Kichik guruxlar klassifikatsiyasi.
Tarixan kichik guruxlarni rasmiy va norasmiy turlarga bulish kabul kilingan.
Bunday bulinishni Amerikalik olim E.Meyo taklif etgan edi, uning fikricha rasmiy
gurux xar bir ahzolarining rasmiy rollarga ega ekanligi ular mavkeini va guruxda
tutgan urnining anikligi bilan xarakterlanadi. Bunday guruxlarda munosabatlar
asosan «vertikal» tarzda ruy berib, guruxning bir yoki bir necha ahzosida
«xokimiyat» bulganligi uchun xam, ular boshkalarni boshkarish ularga buyruk,
rasmiy kursatmalar berish xukukiga ega buladi. Rasmiy guruxlarga misol kilib, xar
kanday birgalikdagi faoliyat maksadlari asosida shakllangan jamoalarni- ishlab
chikarish brigadasi, talabalar guruxi, sinf ukuvchilari, ‘edogogik jamoa va
boshkalarni olish mumkin.
Rasmiy guruxlardan farkli ularok ,norasmiy guruxlar xam mavjud
buladiki ular asosan stixiyali tarzda anik maksadsiz tarkib to’adi va ularda
ahzolarning anik mavkelari, rollari oldindan belgilangan bulmaydi.Ku’incha
norasmiy gurux rasmiy gurux tarkibida tashkil to’adi va ularni boshkarish xam
oldindan belgilangan bulmay, odamlar ichidan u yeki bu shaxsiy sifatlari tufayli
ajralib chikkan ahzolar norasmiy raxbarning rolini bajarishlari mumkin.
Bundan tashkari ijtimoiy ‘sixologiyada referent gurux tushunchasi xam bor. Bu
tushuncha fanga birinchi marta Amerikalik tadkikotchi G.Xaymen tomonidan
1942-yilda kiritilgan edi. U uz tadkikotlarida shuni isbot kildiki, mahlum
bulishicha gurux ahzolari uchun, shu gurux ichida yeki boshka doiralarda shunday
shaxslar guruxi mavjud bular ekanki, u uz xatti xarakatlari, fikrlari va
yunalishlarida usha gurux ahzolariga ergashish, ularni tankidsiz kabul kilishga
moyil xamda tayer bular ekan. SHunday shaxslar guruxi referent gurux nomini
oldi. Ukuvchi uchun bunday gurux rolini maktabdagi bir necha ukituvchilar, ota
yoki onasi, yakin dusti yoki karindoshlaridan kimdir uynashi mumkin. SHunisi
xarakterliki shaxs doimo shu guruxga ergashadi, uni kadrlaydi, u bilan mulokotda
bulishga intiladi. Rus ‘sixologlari bu guruxni odatda shaxs uchun mavjud xakikiy
gurux (ahzolik guruxi) tarkibida yeki unga karshi bulgan gurux sifatida karaydilar.
Nima bulganda xam ana shunday gurux mavjudligi shaxs uchun axamiyatli bulib,
uning xulk-atvori uchun etalon xisoblanadi. Tadkikotchi yoki tarbiyachining
vazifasi ana shu guruxni aniklay olish va aniklagandan sung nima uchun aynan shu
gurux referent rolini uynaganini bilish muximdir. Referent guruxga karab shaxsga
baxo berish bilan uning xulk-atvorini bashorat kilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |