatlarida bu hayitga tayyorgarlik katta bo'ladi; masjidda maxsus ibodat bo'ladi, va'zxonlik - amri ma'ruf qilinadi. Hayit uch kun davom etadi. Qurbon hayiti kunlari musulmonlar o'z ota-onalari, qariyalar va bemorlarni borib ko'radilar, ularga qo'llaridan kelgan yordamlarini ayamay hurmatini o'z o'rniga qo'yadilar, qurbonlik uchun so'yilgan mollarining go'shtlaridan bir qismini o'z urug'-aymoqlariga, xususan kam ta'minlangan oilalarga, beva – bechorlarga tarqatadilar. Qurbonlik marosimining yana bir tartibi so'yilgan mollar go'shtidan taom tayyorlab, xudoyi shaklida yig'inlar o'tkazadilar. Islomda muqaddas kunlardan biri juma kunidir. Islom keng tarqalgan mamlakatlarda juma dam olish kuni deb e'lon qilingan. Shu kuni taqvodor musulmonlar o'z kunlarini toat-ibodat bilan o'tkazadilar. Uning muqaddas kun deb hisoblanishining sababini ruhoniylar quyidagicha izohlaydilar: Alloh olamni yaratishni juma kuni boshlagan. Muhammad ham, Ali ham juma kuni tug'ilganlar. Muhammad 622 yilda Makkadan Madinaga juma kuni hijrat qilgan. Islomning «shu'lasi» ham olamga ayni juma kuni tushgan. Shu sabali musulmonlar juma kunini ulug'laganlar. Bu kunlarda masjidlarda Qur'on o'qiladi, va'zxonlik qilinadi, dindorlar bo'lgan xonadaonlarda xudoyi o'tkaziladi. Shu kunlari payg'ambarning qilgan ishlari to'g'risida hikoya qilish savob hisoblanadi. Islomdagi oqimlar va mazhablar.Sunniylik-bu islomda izchil, sobitqadam yo'nalish hisoblanadi. Musulmonlarning juda ko'pchilik qismi – 92,5 foizi sunniylikka e'tiqod qiladi. Qolgan 7,5 foizi shialikka e'tqod qiluvchilardir. Sunna arabcha odat, an'ana, hatti-harakat tarzi degan ma'nolarni bildiradi. Sunniylik degan so'z arabcha «Sunna»-«muqaddas rivoyat», ya'ni Muhammad to'g'risida rivoyatlar va uning hadislari to'plami degan tushunchadan olingan. Yana Sunna farzdan farqli ravishda bajarilishi ixtiyoriy bo'lgan ko'rsatmalar, amallardir. Sunniylik qisman Eron, Janubiy Iroq, Yaman, Markaziy Osiy, Kavkaz, Volga bo'yi, Sibir, Ural, Kichik Osiyo, Misr va Shimoliy Afrika, Indoneziya, Malayziyada keng tarqalgan. Uning muqaddas shaharlari Makka va Madinadir. Unda to'rtta shariat maktabi-hanafiylar, malikiylar, shofi'iylar, xanbaliylar mazhablari bor. Shialik. Guruh, partiya, tarafdorlar degan ma'nolarni beradigan arabcha «shia» so'zidan kelib chiqqan. Shialik o'z ahamiyat va tarafdorlari soniga ko'ra islomdagi ikkinchi yo'nalishdir. U VII asrning ikkinchi yarmida musulmonlarning maxsus va siyosiy guruhi sifatida yuzaga kelgan. U choryorlarning to'rtinchisi Ali tarafdorlarini birlashtirgan. U ko'p sektalarga bo'linib ketgan. Ular orasida ismoiliylar hozir PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 35 millionga yaqin tarafdorga ega bo'lib ogaxonlar boshchiligidagi hozir ham islom doirasida katta rol o'ynamoqda. Shialar Arabistonda paydo bo'lgan teokratik davlat – xalifalik dagi oliy hokimiyat uchun oldib borilgan keskin kurash jarayonida kelib chiqqan. Xalifalikning barcha bosh lavozimlari 644 yildan boshlab Quraysh qabilasiga mansub bo'lgan xalifa Usmon boshliq Makkalik oqsuyaklar-muhojirlar qo'liga o'tgan. Shialar Alidan boshqa barcha sunniy xalifalarni uzurpatorlar, ya'ni siyosiy hokimiyatni zo'ravonlik bilan qo'lga olgan kishilar deb hisoblaydilar. Bular Alining avlodi bo'lgan 12 imomdan iborat o'z sulolalarini ularga qarshi qo'yganlar. Ular Alini, uning o'g'illari-Hasan va Husaynni hamda ularning avlodlarini shahid, deb hisoblashgan. Horijiylar. (Al-xavorij) Bu oqimning nomi «chiqish», «qarshi bo'lish», «isyonchilar» ma'nolarini anglatuvchi arabcha «xaraja» so'zidan olingan. Bu oqim islomdagi ilk sektalardan hisoblanadi. U Ali bilan Muoviya o'rtasida xalifalikning oliy lavozimini qo'lga kiritish uchun olib borilgan keskin kurash jarayonida paydo bo'lgan. Xorijiylar 661 yili Alini o'ldirishgan. Muoviya xukmronligi yillarida (661-680) va undan keyin xorijiylarning yirik qo'zg'olonlari bo'lib o'tgan. Ular X asr Shimoliy Afrikada hatto o'z davlatlarini – rustamiylar sulolasini ham o'rgatishga muvaffaq bo'lishgan. Xorijiylar o'z davrida birmuncha demokratik shiorlarni ilgari surishgan. Bu oqim tarafdorlari hozirgi paytda avvalgi siyosiy faolligini yo'qotganyu ular Jazoir, Umon, Tanzaniya, Livan kabi mamlakatlarda uchraydi. Sufizm – islomdagi yirik oqimlardan biridir . uni sufiylik yoki tasavvuf ham deyiladi. Bu islomdagi diniy-mistik falsafiy oqim bo'lib, ta'limotning asosiy ma'nosi islom va xudoga munosabatdir. Zohidlik va mistik asosga qurilgan bu oqim ruhiy kamolotga erishishning asosiy yullari 4 bosqichdan iborat deb hisoblangan. Bular shariat, tariqat, ma'rifat, haqiqatdan iborat bo'lib, har bir bosqichning murakkab talablari musulmonlar umrini tamoman qamrab olgan Sufiylik iqimi tariqatlari o'rta asrlarda har xil joylarda turli ko'rinishda bo'lgan. Masalan, O'rta Osiyoda naqshbandiyliq yassaviyliq kubroviyliq Kavkazda - muridizm, Tataristonda – voisovchilar va boshqa tarlari tarqalgan. Zaydiylar. Feodal nizolar zaminida VIII asr o'rtalarida shia musulmonlari safidan yana bir guruh ajralib chiqib, mustaqil zaydiylar sektasini tashkil etgan. Bu sekta – Alining evarasi, Husaynning nabirasi 740 yili Kufada ummaviylar sulolasidan bo'lgan xalifa Xishomga qarshi xalq qo'zg'oloniga boshchilik qilgan Zayd ibn Ali nomi bilan atalgan va shialarning uchinchi imomi Zayd xalifa qo'shinlari bilan bo'lgan jangda o'z tarafdorlari bilan birga halok bo'lgan. Zaydiylar 864 yili Eronning shimolida o'z davlatlarini to'zishgan. 901 yili esa ular Yamanda davlat xokimiyatini qo'lga olishgan. Bu davlat 300 yilgacha yashagan. Zaydiylar diniy ta'limotning shakllanishiga ishonishni, Qur'on «azaldan» mavjudligini, iroda erkinligi mavjudligini, diniy e'tiqodni amaliy harakat bilan mustahkamlash zarurligini tan olganlar. Ular ko'pgina shia marosimlariga amal qilishgan, biroq o'z turmush tarziga ko'ra sunniylarga ham yaqin turgan. Ismoiliylar. Bu sekta tarafdorlari shialar orasida eng ko'pchilikni tashkil etgan. Sekta VIII asrning 2- yarmida Bog'dod xalifaligida paydo bo'lgan va imom Ja'farning o'g'li Ismoil nomi bilan atalgan. Ismoiliylar diniy ta'limotida go'yo butun olamni yaratgan «dunyoviy aql» va «dunyoviy ruh» ga e'tiqod etish asosiy o'rinni egallagan. Ularning ta'limotida neoplatonchilar falsafasi va buddaviylikning katta ta'siri sezilardi. Ismoiliylar turli davrlarda xalqlarga turli payg'ambarlarning yuborilishi – «dunyoviy aql» ning yerda namoyon bo'lishidir deb hisoblashardi. Ular yettita payg'ambarni – Odam Ato, Nuh Ibrohim, Ismoil, Muso, Iso va Muhammad (s.a.v.)ni tan olishadi. Ularning fikricha, imomlar payg'ambarlarning vorislari hisoblanadi. XI asrdan boshlab ismoiliylar sinfiy ziddiyatlarning kuchayishi natijasida turli qismlarga bo'linib ketgan. Hozirgi paytda ismoiliylar O'rta Sharq mamlakatlarida, Hindiston, Uganda Keniya, Tanzaniya, Tojikistonning tog'li Badaxshon viloyatida mavjud. Druzlar. O'z ta'limotiga ko'ra, bu sekta ismoiliylardan kelib chiqqan. Druzlar vahdoniyatga – Allohning yagonaligiga e'tiqod etadilar va 998-1021 yillarda xukmronlik qilgan fotimiylar xalifasi Hakimni xaloskor sifatida yerga ikkinchi marta keladi deb hisoblaydilar. Ular o'zlarining «muqaddas» yozuvlariga ega. Ularda diniy marosimlar unchalik rivoj topmagan, shu sababli masjidi ham yo'q. Barcha sektalar kabi, druzlar ham shariatni, shia imomlarini tan oladilar. Islomni e'tiqodga aylantirish davrida O'rta Osiyo xalqlari madaniyati. Islom g'oyalari yoyilishi arafasida O'rta Osiyo xalqlari arablardagiga nisbatan rivojlangan madaniyatga ega bo'lganlar. VIII-IX asrlar PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com bo'sag'asida Amudaryo bilan Sirdaryo oralig'ida yashagan xalqlarni ilmiy adabiyotlarga saq massaget, xorazmiy, sug'd, baqtriyaliq uyosho'n, tohir, qo'ng'ir, eftalit (oq xun)lar deb kelingan. Hozirgi O'zbekiston hududida, hususan Toshkent vohasida miloddan avvalgi 1 min yillikning o'rtalaridayoq turk elati va madaniyatini o'zida ifodalagan qabilalar vujudga kelgan. Ko'chmanchm turkiy qabilalarning ko'pchiligi miloddan oldingi X-U! Arlardayoq o'troqlangan, shaharlarda hunarmandchiliq savdo-sotiq, qishloq joylarda, tog' etaklarida chorvachilik rivojlangan, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy yaqinlashuv ham amalga osha boshlagan. O'rta Osiyoda boshqa joylardagi kabi sof quldorlikka asoslangan munosabatlar bo'lmagan. Feodal munosabatlari ham demokratik elementlari bilan ajralib turgan. Chunki sun'iy sug'orishga asoslangan dehqonchiliqerkin hunarmandchilik an'analari u munosabatlarga alohida mazmun kiritganki, bu xolat chuqur ilmiy tadqiqotga muhtojdir. Eron, Hindiston va Xitoy mamlakatlari bilan savdo-sotiq olib borilgan. Yunon, hind va O'rta Osiyo xalqlari madaniyatining aralashib ketishi tufayli Sharqda o'ziga xos juda yuksak ellinistik madaniyat vujudga kelgan. O'rta Osiyo «Ipak yo'li» orqali Sharq bilan G'arbni bir-biriga bog'lovchi, tajribalarni yoyuvchi maskan bo'lgan. Natijada Gresiya va Hindiston madaniyatiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatgan. Bu yerda pul-tovar munosabatlari ham rivojlangan. Tarixiy asarlarda Baqtriya «2000 shaharli mamlakat» sifatida tilga olingani bejiz emas. 1932 yilda Amudaryo bo'yida eski Termiz yaqinidagi Ayritom xarobasidan ikkita toshtaxta topilgan. Ularda kuy chalayotgan uch ayol obrazi tasvirlangan. Bu faqat monumental san'at bo'libgina qolmay, balki o'tmishda O'rta Osiyoda musiqa madaniyati ham rivojlanganligidan dalolatdir. 