РЎЗАДОР УЧУН ЖОИЗ БЎЛГАН ИШЛАР
1. Мисвок тутиш. Кўпчилик уламолар уни рўзада ҳам жоиз, деб айтишган. Фақат айрим олимлар уни тушдан кейин — ифторга яқин ишлатишни макруҳ санашган. Лекин улар ҳам мисвок рўзани бузувчи нарса деб эмас, балки: «Рўзадорнинг оғзидан келадиган эса Аллоҳ наздида мушкдан кўра, хушбўйроқдир», деган ҳадисга биноан макруҳ кўришган. Аммо тиш ювиш пасталарини рўза пайтида ишлатмаслик дурустдир. Чунки унинг таъми ўткир бўлиб, ичга сизиб кириши мумкин.
2. Иссиқ тафтини олиш учун сув билан салқинланиш, яъни чўмилиш. Бунда устидан сув қуйиб ювинишнинг рўзага халали йўқ. Аммо сувнинг ичига тушиб чўмилишдан бир оз эҳтиёт бўлиш лозим. Чунки қулоқ бурун ё орқа тешикдан меъдага сув етиш эҳтимоли бор.
3. Тонгга қадар еб-ичиш ва аёлига қовушиш.
4. Эҳтиёж юзасидан сафар қилиш, ҳатто оғиз очишга тўғри келишини билса ҳам, жоиз. Фақат рўзадан кутиш мақсадида сафар қилмаса бас.
5. Ичга кирмайдиган ҳалол дорилар билан даволаниш. Бунга нина орқали озуқа бўлмайдиган дориларни олиш ҳам киради.
6. Гўдакка оғизда таом чайнаб бериш. Бунда рўзадор ўзининг ичига бирор нарса кетиб қолишига йўл қўймаслиги керак.
7. Атир ва бошқа бўйлардан фойдаланиш.
8. Аёллар кўзга сурма, қўлга хина қўйишлари.
* * *
RO‘ZA ARKONLARI
Ro‘zaning sahih bo‘lish sharti uning ikki rukniga bog‘liq. Ular: niyat – qalbda Allohga bo‘ysunish va Unga yaqinlashish maqsadi bilan ro‘za tutishga azmu qaror qilish, subh-tong kirgandan to quyosh botguncha yeb-ichish va jinsiy aloqadan tiyilish.
RO‘ZANING SUNNATLARI
1. Saharlik qilish. Undan murod sahar payti turib, kunduzi ro‘za tutish niyatida yeb-ichishdir. Ibn Munzir saharlik qilish sunnat ekaniga olimlar ittifoq qilishganini aytganlar. Payg‘ambar alayhissalomning saharlik qilmasdan ro‘za tutganliklari uning vojibligini bildirmaydi. Saharlik qilish bilan mo‘minlar ahli kitoblardan farqlanib turadilar. Saharlikning eng kami biron narsa yeb olishdir. Bir qultum suv ichib olinsa ham, saharlik qilgan hisoblanadi. «Saharlik qilingiz, saharlikda baraka bordir», deganlar Nabiy alayhissalom (Muttafaqun alayh).
2. Saharlikni tongga yaqin qilish. Zayd ibn Sobit aytadilar: «Rasululloh bilan birga saharlik qildik. So‘ng u zot namozga turdilar. Men: «Saharlik bilan azon orasida qancha vaqt bor?» deb so‘radim. «Ellik oyat miqdoricha», dedilar (Muslim rivoyati).
Saharlik qanchalik tongga yaqin qilinsa, shunchalik afzal bo‘ladi. Faqat tong kirib qolgunga qadar kechikgirmaslik kerak. Kechroq saharlik qilgan kishi ko‘proq ajr oladi, kunduzi ham to‘qroq yuradi. Yeb-ichib o‘tirgan kishi tong kirib qolganini sezsa, yeb-ichishni to‘xtatadi va ro‘zasini tutaveradi. Vaqt juda kam qolganini bilaturib, o‘zini g‘aflatga solib, yeb-ichib o‘tirish uzr bo‘lmay qolishi mumkin. Shuningdek, ehtiyot yuzasidan deb subhi sodiqdan ancha ilgari, masalan, bir soat oldin og‘iz yopib olish ham sunnatga xilofdir.
3. Iftorni ertaroq qilish. Quyosh botgani aniq bo‘lganidan keyin darhol og‘iz ochish lozim. Payg‘ambar alayhissalom bu haqda shunday deganlar:
«Odamlar iftorni ertaroq qilar ekanlar, mudom yaxshilik ustida bo‘ladilar» (Muttafaqun alayh). Anas (r.a.) aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom suv bilan bo‘lsa ham, og‘iz ochmagunlaricha shom namozini o‘qimas edilar» (Termiziy rivoyati).
4. Iftor mahali duo qilish. Payg‘ambar alayhissalom og‘iz ochganda quyidagicha duo qilar edilar: «Chanqoq qondi, tomirlar ho‘llandi va ajr sobit bo‘ldi, inshaalloq» (Imom Buxoriy rivoyati).
Ibn Umar roziyallohu anhu esa shunday derdilar: «Ey Allohim, men Sendan hamma narsadan keng bo‘lgan rahmating bilan suraymanki, gunohlarimni kechir» (Ibn Moja rivoyati).
Do'stlaringiz bilan baham: |