1965 yilda Qadimiy Afrosiyob shaharchasi xarobalaridan topilgan tasviriy san'at obidalari VII asrga oid bo'lib, go'zalligi jihatidan shu vaqtgacha jahonda topilgan yodgorliklardan ustun turadi. Markaziy Osiyo xududida ibtidoiy djamoa tuzumining yemirilishi bilan miloddan avvalgi 2-ming yillikning oxiri, 1-ming yillikning boshlarida Baqtriya, So'g'd, Xorazm, Parfiya kabi davlatlar vujudga kelgan. Miloddan avvalgi VI asrda O'rta Osiyoning katta qismini Eron shohi Kir P bosib olib, uni ahmoniylar davlati tarkibiga kiritgan, so'ngra Iskandar Zulqarnayn bu yerlarni ishqol qilib, juda katta boyliklarni, madaniy obidalarni, jumladan, 12 ming xo'kiz teriga tilla suvi bilan yozilgan «Avesto»ning yagona kitobini ham olib ketgan. VII asr oxirlari va VIII asr boshlaridan boshlab arablar O'rta Osiyo yerlarini istilo qilishga kirisha boshlaganlar va VIII asrning birinchi yarmida uni o'zlariga to'la bo'ysundirishga muvaffaq bo'lganlar. O'lkada arab istilochilariga qarshi qattiq qo'zg'olonlar bo'lib o'tgan. Muqanna boshliq qo'zg'olonchilarni arablar faqat mahalliy aholining orasini bo'zish vositasi bilan bostirishga muvaffaq bo'lganlar. Ammo bir yomon ishning yaxshi tomoni ham bo'lar ekan. Arablar O'rta Osiyoda VII-VIII asrda avj olib ketgan va xalqni holdan toydirgan qabilalar o'rtasidagi urushlarga barham berdilar. Natijada arab xalifaligiga qaram bo'lgan yirik davlat vujudga keldi. Bunda Somoniylarning alohida o'rni bor.ular islomni keng yoyishda katta rol o'ynaganlar. Ayni chog'da dehqonchiliq hunarmandchilikni rivojlantirish uchun ilmfanga yo'l ochganlar. «davlati Somoniyon» asarining muallifi .Ne'matovning yozishicha, o'sha zamonda Movarounnahr va Xurosonda qishloq ho'jaligi, hunarmandchilik va chorvachilik yuksak darajada rivojlangan. Chunonchi, Buxoro viloyatida, Zarafshon vodiysida, Shohrud, Karmish, Shopurkon, Varaxsha kanallarida suv limmo-lim oqib, butun atrofni yashnatib turgan. Samarqand, So'g'd, Afg'oniston, Shimoliy Eron, Xorazm yerlaridan iborat juda katta xududda tarkiy qabilalar jamoasining o'zaro birikishidan iborat Qorahoniylar saltanati vujudga kelgan. Bular davrida ilm-ma'rifat, madaniyat ancha rivoj topib, qator yuksak ilmiy,ijtimoiy-falsafiy asarlar asosan turkiy tilda yaratilgan. Bu asarlar sirasiga birinchi navbatda eslatib o'tilgan Mahmud Qoshg'ariyning «Devoni lug'otit turk», Yusuf Xos Hojibning «Baxt-saodatga eltuvchi bilim» asarlari bilan bir qatorda Ahmad Yugnakiyning «Hibat-ul-haqoyiq», Tavsif, Rabg'o'ziyning «Qissai Rag'bo'ziy» kabi asarlari kiradi. Ma'naviy va moddiy hayotning turli sohalarida islom nuri ila yo'g'rilgan qadriyatlar izchillik bilan saqlanib, davom etib kelmoqda. To'ylaru ma'rakalarda, turli taomillarda, turmushning turli onlarida xayrli an'analar ko'pincha Qur'on suralari, oyatlari, hadis namunalari orqali odamlar qalbidan o'rin olmoqda. Bunday ehtirom o'tmish avlodlar urf-odatlariga sadoqat ramzi sifatida qabul qilinmoqda va ardoqlanmoqda. Oddiy xalq - ziyoli ham, ishchi ham, dehqon ham faqat tinchlik va hayot farovonligini orzu qiladi. Buni amalga oshirishda esa asriy ezgu aqidalar, qadriyatlar timsoli bo'lgan islom an'analari ham ma'naviy va amaliy yordam beradi.



Download 93,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish